Blade Runner 2049
Blade Runner 2049 | |
---|---|
Film uchun ishlangan poster | |
Rejissyor(lar) | Denis Villeneuve |
Prodyuser(lar) | |
Ssenariynavis(lar) | |
Hikoya | Hampton Fancher |
Qaysi asarga asoslangan |
Do Androids Dream of Electric Sheep? –Philip K. Dick |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | |
Kinematografiya | Roger Deakins |
Muharrir(lar) | Joe Walker |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor |
|
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 163 daqiqa[4] |
Mamlakat | AQSh[4] |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $150–185 million[5][6][7] |
Daromadi | $276.6 million[8] |
Blade Runner 2049 – 2017-yilgi Amerikaning epik neo-noir ilmiy-fantastika janridagi filmi. Ssenariy mualliflari Hampton Fancher va Michael Green boʻlib, film Fancher yaratgan hikoyaga asoslangan. Filmga Denis Villeneuve rejissyorlik qilgan[9]. Blade Runner (1982) ning davomi hisoblangan ushbu filmda bosh qahramonlarni Ryan Gosling hamda Harrison Ford gavdalantirishgan. Ana de Armas, Sylvia Hoeks, Robin Wright, Mackenzie Davis, Dave Bautista va Jared Leto lar esa qoʻshimcha rollarda koʻrinish berishgan. Ford va Edward James Olmos oʻzlarining avvalgi filmdagi rollari boʻlmish Rick Deckard va Gaff obrazlaridagi rollarini qayta takrorlaganlar. Gosling filmda K, yaʼni „blade runner“ rolini oʻynagan. U jamiyat va sivilizatsiyaning ayni holatiga xavf solishi mumkin boʻlgan sirning tagiga yetgan.
Blade Runner loyihasini davom ettirish boʻyicha gʻoyalar birinchi marta 1990-yillarda taklif etilgan, ammo litsenziya olish masalalari tufayli ular amalga oshmagan. Andrew Kosove va Broderick Johnson film huquqlarini Bud Yorkindan olishga erishishgan. Ridley Scott filmning rejissorligidan ketib, ijrochi prodyuser sifatida ishlagan, keyinchalik rejissorlikka Denis Villeneuve tayinlangan. Blade Runner 2049 Alcon Entertainment va Sony Pictures oʻrtasidagi hamkorlik orqali moliyalashtirilgan boʻlib, Vengriya hukumati ham soliq imtiyozlari berish orqali qisman moliyalashtirilgan. Warner Bros. kompaniyasi filmni Shimoliy Amerika boʻylab Alcon hamkorligida chiqargan boʻlsa, Sony filmning xalqaro bozorlarda tarqatilishini oʻz zimmasiga olgan. Asosiy suratga olish ishlari 2016-yilning iyulidan noyabrigacha, toʻrt oy davomida Budapeshtdagi ikkita ovoz yozish studiyasida boʻlib oʻtgan.
Blade Runner 2049 2017-yil 3-oktyabrda Californianing Los Angeles shahridagi Dolby teatrida premyera qilingan. AQShda esa 6-oktyabrga kelib ilk bor namoyish etilgan. Filmni ijobiy baholagan tanqidchilar undagi ijro, rejissyorlik ishi, kinematografiya hamda avvalgi film (Blade Runner (1982)) ga bogʻliqligi singari bir nechta jihatlarini yuksak eʼtirof etishgan. Film, garchi yilning eng kassabop loyihalaridan biriga aylanib, daromadi dunyo miqyosida 267.5 million dollardan oshgan boʻlsa-da, 150-185 million dollar byudjetiga koʻra 400 million dollar kassa daromadi tahmin qilingan boʻlib, bu tahminlar oʻzini oqlamagan. Blade Runner 2049 koʻplab mukofotlarni, shu jumladan, Academy Awardsning Eng yaxshi Kinematografiya hamda Eng yaxshi Vizual effektlar nominatsiyalarini, British Academy Film Rewardsning sakkizta nominatsiyasidan ikkitasi, yaʼni Eng yaxshi Kinematografiya va Eng yaxshi Maxsus Vizual effektlar nominatsiyalarini yutgan. Davomli serial sifatida chiqishi kutilayotgan Blade Runner 2099 loyihasi boʻyicha Amazon Studiosda ayni vaqtda jadal ishlar olib borilayotgan boʻlib, Scott ushbu loyihaning ijrochi prodyuserligiga qaytishi koʻzda tutilgan.
Voqealar rivoji
[tahrir | manbasini tahrirlash]2049 yilda, Blade Runner hodisalaridan 30 yil oʻtgach, replikantlar deb nomlangan biomexanik odamlar qul sifatida ishlatiladi. K (seria raqami qisqartmasi, KD6-3.7), Nexus-9 replikant, Los-Anjeles politsiyasi departamenti uchun „tigʻ ustida yuquruvvchi“ (inglizcha „blade runner“) ofitser sifatida ishlaydi, vazifasi esa shubhali replikant modeldagi insonlarni ovlash va isteʼfoga chiqarish (oʻldirish) hisoblanadi.
Replikant Sapper Mortonni oʻldirgandan soʻng, K daraxt tagiga koʻmilgan bir quti topib oladi. Uning ichidan Kesarcha kesish jarayonida vafot etgan replikant ayolning tana qoldiqlari borligini aniqlashadi. Bu ilgari imkonsiz deb oʻylangan replikantlarning biologik koʻpayishi mumkinligini isbotlaydi. Kning boshligʻi, Leytenant Joshi bu maʼlumotlar insonlar va replikantlar oʻrtasida urush boshlanishiga sabab boʻlishidan qoʻrqadi va Kga oʻsha replikant bolakayni topib, oʻldirishni buyuradi.
K, replikantlarni ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan Tyrell korporatsiyasining davomchisi Wallace korporatsiyasiga tashrif buyuradi. DNK arxivlaridan marhum ayolning Rachael boʻlib, u Nexus 7 tajriba replikanti ekanligi maʼlum boʻladi. K Rachaelning sobiq „tigʻ ustida yuguruvchi“ Rik Dekard bilan ishqiy munosabatda boʻlganligini bilib oladi. Bosh direktor Niander Wallace fazoviy kolonizatsiyaning rivojlanishi uchun replikant reproduksiyasi sirligicha qolishini xohlaydi. U Kni kuzatish uchun oʻzining ijrochi replikanti Luvni uning ortidan yuboradi.
Mortonning fermasida K daraxt tanasiga oʻyib yozilgan 6.10.21 sanasini koʻrib qoladi va uni bolaligida oʻynagan yogʻoch oʻyinchogʻi bilan bogʻliq xotiralar tufayli tanib qoladi. Replikantlarning xotirasi sunʼiy tarzda yaratilgani uchun Kning sunʼiy intellektga ega gologramma qiz doʻsti Joi bu hodisa K ning yasalgan yoki yaratilgan emas, balki inson kabi tugʻilganligidan dalolat berishiga ishonishini taʼkidlaydi. K LAPDdagi manbalardan oʻsha sanada jinsiy xromosomalarini hisobga olmaganda bir xil DNKga ega boʻlgan ikkita chaqaloq tugʻilganligini, lekin ulardan faqat bittasi, oʻgʻil bolaning tirik ekanligi qayd etilganligini bilib qoladi. K bolani izlab mehribonlik uyiga boradi, lekin aynan oʻsha yilgi maʼlumotlar yoʻqolgan boʻlib chiqadi. K mehribonlik uyini va u haqidagi xotiralarni va oʻyinchoq otini oʻchoqning ichiga yashirganligini eslab, uni oʻsha yerdan topadi. Replikantlarning xotiralarini dizaynlashtiradigan doktor Ana Stelline Kning mehribonlik uyi haqidagi xotirasini koʻrib chiqib, uning haqiqiy ekanligini tasdiqlaydi. Shundan keyin K oʻzining Rachaelning farzandi ekanligiga ishonch hosil qiladi. Soʻngra K doim topshiriladigan rostgoʻylik testidan oʻta olmaydi, yaʼni test uning yolgʻonchi ekanligini koʻrsatadi. U Joshiga replikant bolani oʻldirganligini aytganida, Joshi unga testdan qayta oʻtish uchun 48 soat vaqt beradi, aks holda u „isteʼfo“ga chiqishiga, yaʼni uni oʻldirishlariga toʻgʻri kelardi.
Joi K bilan jinsiy aloqa qilish uchun yengiltak replikant Marietteni yollaydi. Ertasi kuni ertalab Joi uni qaytib joʻnatib yuborishidan avvalroq Mariette Kning nimchasiga joylashuvni aniqlagich solib qoʻyadi. Oʻyinchoq otni tekshirishgach, uning tahlil natijalari Kni Las-Vegasning radiatsiyalangan vayronlariga tomon yetaklab boradi. K u yerda Deckardni uchratadi. Deckard Kga oʻzining oʻsha bolaning, yaʼni Rachaelning farzandining otasi ekanligini va farzandini himoya qilish uchun tugʻilganlik haqidagi maʼlumotlarni almashtirib tashlaganligini aytib beradi. Dekard bolani replikantlar ozodlik harakatiga qarashli mehribonlik uyida qoldirgan edi. Luv Joshini oʻldiradi va Kni qidirib, Las Vegasga yoʻl oladi. U Dekardni oʻgʻirlab, Joini buzib tashlaydi va holdan toygan Kning oʻzini qoldirib ketadi. Mariettening joylashuvni aniqlagichidan foydalanib, ozodlik harakati Kni qutqaradi. Ularning rahbari Freysa Rachaelning farzandi qiz ekanligini unga maʼlum qilgach, K Stelline Rachaelning qizi ekanligini va oʻyinchoq ot haqidagi xotira Stellinega tegishli ekanligini tushunib yetadi. Deckard Stelline yoki ozodlik harakatini Wallacega sotib qoʻyishi mumkinligidan qoʻrqqan Freysa Kni Deckardni oʻldirishga undaydi.
Luv Deckardni Wallace bilan uchrashtirish uchun olib boradi. Wallace Deckardga farzandining qayerdaligi haqidagi maʼlumotlar evaziga Rachaelning dublikatini almashtirish taklifini beradi. Deckard bu taklifni rad etgach Luv dublikatni oʻldiradi. Luv Deckardni qiynoqqa solish uchun uzoqqa olib ketayotganda, K uning yoʻlidan chiqadi. K Luv bilan jang qilib, uni suvga choʻktirib oʻldiradi, lekin jang qilish jarayonida ogʻir yaralanadi.
K Deckardni Wallace hamda replikantlar ozodlik harakatidan himoya qilish maqsadida uning oʻlimini sahnalashtiradi. Soʻngra Deckardni Stellinening ofisiga olib boradi va qoʻliga qizining oʻyinchoq toychogʻini tutqazadi. Deckard bino ichiga kirib, koʻzi yoshlangancha oʻz qizi bilan ilk bor uchrashar ekan, K zinalar ustida yotgancha, yogʻayotgan qorga tikilib, jon beradi[10].
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ryan Gosling — K
- Harrison Ford — Rick Deckard
- Ana de Armas — Joi
- Sylvia Hoeks — Luv
- Robin Wright — Lt. Joshi
- Mackenzie Davis — Mariette
- Carla Juri — Dr. Ana Stelline
- Lennie James — Mister Cotton
- Dave Bautista — Sapper Morton
- Jared Leto — Niander Wallace
- Edward James Olmos — Gaff
- Barkhad Abdi — Doc Badger
- Hiam Abbass — Freysa
- David Dastmalchian — Coco
- Wood Harris — Nandez
- Sallie Harmsen — Replicant
- Tómas Lemarquis — Wallace Corporation file clerk
Asl filmdagi Sean Youngning arxiv kadrlari, audio hamda harakatsiz sahnalaridan nafaqat Rachael obrazini, balki Niander Wallace yaratgan Rachaelning dublikatini gavdalantirishda ham foydalanilgan. Youngning qiyofasi kompyuter texnologiyalari yordamida Loren Petaga oʻrnatilgan. Young esa Loren Petaga birinchi filmdagi oʻz chiqishini qanday qilib qayta ijro etish boʻyicha koʻrsatmalar bergan. Replikantning ovozi Youngga ovozi oʻxshash aktrisaning yordamida yaratilgan[11]. Young qilgan jonbozligi uchun hurmat qozongan.
Yaratilish jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jarayonning rivojlanish bosqichlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yillardan boshlab Philipp K. Dickning "Androidlar elektr qoʻylarni orzu qiladimi?"(1968) romanini litsenziyalash boʻyicha yuz bergan bahs va munozaralar "Blade Runner" (1982) ilmiy-fantastik dramasini mantiqiy davom ettiruvchi siklli filmlarni yaratishga toʻsqinlik qila boshlagan[12]. Rejissyor Ridley Scott Blade Runner kanyoniga noaniq vaqt oraligʻida bogʻlangan ikkita toʻlaligicha yakunlanmagan loyihani, jumladan, Metropolis nomli mustaqil siklni oʻylab topgan[13]. Scottning ikkinchi, oʻgʻli Luke va ukasi Tony bilan hamkorlikdagi "Purefold" deb nomlangan loyihasi, empatiya tushunchasini oʻrganuvchi epizodik veb-seriya boʻlishi tasavvur qilingan[14].
Film chiqqanidan qariyb oʻttiz yil oʻtgach, Alcon Entertainment asoschilari Andrew Kosove va Broderick Johnson mualliflik huquqini prodyuser Bud Yorkindan sotib olishgan. Alconni sotib olish shartlariga koʻra asl Blade Runner filmini qayta yaratish taqiqlangan, biroq kompaniyaga oʻzining sindikatsiya, franchayzing hamda prikllar va sikllar kabi medialarni koʻchirish huquqlarini bergan[15]. Kosove va Johnson oʻzlarining kichik byudjetli loyihalarining daromadidan qoniqmagan holda, shuningdek investitsiya mablagʻlarining tanqisligi tufayli endilikda Alkonning blockbuster filmlarini koʻpaytirishga harakat qilishgan: „Agar sizning davomli biznesda ekanligingizni koʻrsatib turuvchi doimiy daromad oqimingiz boʻlmasa, oxir-oqibat muammoga duch kelishingiz tayin“[16]. Kosove Christopher Nolanni rejissyorlik uchun oʻzining ideal tanlovlardan biri deb hisoblashini aytgach, yangi Blade Runner filmi ustida olib borilayotgan ishlar tezlik bilan jadallab ketgan[17]. Lekin Nolan Blade Runner franshizasining muxlisi boʻlishiga qaramay, hech qachon rejissyorlik qilishni rejalashtirmaganligini aytgan[18].
2011-yilning avgust oyiga kelib Alcon matbuotga Ridley Scott filmga rejissyorlik qilish haqidagi shartnomaga imzo chekkanligini eʼlon qilgan[19]. Britaniyalik kinorejissyor koʻpdan beri film qamrovini kengaytirish uchun uning davomini suratga olishni juda xohlagan[20]. Scottning rejissyorlik qilishi tayin boʻlgach, studiya Michael Green va Hampton Fancherga ssenariy yozish vazifasini yuklagan[21][22]. Alcon prodyuserlari oʻzlarining qanday film xohlayotganlari haqida bir oz tushuncha berishgan boʻlsa-da, Blade Runner voqealariga qanday oʻzgartirish kiritish haqida aniq bir qarorga kelishmagan[23][24]. Shuning uchun nafaqat Scott, balki barcha ijodkorlar film suratga olinishidan oldin uyushtirilgan matbuot anjumanlarida filmdagi voqealar haqida umuman ogʻiz ochmaslik kerakligini his etishgan[25][26][27]. Nihoyat, Scott oʻzining Alien: Covenant (2017) filmi borasida mas’uliyati ortgach, undagi vazifasidan isteʼfo berishga qaror qilgan, ammo bosh prodyuser sifatida faoliyatini qisman davom ettirgan[20][28]. Ochiqchasiga boʻlmasa-da, ssenariyga katta hissasi qoʻshilgan[29].
Blade Runner 2049 Alconning rejissyor Denis Villeneuve bilan hamkorlikdagi ikkinchi ishi boʻlib, ular ushbu masala boʻyicha muzokaralar olib borish uchun uchrashuvni Nyu-Meksiko shtatidagi qishloqlardan biridagi kafeda tashkil qilishga kelishishgan. Ular bundan oldin Prisoners (2013) loyihasi ustida ham professional hamkorlikda ish olib borishgan[30]. Villeneuve Blade Runnerni kino sanoatiga boʻlgan ishtiyoqining ortishiga sabab boʻlganini taʼkidlagan[20], lekin franshizaning obroʻsiga putur yetkazib qoʻyishdan qoʻrqib, dastlab taklifni qabul qilishga ikkilangan[30]. Shunga qaramay, unga ssenariy yoqqan va, shuningdek Fancherning loyihaga sarmoya kiritganligiga ishonch hosil qilgan[31]. Villeneuve Blade Runnerning retrofuturistik virtual olamini zamonga moslashtirish orqali asl filmning barcha asosiy elementlarini saqlab qolgan, chunki ushbu elementlar, Villeneuvening fikriga koʻra, hikoyaning realligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etgan[20].
Steven Spielbergning "Birinchi oʻyinga tayyor" (2018) filmining Blade Runner olamida kechadigan sahnasi yakuniy tahrirda filmdan olib tashlangan. Spielberg "Blade Runner 2049" ning suratga olinish jarayonida mualliflik huquqini berishlarini soʻragan, Alcon prodyuserlari esa garchi Ready Player One bor-yoʻgʻi bir necha oy oʻtib chiqqan boʻlsa ham bu ochiqdan-ochiq ishora filmning kelgusidagi tijoriy jihatdan keltiradigan foydasiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligidan choʻchishgan va bu taklifni rad etgan. Shunday qilib, Spielberg bu sahnaning oʻrniga Stanley Kubrick bilan yaqin munosabatda boʻlganligi tufayli "The Shining" (1980) filmiga asoslangan boshqa sahna yaratishni maʼqul koʻrgan[32].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 McCarthy, Todd „'Blade Runner 2049': Film Review“. The Hollywood Reporter (2017-yil 29-sentyabr). 2018-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
- ↑ D'Alessandro, Anthony; Tartaglione, Nancy „'Blade Runner 2049' Poised To Fly Around The World With Estimated 700M Bow“. Deadline Hollywood (2017-yil 4-oktyabr). 2017-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
- ↑ McNary, Dave „'Blade Runner' Sequel: Sony Takes International Rights“. Variety (2016-yil 25-yanvar). 2017-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Blade Runner 2049“. British Board of Film Classification (2017-yil 25-sentyabr). 2017-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
- ↑ „'Blade Runner 2049' Kicks Off October Box Office as Clear Favorite“. TheWrap (2017-yil 7-oktyabr). 2017-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „'Blade Runner 2049' Tracking for $40M-Plus U.S. Debut“. The Hollywood Reporter (2017-yil 14-sentyabr). 2017-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
- ↑ "2017 Feature Film Study". FilmL.A. Feature Film Study: 23. August 2018. https://www.bbfc.co.uk/release/blade-runner-2049-q29sbgvjdglvbjpwwc0zotyymtm. Qaraldi: November 3, 2024.Blade Runner 2049]]
- ↑ „Blade Runner 2049“. Box Office Mojo. IMDb. 2019-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
- ↑ Richard Roeper. „Visual marvel 'Blade Runner 2049' as awesome as the original“ (2017-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
- ↑ „'Blade Runner 2049' burning questions answered by screenwriter Michael Green“. Entertainment Weekly. January 23, 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Rougeau, Michael „How Blade Runner 2049 Resurrected That Character From The Original“. GameSpot (2017-yil 9-oktyabr). 2017-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr, 2024.
- ↑ Staff. „More Human Than Human“. British Cinematographer (2017-yil 12-noyabr). 2020-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr, 2024.
- ↑ Raw, Laurence. The Ridley Scott Encyclopedia. Scarecrow Press, 2009 — 225-bet. ISBN 9780810869523.
- ↑ Stone, Brad „Web Series Tied to 'Blade Runner' Is In the Works - NYTimes.com“ (2014-yil 23-fevral). 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr, 2024.
- ↑ Anders, Charlie Jane „'Blade Runner' Sequel (or Prequel) in Development Now“. io9 (2011-yil 4-mart). 2016-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr, 2024.
- ↑ McClintock, Pamela „'Blade Runner' Sequel a Make-Or-Break Moment for Producer Alcon“. The Hollywood Reporter (2017-yil 28-sentyabr). 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr, 2024.
- ↑ Woerner, Meredith „What can we expect from the new Blade Runner movie? We asked the producers“. io9 (2011-yil 3-mart). 2020-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr.
- ↑ Glenn, Whipp „Q&A: Christopher Nolan on the power of the people and why '2001' should be required preschool viewing“. Los Angeles Times (2018-yil 4-yanvar). 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr, 2024.
- ↑ Fleming, Mike „Ridley Scott To Direct New 'Blade Runner' Installment For Alcon Entertainment“. Deadline Hollywood (2011-yil 18-avgust). 2014-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr, 2024.
- ↑ 20,0 20,1 20,2 20,3 Egner, Jeremy „'Blade Runner 2049': Harrison Ford, Ryan Gosling and the Creators Discuss the Sequel“. The New York Times (2017-yil 8-sentyabr). 2020-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: noyabr 15, 2024.
- ↑ Fleming, Mike „Alcon, Ridley Scott Announce They've Hired Michael Green To Script 'Blade Runner 2'“. Deadline Hollywood (2013-yil 31-may). 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr, 2024.
- ↑ Fleming, Mike „'Blade Runner' Scribe Hampton Fancher Returning For Ridley Scott-Directed Sequel“. Deadline Hollywood (2012-yil 17-may). 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr, 2024.
- ↑ „Ridley Scott to direct new Blade Runner film“. BBC (2011-yil 19-avgust). 2014-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
- ↑ McNary, Dave. „'Blade Runner' project to be a sequel“. Variety (2012-yil 17-may). 2020-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr.
- ↑ Chai, Barbara. „Ridley Scott Says He'll Direct 'Blade Runner' Sequel“. Speakeasy (2011-yil 4-noyabr). 2012-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr.
- ↑ Vejvoda, Jim. „Harrison Ford in Blade Runner 2?“. IGN (2012-yil 6-fevral). 2019-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr.
- ↑ Sullivan, Kevin P. „Ridley Scott Gives 'Prometheus 2' And 'Blade Runner 2' Updates“. MTV (2012-yil 12-oktyabr). 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr.
- ↑ Jacob Kastrenakes. „Ridley Scott won't direct 'Blade Runner' sequel“. The Verge. Vox Media, Inc (2014-yil 25-noyabr). 2014-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr.
- ↑ Buchanan, Kyle. „Ridley Scott's Very Candid Account of How He Saved All the Money in the World“. New York (2017-yil 26-dekabr). 2018-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr.
- ↑ 30,0 30,1 D'Alessandro, Anthony „Why 'Blade Runner 2049' Was Denis Villeneuve's "Most Challenging Artistic Journey" Of His Life“. Deadline Hollywood (2018-yil 11-yanvar). 2020-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr, 2024.
- ↑ Vilkomerson, Sara (July 15, 2016). „'Blade Runner' sequel concept art: See a first look“. Entertainment Weekly. April 13, 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: April 12, 2020.
- ↑ Rottenberg, Josh „How the team behind 'Ready Player One' wrangled a bonanza of pop culture references into a single film“. Los Angeles Times (2018-yil 1-aprel). 2018-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr, 2024.
- Ingliz tilidagi filmlar
- AQSh filmlari
- 2017-yil filmlari
- AQSh 3D filmlari
- AQSh detektiv filmlari
- AQSh ilmiy fantastik filmlari
- Hans Zimmer sountrekini bastalagan filmlar
- Kelajak haqidagi filmlar
- Iqlim oʻzgarishi haqidagi filmlar
- Genetik muhandislik haqidagi filmlar
- Sunʼiy intellekt haqidagi filmlar
- Columbia Pictures filmlari
- IMAX filmlar
- Warner Bros. filmlari