Kontent qismiga oʻtish

Jennifer Connelly

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jennifer Connelly
Tavalludi 1970-yil 12-dekabr (1970-12-12) (55 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSH
Kasbi Aktrisa
Mukofotlari

Jennifer Connelly (1970-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik kinoaktrisa. U oʻz karyerasini model qiz boʻlib boshlagan. Birinchi rollini 1984-yilda Sergio Leonening «Bir zamonlar Amerika» (inglizcha: Once Upon a Time in America) filmida ijro etgan. Yana bir-necha yil modellik bilan shugʻullanib, Jennifer turli filmlarda suratga tushishni davom ettirdi, ularning ichida «Phenomena» horror filmi (1985), Jim Hensonning David Bowie ishtirokidagi «Labyrinth» musiqaviy filmi (1986), «Career Opportunities» romantik komediya filmi (1991) va «The Rocketeer» filmi (1991) bor. U shuningdek «Dark City» filmi va Darren Aronofskyning «Requiem for a Dream» filmidagi ijrosi sababli kritiklar tomonidan maqtovga sazovor boʻlgan. Ron Howardning «Tafakkur oʻyinlari» (inglizcha: «A Beautiful Mind») filmida Alicia Nash roli uchun „Eng yaxshi ikkinchi darajadagi aktrisa“ (inglizcha: Best Supporting Actress) nominatsiyasida „Oscar“ mukofoti bilan taqdirlangan[1][2].

  1. „Akademiya (Oscar) mukofoti nomzodlari va gʻoliblari“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences (AMPAS). 5-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2013-yil.
  2. „Oldest/Youngest Acting Nominees and Winners“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences (AMPAS). 1-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentyabr 2014-yil.