Juan Foyth

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Juan Foyth
Juan Foyth 2017.jpg
Foyth Argentina U20 safida 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Juan Marcos Foyth[1]
Tavallud sanasi 12-yanvar 1998-yil (1998-01-12) (25 yosh)[2]
Tavallud joyi La Plata, Argentina
Boʻyi 1.88 m[3]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Villarreal
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2017 Estudiantes
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017 Estudiantes 7 (0)
2017-2021 Tottenham Hotspur 16 (1)
2020-2021Villarreal (loan) 16 (0)
2021- Villarreal 29 (1)
Milliy terma jamoa
2017 Argentina U20 12 (0)
2018- Argentina 16 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9 noyabr uchun)

Juan Marcos Foyth (1998-yil 12-yanvarda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Vilyarreal“ klubi va Argentina terma jamoasi oʻng qanot va markaziy himoyachisi.

Professional faoliyatini oʻz shahrining „Estudiantes“ klubida boshlagan, u "Tottenxem" da Premer-ligada, „Vilyarreal“da esa La Ligada oʻynagan. U „Villyareal“ klubi bilan 2021-yilda UEFA Yevropa ligasida gʻolib chiqqan.

Foyt Argentina terma jamoasi safida 2018-yilda debyut qilgan va 2019-yilgi Amerika Kubogida jamoasi bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Estudiantes[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buenos-Ayres provinsiyasining La Plata shahrida tugʻilgan Foyt oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan joyidagi klub „Estudiantes de La Plata“ bilan boshlagan[4]. U bir necha yil Yoshlar akademiyasida dastlab hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynadi, soʻngra 16 yoshga toʻlgunga qadar markaziy himoyachi ampulasiga oʻtdi[5]. U oʻzining birinchi professional shartnomasini 2017-yilning yanvarida imzolagan, bu esa uni klub safida 2019-yilning iyunigacha qolishiga sabab boʻlgan[6]. Primeradagi debyutini 2017-yilning 19-martida, Patronato klubiga qarshi o‘tkazdi[7]. U yana olti marta ligada oʻynadi va Sudamerikana kubogida ham ikkita oʻyin oʻtkazdi[8].

Tottenxem Hotspur[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foyt 2017-yilning 30-avgustida, besh yillik shartnoma asosida, 8 million funt sterling evaziga "Tottenxem" klubiga o‘tdi[9][10]. U 19-sentyabr kuni „Tottenxem“ — „Barnsli“ EFL kubogi bahsida oʻz debyutini oʻtkazdi[11].

Foyt Premer-ligadagi debyutini 2018-yilning 3-noyabrida"Vulverxempton" jamoasiga qarshi safarda 3:2 hisobida g‘alaba qozongan oʻyinda amalga oshirdi[12]. Oʻzining navbatdagi liga oʻyinida, „Kristal Pelas“ klubi mehmoni boʻlganida, u faoliyatidagi ilk golini urib, „Tottenxem“ ga gʻalaba taqdim etdi[13]. 2019-yil 4-may kuni, u Tobi Alderveyreld o‘rniga tanaffusda maydonga tushdi va uch daqiqadan so‘ng „Bornmut“ klubi himoyachisi Jek Simpsonga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi[14].

Vilyarreal[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil oktyabr oyida, Foyt „Tottenxem“ bilan 2024-yilgacha yangi shartnoma imzoladi va keyin Ispaniyaning „Vilyarreal“ klubiga ijaraga berildi[15]. 22-oktyabr kuni oʻz debyutini o‘tkazdi va UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichida Turkiyaning „Sivasspor“ jamoasiga qarshi oʻyinda (5:3) g‘alaba qozondi[16]. U turnirda yana 11 ta oʻyin oʻtkazdi[17].

Foyt 2021-yilning iyun oyida „Vilyarreal“ bilan 15 million yevro evaziga besh yillik toʻliq shartnoma imzoladi[18]. U murabbiy Unai Emeri uchun oʻng qanotdagi asosiy oʻyinchiga aylandi[19].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foyt 2017-yilda Argentinaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida toʻp surgan. U yoshlar terma jamoasi safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi: to‘qqiztasi 2017-yilda Ekvadorda o‘tkazilgan Janubiy Amerika yoshlar futboli chempionatida va yana uchtasi 2017-yilgi FIFA U20 Jahon chempionatida[20].

Foyt 2018-yil oktyabr oyida o‘tkaziladigan bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari uchun Argentina terma jamoasiga ilk bor chaqiruv oldi[21]. U 16-noyabr kuni Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi va Argentinaga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishga yordam berdi. Undan tashqari, u o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va bu o‘yindagi o‘yini uchun ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘ldi[22][23]. Foyt 2019-yilgi Amerika Kubogida jamoaga chaqirilgan va musobaqadagi ilk oʻyinini Qatarga qarshi oʻtkazgan[24]. U yana uchta bahsda oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynadi[25] va uchinchi oʻrin uchun Chiliga qarshi bahsda ular 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi[26][27].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentinada tugʻilgan Foyt asli polshalik va Polsha pasportiga ega hisoblanadi[28]. Uning bobosi va buvisining familiyasi Fojt deb yozilgan boʻlib, Argentinaga kelganida ular oʻzgartirilgan[29].

Foyt 2019-yil iyul oyida Argentinaning La-Plata shahrida oʻzining uzoq yillik maʼshuqasi Ariana Alonsoga uylandi[30].

Faoliyatidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 12-noyabrigacha bo'lgan o'yinlar
Klublar safidagi oʻyinlar, gollar, mavsumlar va musobaqalar
Jamoalar Mavsumlar Liga Milliy kubok Liga kubogi Mintaqaviy Boshqa Umumiy
Divizyonlar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Estudiantes 2016-17 Argentine Primera División 7 0 0 0 2[lower-alpha 1] 0 9 0
Tottenham Hotspur 2017-18[31] Premier League 0 0 5 0 2 0 1[lower-alpha 2] 0 8 0
2018-19[32] Premier League 12 1 2 0 1 0 2[lower-alpha 2] 0 15 1
2019-20[33] Premier League 4 0 0 0 0 0 3[lower-alpha 2] 0 7 0
Umumiy 16 1 7 0 3 0 6 0 30 1
Villarreal (loan) 2020-21 La Liga 16 0 4 0 12[lower-alpha 3] 1 32 1
Villarreal 2021-22 La Liga 25 1 2 0 10[lower-alpha 2] 0 1[lower-alpha 4] 0 38 1
2022-23 La Liga 4 0 1 0 1[lower-alpha 5] 0 6 0
Umumiy 45 1 7 0 23 1 1 0 76 2
Umumiy koʻrsatkich 68 2 14 0 3 0 31 1 1 0 115 3
  1. Appearance(s) in Copa Sudamericana
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Appearance(s) in UEFA Champions League
  3. Appearance(s) in UEFA Europa League
  4. Appearance in UEFA Super Cup
  5. Appearance(s) in UEFA Europa Conference League

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 16-noyabrigacha bo'lgam o'yinlar[34]
Terma jamoa safidagi oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yillar Oʻyinlar Gollar
Argentina 2018 1 0
2019 9 0
2020 1 0
2021 2 0
2022 3 0
Jami 16 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tottenxem Hotspur

Vilyarreal

Argentina

  • KONMEBOL — UEFA Chempionlar kubogi : 2022[37]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (1-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2017-yil.
  2. „Juan Foyth: Overview“. ESPN. Qaraldi: 7-yanvar 2020-yil.
  3. „Foyth“. Villarreal CF. Qaraldi: 7-yanvar 2020-yil.
  4. „Juan Foyth: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 7-yanvar 2021-yil.
  5. Coates, Peter. „Meet Juan Foyth: Tottenham's new stopper, as told by the coaches who helped him get there“. FourFourTwo (19-sentabr 2017-yil).
  6. „First contract for Juan Marcos Foyth“. estudiantesdelaplata.com. Estudiantes de La Plata (9-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 30-avgust 2017-yil.
  7. Pandey. „Scout Report: Juan Foyth“. Outside of the Boot (29-iyul 2017-yil). 12-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  8. „Juan Foyth fue presentado como jugador del Tottenham“. Deportv (30-avgust 2017-yil). 20-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-sentabr 2017-yil.
  9. Tottenham Hotspur (30-avgust 2017-yil). „Foyth completes move“. Press-reliz.
  10. „Juan Foyth: Tottenham sign Estudiantes centre-back on five-year deal“. BBC Sport (20-avgust 2017-yil).
  11. Rosser, Jack. „Tottenham 1 Barnsley 0: Maurico Pochettino lauds Juan Foyth after impressive Wembley debut“. Evening Standard (19-sentabr 2017-yil).
  12. „Spurs survive Wolves fightback to go fourth“. BBC Sport (3-noyabr 2018-yil).
  13. MacInnes, Paul. „Juan Foyth scores first career goal to give Tottenham win at Crystal Palace“. The Guardian (10-noyabr 2018-yil).
  14. Hytner, David. „Nine-man Tottenham undone at the last as Aké snatches win for Bournemouth“. The Observer (4-may 2019-yil). Qaraldi: 4-may 2022-yil.
  15. „Tottenham: Juan Foyth signs new deal before loan move to Villarreal“. BBC Sport (4-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  16. „Europa League: Juan Foyth tuvo un gran debut con Villarreal en la victoria por 5-3 sobre Sivasspor“ (Spanish). TNT Sports (22-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 4-may 2022-yil.
  17. Stone, Simon. „Villarreal beat Man Utd in epic shootout“. BBC Sport (26-may 2021-yil). Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.
  18. „Villarreal ejerce opción de compra sobre argentino Foyth, quien firma contrato por 5 temporadas“ (Spanish). Reuters (11-iyun 2021-yil). Qaraldi: 4-may 2022-yil.
  19. Mateu, Ismael. „Los comodines de Emery frente a las adversidades“ (Spanish). Super Deporte (28-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 4-may 2022-yil.
  20. „Who is Spurs target Juan Foyth and is he any good on Football Manager?“. Planet Football.
  21. Menno. „Tottenham's Juan Foyth named to Argentina squad for upcoming friendlies“. Cartilage Free Captain (28-sentabr 2018-yil).
  22. Coombs. „Argentine press rave about Tottenham Hotspur star Juan Foyth“. HITC (19-noyabr 2018-yil).
  23. Brown. „Tottenham Hotspur's Juan Foyth lauded following Argentina 2-0 Mexico“. 101 Great Goals (17-noyabr 2018-yil). 27-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  24. Verrall. „Argentina fans react to Tottenham Hotspur ace Juan Foyth's display“. HITC (24-iyun 2019-yil).
  25. Oliver Dawnay. „'ENDING CAREERS' Brazil 2-0 Argentina: Juan Foyth produces sensational piece of skill to leave Philippe Coutinho for dead and Tottenham delighted“. Talksport (3-iyul 2019-yil).
  26. „Messi sent off, Aguero scores & Sanchez injured in thrilling Copa America tie“. BBC Sport (6-iyul 2019-yil).
  27. „Foyth helps Argentina clinch third spot at Copa America“. Hackney Gazette (8-iyul 2019-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  28. „Juan Foyth set to complete move to PSG“. Get Football News France.
  29. Torres, Diego. „Juan Foyth: “Con Pochettino y Kane aprendí a ser agresivo”“ (Spanish). El País (29-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 4-may 2022-yil.
  30. „¡Se casó Juan Foyth, el joven defensor de la Selección Argentina!“ (Spanish). Pronto (15-iyul 2019-yil). 20-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  31. „Games played by Juan Foyth in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-oktabr 2017-yil.
  32. „Games played by Juan Foyth in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-fevral 2018-yil.
  33. „Games played by Juan Foyth in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-fevral 2018-yil.
  34. „Foyth, Juan“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmerman. Qaraldi: 6-noyabr 2019-yil.
  35. McNulty, Phil. „Tottenham Hotspur 0–2 Liverpool“. BBC Sport (1-iyun 2019-yil). Qaraldi: 2-iyun 2019-yil.
  36. Stone, Simon. „Villarreal beat Man Utd in epic shootout“. BBC Sport (26-may 2021-yil). Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.
  37. „Italy 0–3 Argentina: Messi and Di Maria shine in impressive Finalissima win“. BBC Sport (1-iyun 2022-yil). Qaraldi: 2-iyun 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tottenxem Hotspur FC veb-saytidagi profil
  • Juan Foyth </img>