Kichkina odamlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kichkina odamlar
Rejissyor(lar) Hotam Fayziyev
Ssenariynavis(lar) Hotam Fayziyev, Abduqayum Yoʻldoshev
Rollarda Poʻlat Saidqosimov[1]
Dias Rahmatov
Dilnoza Kubayeva[2]
Alisher Uzoqov
Matyoqub Matchonov
Fatxulla Maʼsudov
Furqat Fayziyev
Boir Xolmirzayev
Muhammadjon Rahimov
Gavhar Sharipova
Baxtiyor Ixtiyorov
Bastakor(lar) Mustafo Bafoyev
Kinematografiya Najmiddin Gʻulomov
Alisher Umrzoqov
Muharrir(lar) Olga Morova
Distribyutor Vatan kinostudiyasi
Chiqarilgan sanasi Oʻzbekiston bayrogʻi Toshkent, 2008-yil
Davomiyligi 78 daqiqa.
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til Oʻzbek tilida

"Kichkina odamlar" — Hotam Fayziyev filmi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film 3 qisqa hajmli filmlardan iborat:

  1. Kutilmagan omad. Qishloqlik yigit shaharga aylangani kelib, kutilmaganda lotereyadan avtomobil yutib oladi. Bu yutuq uni toʻgʻri yoʻlga sololmayotgan otasi va akasiga juda qimmatga tushadi.
  2. Hazil. Sodiq ismli kirakash oʻz doʻstini gʻirt mast holda koʻchada uxlab yotganini koʻrib, hazillashmoqchi boʻladi va uning tilla taqinchoqlarini yechib oladi. Doʻsti undan tilla buyumlarni topishda yordam berishini soʻraydi. Bunga rozilik bergan Sodiq kutilmaganda Qamchiq dovonida nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻldirib ketiladi. Yonidan doʻstining tilla buyumlari militsiya xodimlari tomonidan topiladi.
  3. Kichkina odamning katta tanishi. Mixliboy uzoq yillar qishloqdagi maktabda oʻqituvchilik qilib, nafaqaga chiqqan. Bir kuni oʻquvchilaridan biri — Xolboyning „shaharda katta mansabdor boʻlib ketgani“ haqidagi gap qishloqda tarqaladi. Qishloq ahli Mixliboyning oldiga oʻquvchisidan yordam soʻrab berishini iltimos qilib, koʻplab xatlar bilan kelishadi. U xatlarni va sovgʻalarni olib, Xolboyning oldiga boradi. Xolboy esa oʻz ustozini tanimaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]