Jayranxona qiri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jayranxona qiri — Surxondaryo viloyatidagi qir. Bobotogʻ tizmasining janubi-gʻarbida joylashgan. Eng baland joyi 479 m (Qizilmozor choʻqqisi).

Nisbiy balandligi 40—100 m, quruq oʻzanlar bilan parchalangan. Jayranxona qiri neogenning gil, karbonatli va sulfatli jinslaridan tashkil topgan. Yon bagʻirlari eol kumlari bilan qoplangan. Etaklaridagi prolyuvial shleyflarda boʻz qoʻngʻir tuproklar, ayrim joylarda choʻl kum tuproqlari va qumliklar tarqalgan. Boʻzqoʻngʻir tuproqlarda shuvoq, qumliklarda efemer va efemeroidlar, shuningdek, juzgʻun, selin, taroqbosh, astragal oʻsadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil