Requiem for a Dream

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Orzu uchun rekviem
Rejissor Darren Aronofsky
Produser Eric Watson
Palmer West
Ssenariy muallifi Roman:
Hubert Selby, Jr.
Ssenariy:
Darren Aronofsky
Hubert Selby, Jr.
Rollarda Ellen Burstyn
Jared Leto
Jennifer Connelly
Marlon Wayans
Christopher McDonald
Bastakor Clint Mansell
Distributor Artisan Entertainment
Premyera sanasi 6 oktabr, 2000 (cheklangan)
24 noyabr, 2000
Davomiyligi 102 daqiqa.
Mamlakat AQSh
Til Ingliz
Mablagʻ $4.5 million
Daromad $7,390,108

"Orzu uchun rekviem" (ingl. Requiem for a Dream) — Hubert Selby, Jr. (Hyubert Selbi)ning romaniga olingan Darren Aronofsky (Darren Aronofski)ning dramasi. Bosh rollarda Ellen Burstyn (Ellen Byorstin), Jared Leto, Jennifer Connelly (Jennifer Konneli) va Marlon Wayans (Marlon Uayans). Ellen Burstyn 2000-yilning eng yaxshi ayol roli kategoriyasida "Oskar"ga nominatsiyalanadi. Filmda personajlarning orzular olamida ushlab turuvchi qaramliklarning har xil koʻrinishlari koʻrsatiladi. Soʻng esa orzular haqiqiy hayot bilan vayron etiladi.

Sujet[tahrir]

Bosh qahramonlar — ona va oʻgʻil, Sara (Ellen Byorstin) va Garri Goldfarb (Jared Leto), Garrining yoqtirgan qizi Merion Silver (Jennifer Konneli) va Garrining doʻsti Tayron Lav (Uayans). Film va romandagi harakat yilning uch fasli davomida roʻy beradi: yozda, kuzda va qishda.

Voqea yozda, Saradan boshlanadi. Sara - Brayton Bich (Bruklin)da bir oʻzi yashovchi keksa beva, u butun vaqtini televizor oldida bir xil koʻrsatuvni koʻrib oʻtkazadi. Uni faqat shokolad va boshqa nosogʻlom yeguliklar tinchlantiradi. Garri ba'zan uning uyida televizorni oʻgʻirlab, unga tushgan pullarga geroin sotib olish uchun paydo boʻladi.

Unga "Malin va Blok" telestudiyasidan qoʻngʻiroq qilishganda (uning aytishi boʻyicha), uning hayoti yangicha ma'no kasb etadi. Sara uni teledasturga taklif qilishganiga ishonadi. U dasturga oʻzining sevimli qizil koʻylagini kiymoqchi boʻladi, ammo koʻylak unga torlik qilib qolgan boʻladi. Muvaffaqiyatsiz parhezdan soʻng u dugonalarining maslahati bilan ozish uchun dorilarni qabul qila boshlaydi va sochini yorqin qizil rangga boʻyaydi. U dorilaga reseptni ishonchsiz shifokordan oladi. Garri bir safar onasini koʻrishga kelganida dorilar tarkibida narkotik stimulyatorlar (balki amfetamin bor boʻlishi mumkinligini aytadi va undan dorilarni iste'mol qilishni toʻxtatishini soʻraydi. Sara joʻshqin monologda Garriga eri vafotidan soʻng koʻp yillar yolgʻiz boʻlganini tushuntiradi. Tashlangan vazn va televideniyeda chiqish imkoni dugonlari koʻzida uning obroʻsini oshirishini, televizorda chiqish esa uning hayotiga yangicha ma'no kasb etishini tushuntiradi. Garri uni koʻproq ziyorat qilishga va Merion bilan tanishtirishga va'da beradi. Uyiga boʻlgan yoʻlda Garri vahimaga beriladi, ammo dozasini qabul qilgach tinchlanadi.

Bu paytda Garri va Tayron narkotiklarni sotib pul ishlay boshlashadi. Garri va Merion kelajak haqidagi orzularga berilishadi - ular doʻkon ochib Merionning tikuv ishlarini sotish bilan shugʻullanmoqchi boʻlishadi. Tayron yangi yutuqlarda koʻcha hayotining ayovsiz haqiqatidan qochish imkoniyatini koʻradi.

Kuz kelishi bilan Sara oʻzining dorilaridan borgan sari koʻproq bogʻlanib qolaveradi, dozasini doimiy ravishda koʻpaytirveradi va unda gallusinatsiyalar boshlanadi. U bu haqda shifokorga aytganida, shifokor unga diazepamni yozib beradi. Uning gallusinatsiyalari borgan sari kuchliroq va daxshatliroq boʻlib, tez orada u hayot bilan aloqani umuman yoʻqotadi.

Boshqa personajlarning orzulari ham oz oʻtmay vayron boʻladi. Tayronni hibsga olishadi, uning doʻsti va narkotiklarning asosiy ta'minlovchisi Brodini esa oʻldirishadi. Garri va Merion yigʻayotgan pullarini Tayronni turmadan ozod etish uchun sarflashadi. Keyingi bir necha oy ichida dozani topish qiyinlashib boradi, chunki geroinni odatdagi manbalardan olib boʻlmaydi. Ular endi har kuni dozasini sotib olib, kelejakdagi orzularini esdan chiqarishadi. Geroin ularning hayotini boshqargan sari Garri va Merionning munosabatlari vayron boʻladi; ohiriga yaqin narkotiklar uchun pul topish uchun Garri Merionni uning sobiq terapevti bilan jinsiy aloqa qilishga undaydi.

Narkotiklar oz sonda qolgan dilerlardan birida boʻladi, ularda hali yuqori sifatli geroin qolgan boʻladi va ular Rojdestvoga yaqin doʻstlariga sovgʻa qilmoqchi boʻladilar. Mahsulotlar doʻkonining omborida boʻlib oʻtgan uchrashuvida Garri va Tayron narkotik sotib olmoqchi boʻlishadi, ammo ayuovsiz toʻqnashuvdan kelishuv buziladi. Merion bu paytda uyda kutayotgan boʻlib, sinish ta'siridan oʻzining sobiq chizmalari va uy jihozlarini yoʻq qiladi.

Sara eng katta dozasidagi dorilarni qabul qiladi va unda daxshatli gallusinatsiyalar boshlanadi. Gallusinatsiyalar vaqtida uning sevimli teledasturining studiyasi uning xonadonini ayovsiz egallab oladi, tomoshabinlar va olib boruvchi esa uning odatlari ustidan kulishadi. Alal oqibat unga oʻzining muzlatkichi hujum qiladi. Sara bu koʻrinishlardan daxshat ahvolida uyidan qochadi va studiyaga yoʻl oladi.

Qishda ohirgi muvaffaqiyatsizlikdan tushkunlikka tushgan Garri va Tayron yopiq doirani buzmoqchi boʻlib, Floridaga otlanishadi. Ularning fikricha u yerda geroin koʻproq. Privalda Garri geroin sanchgan qoʻli kuchli yalligʻlanganini tushunadi, ammo paydo boʻlgan jarohatga baribir nina sanchadi. Yoʻlda Garrining ahvoli juda yomonlashadi, zaharlanish esa koʻproq joylarga tarqaladi. Garri Merionga qoʻngʻiroq qilmoqchi boʻladi, ammo Tayron shifoxonaga borishga undaydi. Garrini koʻrib shifokor uning giyohvand ekanligini darrov tushunadi va davolovni oʻtkazmay Garri va Tayron haqida politsiyaga habar beradi. Ikkalovini hibsga olishadi.

Bu vaqtda Merion geroin uchun sutenyor Kichik Jonning oldiga boradi. U geroinni oʻzining hirsini qondirish evaziga beradi. Uchrashuvdan soʻng Kichik Jon Merionga oʻzi tashkil etayotgan kecha haqida va u yerda koʻproq doza olishi mumkinligini aytadi. Avvaliga Merion rad etadi, ammo doza tamom boʻlganidan keyin oʻz fikrini oʻzgartiradi.

Sarani telestudiyadagi dramatik insidentdan keyin psihiatrik shifoxonaga olib ketishadi. U yerda uni bogʻlab, dorilarni kiritishadi va kuchni qoʻllab ovqat yedirishadi.

Qamoqda Garri oʻzining yagona qoʻngʻirogʻini Merion bogʻlanish uchun sarf qiladi. Ular orasida dilniyorar suhbat boʻlib oʻtadi, va ular munosabatlarini narkotiklarga qaramlik buzganini tan oladilar.

Hikoya yakunida toʻrt qahramonning hayotlari tez va ayovsiz vayron boʻladi. Shifoxona va qamoqda davolanmaganligi tufayli yalligʻlanish gangrenaga oʻtib ketgani sababli Garrining qoʻlini amputatsiya qilishadi. Sara yarimholsiz ahvolda imzolagan ruhsatnomasi tufayli elektroshok bilan davolanadi va butunlay reallik bilan aloqani yoʻqotadi. Tayron qamoqda qolib shafqatsiz sinishga duchor keladi va irqchi qamoq hodimlari tomonidan qiynoqlarga tortiladi. Merion Kichik Jonning kechasiga keladi va geroin dozasini olish uchun boshqa ayol bilan isqirt aloqaga kirishga majbur boʻladi.

Bundan soʻng film toʻrt qahramonning taqdirlariga ohirgi nazar bilan yakunlanadi. Garri shifoxonada Merionni chaqirgan holda oʻziga keladi. Hamshira uni chaqirtirishga va'da beradi, ammo u tushunadiki uni qaytarib boʻlmaydi, munosabatlarini esa tiklab boʻlmaydi. Sara ruhiy kasalxonada hayotsiz, qiynalgan qobiqqa aylanib qolgan. Tayron qamoqdagi oʻzining birinchi tunida koʻrsatilgan, u ogʻriqdan qiynalib, uzoq yillar avval yoʻqotilgan onasini eslab yotadi. Merion kechadan soʻng uyida divanda geroin paketini quchoqlagan holda, telba tabassum bilan yotadi. Soʻnggi kadrlar Saraning tushini koʻrsatadi: u uzoq kutgan shousida paydo boʻladi. U bosh sovgʻani yutib oldi: uning oʻgʻli Garri - muvaffaqiyatga erishgan kishi. Ona va oʻgʻil bir-birini quchoqlashadi va ommaning qoʻllov qichqirishlari va sahna chiroqlarining yorugʻligi ostida qanchalik bir-birlarini yaxshi koʻrishlarini aytadilar.

Rollarda[tahrir]

Suratga olish guruhi[tahrir]

Qiziqarli faktlar[tahrir]

  • Filmning yakuniy sahnasi kino tarixida eng larzaga keltiruvchi lavhalardan biri hisoblanadi. Bu sahnasi uchun film NC-17 yosh reytingini olgan.
  • Filmda 2000ta montaj yopishtiruvlari, bu filmdagi oʻrtacha yopishtiruvlar sonidan 3-4 marta ortiq.
  • Rejissyor "chidab boʻlmas tortish" ("sinish")ni yaxshi tushunishligi uchun Jared Leto va Marlon Uayansdan 30 kun davomida shakar iste'mol qilmaslikni va jinsiy aloqalardan saqlanishni soʻraydi.
  • Jared Leto suratga olish jarayonlariga tayyorlanish uchun 11 kilogramm vaznini yoʻqotadi va haqiqiy bruklinlik giyohvandlar bilan doʻstona munosabatda boʻladi.
  • Darren Aronofskining filmda kichik kameo-roli mavjud: u Kichik Jon majlisining ishtirokchilaridan biri.

Havolalar[tahrir]