Jarsoy (soy)
Jarsoy (soy) | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 64 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Jarsoy — Qashqadaryo viloyati Kitob va Chiroqchi tumanlaridagi soy. Qashqadaryoinng oʻng irmogʻi. Qoratepa togʻlarining janubiy va janubi-gʻarbiy yon bagʻirlaridan oqib tushadigan yuzdan ortiq mayda irmoqsan tashkil topgan, eng yirik irmogʻi Yelsoy. Yuqori oqimda Oyoqchisoy, oʻrta qismida Kichik Jarsoy nomi bilan ataladi. Chiroqchi sh. yaqinida Qashqadaryoga quyiladi. Uz. 64 km, havzasining mayd. 348 km². Jarsoy yomgʻir, qor va buloq suvlaridan toʻyinadi. Jarsoyning oʻrtacha yillik suv sarfi Chiroqchi shahri yonida 1,08 m³/sek. boʻlib, u yildan bu yilga 0,42—5,30 m³/sek. oʻrtasida oʻzgarib turadi. Suvining asosiy qismi (75—80%) mart—may oylarida oqib oʻtadi, yozda kamsuv, quyi oqimida baʼzan qurib qoladi. Bahorgi jalalardan soʻng Jarsoyda tez-tez sel toshqinlari boʻlib turadi, suv sarfi va uning loyqaligi keskin ortadi: 1969 yil 24 martdagi sel vaqtida Jarsoyning suv sarfi 91,8 m³/sek. boʻlgan, 1978 yil 14 martdagi selda 96 m³/sek.ga yetgan, loyqaligi esa 11 kg/m³ boʻlgan. Jarsoyning suvi asosan Kitob va Chiroqchi tumanlari yerlarini sugʻorishga sarflanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]