Jara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Jara“ musiqa festivali
ruscha: Жара
Janr Pop musiqa
Joy Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon, Baku
Olmoniya bayrogʻi Germaniya, Düsseldorf
Monako bayrogʻi Monako
BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari , Dubai
Rossiya bayrogʻi Rossiya , Sochi
Turkiya bayrogʻi Turkiya, Bodrum
Oʻtkazilgan yillar 2016-yildan
hozirgacha
Maksimal tomoshabinlar 12 000 dan ortiq kunlik tomoshabinlar va 150 000 000 dan ortiq teletomoshabinlar
Vebsayt https://zhara.tv/

Jara (ruscha: Жара) — har yili boʻlib oʻtadigan xalqaro musiqiy festival. 2016-yilda[1] rossiyalik va ozarbayjonlik qoʻshiqchi, musiqachi va tadbirkor Emin Agalarov tomonidan asos solingan[2][3][4]. Festival ilk bor 2016-yil 9-10-iyul kunlari Boku shahrida, Kaspiy dengizi sohilida joylashgan Sea Breeze kurortida boʻlib oʻtgan.

Festival Crocus Group tarkibiga kiruvchi Jara ekotizimining bir parchasidir. Festivalda 150 dan ortiq sanʼatkorlar qatnashgan boʻlib, kunlik 12 000 dan ortiq tomoshabinlarni, Rossiya hamda MDH davlatlaridan jami 150 000 000 dan ortiq teletomoshabinlarni oʻziga jalb qilgan. Festivalning translyatsiyasi Birinchi kanalda berib borilishi belgilangan[5][6][7].

Ushbu festivalning asosiy mehmonlaridan biri — Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov[8].

Festival tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Jara birinchi xalqaro musiqa festivali 9—10-iyul kunlari, 2 kun davomida boʻlib oʻtdi.

Maksim Fadeyev tomonidan kompositsiyalangan, festivalning Jara madhiyasi premyera qilindi. Uni festival boshlovchilari ijro etishdi.

Birinchi yil festivalda 40ga yaqin qoʻshiq ijrochilari va guruhlar ishtirok etdi[9]. Shuningdek, Yana Churikova va Andrey Malaxov Jara 2016 festivalida boshlovchilik qildi.

2017[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Jara festivali 25-28-iyul kunlari Boku shahrida, Kaspiy dengizidagi Sea Breeze kurortida boʻlib oʻtdi va 4 kun davom etdi. Bu yilgi festivalda Alla Pugachova[10][11], Sofia Rotaru[12][13] va Grigoriy Lepsning ijodiy kechalari boʻlib oʻtdi.

Festivalda 50ga yaqin qoʻshiq ijrochilari ishtirok etdi[9] va Yana Churikova, Andrey Malaxov va Maksim Galkin boshlovchilik qildi.

2018[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sergey Shnurov „Leningrad“

2018-yilda Jara festivali 26-29-iyul kunlari boʻlib oʻtdi[14]. Leningrad guruhi, Leonid Agutin va Vladimir Presnyakov minglab tomoshabinlar oldida katta yakkaxon konsertlar bilan chiqishdi. Valeriya, Valeriy Meladze[15], Lyubov Uspenskaya[16] oʻzlarining ijodiy kechalarini oʻtkazdilar.

Festivalda 70ga yaqin qoʻshiq ijrochilari ishtirok etdi[15][16]. Va festivalga Yana Churikova va Nikolay Baskov boshlovchilik qildi.

Festival mehmonlari orasida Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi, Dmitriy Peskov, Tatyana Navka, Till Lindemann va boshqalar bor edi[17].

2019[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 3-may kuni Jara xalqaro musiqa festivali birinchi marta MDH davlatlaridan tashqarida, Dubayda (BAA), Rixos Premium Dubai hududida boʻlib oʻtdi[18].

Dubaydagi festival mehmonlari orasida Tatyana Navka, Araz Agalarov, Boris Rotenberg va boshqalar oilasi bilan ishtirok etishdi[19]. Kechada Yuliya Baranovskaya va Konstantin Tarasyuk, Albina Djanabaeva va Timur Rodriges boshlovchilik qildi.

Steven Seagal va Emin Agalarov

2019-yilning 25-28-iyul kunlari[20] Jara festivali Bokuda[21][22], Kaspiy dengizi sohilidagi Sea Breeze kurortida boʻlib oʻtdi[23][24][25][26].

Festivalning 2019-yilgi sonida Lyube guruhi katta yakkaxon konsert berdi, Grigoriy Leps[27] va Stas Mixaylovlar ijodiy kechalar oʻtkazdilar. Festivalning uchinchi kuni mehmonlarni 1990—2000-yillarning xitlari bilan xursand qildi va Timatining ochiq havodagi musiqa kontserti[28] va Zed avlod sanʼatkorlarining chiqishlari bilan yakunlandi.

Festivalda 200 dan ortiq sanʼatkorlar ishtirok etdi[29][30][31][32][33][34]. Ular orasida Filipp Kirkorov[35], LOBODA[36], EMIN[37], Olga Buzova[38][39][40], Grigoriy Leps, Vera Brejneva[41], Sergey Lazarev, Gulyuk’oZa[42][43], Lolita Milyavskaya, Ani Lorak[44], Artik & Asti, Zivert[45], Natalia Koroleva[46], Alessandro Safina, Anita Choy[47], HammAli & Navai, Aleksey Chumakov, MBAND, Jony, El'man, Джиган, Rauf & Faik va boshqalar bor edi.

2020[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 14-mart kuni Sochida (Rossiya) Krasnaya Polyana kurortida birinchi marta Jara xalqaro musiqa festivali boʻlib oʻtdi[48][49][50].

2020-yilning 29-iyulidan 2-avgustiga qadar Boku shahrida (Ozarbayjon) beshinchi yubiley xalqaro musiqa festivali Jara boʻlib, tarixda birinchi marta festival 5 kun davom etdi[51].

2020-yil 16-avgust kuni Monakoda birinchi marta xalqaro musiqa festivali boʻlib oʻtdi. 2020-yilning 27-28-avgust kunlari Turkiyada, Yalikavak Marina Bodrum hududida Jara festivali oʻtkazildi[52].

2020-yil 24-oktabrda Jara xalqaro musiqa festivali birinchi marta Dyusseldorfda (Germaniya), sigʻimi 12 000 kishigacha boʻlgan ISS DOME stadionida bo‘lib o‘tdi[53].

2021[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda Jara xalqaro musiqa festivali 23-27-iyun kunlari boʻlib oʻtdi va 4 kun davom etdi. Dastlab, festival Moskvadagi „Lujniki“ sport majmuasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo koronavirusning kuchli tarqalishi tufayli u Crocus City Hallga koʻchirildi[54].

Moskva viloyati gubernatorining farmoni bilan kiritilgan cheklovlar tufayli festival tomoshabinlar uchun bekor qilindi va televizion suratga olish formatida davom etdi[54].

Festival 5 kun davomida qoʻshiq ijrochilarining navbatma-navbat ijrolari bilan oʻtkazildi[9].

2022[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oltinchi Jara festivali 2022-yil 27-31-iyul kunlari Boku shahrida oʻtkazilishi kerak edi[55].

Lekin eʼlonlarda Bokudagi bu yilgi Jara musiqiy festivali oʻtkazilmasligi aytib chiqildi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda tadbir tashkilotchisi, tadbirkor va musiqachi Emin Agalarov maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, festival dunyodagi mavjud vaziyat tufayli bekor qilingan[56].

Sea Breeze Resort bokuliklar va Boku shahri mehmonlari uchun sevimli maskan boʻlib kelganini va shunday boʻlib qolayotganini hisobga olsak, biz mehmonlarimizni hafsalasini pir qilmaslik uchun qoʻlimizdan kelganini qilamiz.

2023[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholi noroziliklari sababli avval Bokuda[57] keyinroq Qozogʻistonda[58] kechiktirilgan Jara festivali Oʻzbekistonda oʻtkazilmoqchi edi[59][60]. Bu davlatlarda festivalning kechiktirilishiga sabab festival qoʻshiqchilarining aksari Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoʻllab quvvatlaganliklaridir[59]. Shu sabab bilan Oʻzbekistonda ham virtual norozliklar boshlandi. #StopKremlinPropaganda va #StopRussianPropaganda heshteglari ommalashdi[61].

Bu festival Qozog‘iston va Bokuda ommaviy noroziliklardan keyin bekor qilindi. Endi u bizga keldi. Biz hamma narsa mumkin bo‘lgan chiqindixonamizmi? Bizning o‘z pozitsiyamiz va g‘ururimiz yo‘qmi, urush tashviqotiga sahna beramizmi?

— bloger Nikita Makarenko, [59]

Virtual norozliklardan soʻng Oʻzbekistonda ham 2023-yilning 3-aprel sanasida 20-21-may kunlari Yangi Oʻzbekiston bogʻida oʻtkazilishi kutilayotgan festival nomaʼlum muddatga qoldirildi[61][62][63][64]. Biletlar sotuvi toʻxtatildi va sotib olingan bilet pullari qaytarib berilishi aytildi[61].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Елена Родина. „Фестиваль российской музыки в Баку“. Известия (2016-yil 12-iyul).
  2. „Эмин Агаларов потратил на фестиваль "Жара" в Баку $5 000 000“. Life.ru (2017-yil 2-avgust). 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  3. „В эфире начинается «Жара»“. Коммерсантъ (2018-yil 7-fevral). 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  4. Денис Сидоров. „Эмин Агаларов дал «Жару»: во сколько бизнесмену обходится певческая карьера“. Forbes (2017-yil 4-oktyabr). 2020-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  5. „Международный музыкальный фестиваль «Жара»“. Первый канал.
  6. „Международный музыкальный фестиваль «Жара». Гала-концерт. Выпуск от 09.08.2019“. Первый канал (2019-yil 9-avgust). 2020-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  7. „Первый канал покажет «Жару 2019»“. InterMedia (2019-yil 30-iyul). 2019-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  8. „В Дубае прошел фестиваль "Жара" с участием российских артистов“ (ru). РИА Новости. Qaraldi: 2019-yil 14-may.
  9. 9,0 9,1 9,2 „Жара (фестиваль)“. https://ru.wikipedia.org.
  10. Севиндж Абдуллаева. „На музыкальном фестивале "Жара" в Баку состоялся творческий вечер Аллы Пугачевой“. ТАСС (2017-yil 30-iyul). 2018-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  11. „День Аллы Пугачевой на Международном музыкальном фестивале «Жара». Выпуск от 10.09.2017“. Первый канал (2017-yil 10-sentyabr). 2020-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  12. Наталья Васильева. „Алла Пугачева и София Ротару не испугались «Жары»“. Известия (2017-yil 31-iyul). 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  13. „София Ротару произвела фурор в ярко-красном платье-вышиванке в Баку“. ТСН (2017-yil 31-iyul).
  14. Елена Бодуэн. „Фестиваль "Жара 2018" в Баку: участники, программа, когда состоится“. Комсомольская правда (2018-yil 5-iyul).
  15. 15,0 15,1 „Творческий вечер Валерия Меладзе на "Жаре"“. Sputnik (2018-yil 30-iyul).
  16. 16,0 16,1 „Творческий вечер Любови Успенской. Международный музыкальный фестиваль «Жара». Выпуск от 16.09.2018“. Первый канал (2018-yil 16-sentyabr). 2020-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  17. „Музыкальный фестиваль «ЖАРА» отменен“. https://www.vokrug.tv. vokrug tv.
  18. „В Дубае прошел фестиваль "Жара" с участием российских артистов“. РИА Новости (2019-yil 4-may). 2020-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  19. „Международный фестиваль ЖАРА отгремел в DUBAI“. Cosmopolitan (2019-yil 6-may). 2020-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  20. „«ЖАРА» 2019: яркое закрытие IV Международного музыкального фестиваля в Баку“. Glamour (2019-yil 29-iyul).
  21. „На красной дорожке «Жары» Лейла Алиева сняла с себя серьги и подарила поклоннице“. Woman.ru (2019-yil 27-iyul). 2020-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  22. „В Баку прошел IV Международный фестиваль «Жара»“. Esquire.
  23. „"Жара-2019": Вера Брежнева, Альбина Джанабаева, Ольга Бузова и другие звезды на открытии фестиваля в Баку“. Hello! (2019-yil 26-iyul). 2020-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  24. „Ядом по нарядам: разбираем образы звезд на "Жаре" в Баку“. РИА Новости (2019-yil 26-iyul). 2020-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  25. „Фестиваль "Жара" в Баку 2019“. Комсомольская правда. 2019-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  26. „Музыкальный фестиваль «ЖАРА» 2019“. Cosmopolitan.
  27. „А на чьей стороне ты? Звезды разделились, выступив на творческих вечерах Григория Лепса и Стаса Михайлова“. Woman.ru (2019-yil 26-iyul). 2019-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  28. „Международный музыкальный фестиваль «Жара». Хиты 90-х и юбилей группы «Любэ». Выпуск от 16.08.2019“. Первый канал (2019-yil 16-avgust). 2020-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  29. „В Баку открылся музыкальный фестиваль "Жара"“. ТАСС (2019-yil 25-iyul). 2019-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  30. „В Баку завершился ежегодный музыкальный фестиваль «ЖАРА"-2019“. Домашний Очаг. 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  31. „Жара 2019. 4 дня международного фестиваля в Баку“. Rambler (2019-yil 21-may). 2020-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  32. „Легендарная Тамара Гвердцители выступит в Баку“. trend.az (2019-yil 19-iyul). 2019-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  33. Надя Бесчетникова. „"Жара-2019": выбираем лучший образ“. Spletnik (2019-yil 29-iyul). 2020-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  34. „Самые яркие наряды звёзд на фестивале «ЖАРА» в Баку“. 7Дней.ру (2019-yil 26-iyul). 2020-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  35. „«Жара»: Филипп Киркоров, Валерия, Слава и другие артисты оценили свой актерский талант в полнометражном кино“. Woman.ru (2019-yil 3-sentyabr). 2019-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  36. „Лобода, Нюша и Тимати закрыли фестиваль «Жара» в Баку“. Mail.ru (2019-yil 29-iyul). 2020-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  37. „Эмин Агаларов и Алексей Чумаков представили долгожданный дуэт“. Woman.ru (2019-yil 30-iyul). 2019-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  38. „Ольга Бузова упала во время выступления на «ЖАРА» в Баку“ (2019-yil 26-iyul).
  39. „Ольга Бузова устроила сексуальные танцы в бассейне: певица показала в Баку самый откровенный номер“. Комсомольская правда (2019-yil 26-iyul). 2020-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  40. Мария Горская. „«Жара-2019»: Бузова упала на сцене, а жена Михайлова заступилась за мужа“. teleprogramma.pro (2019-yil 29-iyul). 2019-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  41. Виктория Танес. „Вера Брежнева, Алена Шишкова и Юлия Барановская на открытии фестиваля «Жара» в Баку“. PeopleTalk (2019-yil 25-iyul).
  42. „Строгая и сексуальная: Глюкоза выступила на открытии фестиваля «Жара» в экстравагантном платье“. Woman.ru (2019-yil 26-iyul). 2019-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  43. „На красный свет: 33-летняя Глюкоза покоряет Баку в полностью облегающем алом комбинезоне“. Woman.ru (2019-yil 25-iyul). 2020-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  44. „Ольга Бузова, Ани Лорак и другие на красной дорожке фестиваля «Жара-2019»: звезды посоревновались в оригинальности нарядов“. Woman.ru (2019-yil 26-iyul). 2019-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  45. „Декольте Альбины Джанабаевой и дуэт Киркорова с Zivert: открытие фестиваля «Жара-2019»“. StarHit (2019-yil 25-iyul). 2020-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  46. „Алена Апина, Наташа Королева, Сергей Жуков и другие звезды исполнили хиты девяностых и нулевых на «Жаре»“. Woman.ru (2019-yil 28-iyul). 2019-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  47. „Анита Цой вышла на связь с поклонниками и объяснила, почему ей вызывали скорую на фестивале «Жара»“. Woman.ru (2019-yil 27-iyul). 2020-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  48. „EMIN, Григорий Лепс, Егор Крид, Сергей Лазарев и другие артисты на фестивале ЖАРА в Сочи“. OK! Magazine (2020-yil 15-mart).
  49. „Фестиваль "Жара" впервые пройдет в России“. ТАСС (2020-yil 6-mart). 2020-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
  50. „Фестиваль Жара впервые пройдет в Сочи на Красной Поляне“. Cosmopolitan (2019-yil 16-dekabr).
  51. „Известные турецкие певцы станут гостями фестиваля "Жара"“. Sputnik (2020-yil 21-fevral).
  52. „Эмин рассказал, в какие страны направится фестиваль "Жара"“. Sputnik (2019-yil 23-mart).
  53. Кямаля Алиева. „Эмин Агаларов устроит "Жару" в Германии“. Sputnik (2020-yil 21-yanvar).
  54. 54,0 54,1 „Организаторы решили продолжить фестиваль «Жара» в формате телесъемки — РИА Новости, 24.06.2021“. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.
  55. „Международный музыкальный фестиваль «Жара»“. https://www.kp.ru.
  56. 56,0 56,1 „Музыкальный фестиваль «Жара» отменен в 2022 году“. https://kulturomania.ru. 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  57. „"Жара" возвращается в Азербайджан“. https://az.sputniknews.ru.
  58. „Фестиваль «ЖАРА» перенесли из Казахстана в Узбекистан“. https://news.mail.ru.
  59. 59,0 59,1 59,2 „Rossiyalik qo‘shiqchilar Toshkentda konsert bermoqchi. Faollar qarshi, mas’ullar – sukutda“. https://kun.uz.
  60. „Жара 2023 в Ташкенте“. allfest.ru. ALLFEST.RU.
  61. 61,0 61,1 61,2 „O‘zbekistonliklar boykot qilgan «Jara» festivali qoldirildi“ (2023-yil 3-aprel). Qaraldi: 22-may 2023-yil.
  62. „В Узбекистане отменили фестиваль "Жара" с участием провластных артистов из РФ: это произошло после протестов местных блогеров“. https://www.currenttime.tv. настоящее время.
  63. „В Ташкенте отменили музыкальный фестиваль «Жара»“. https://www.yenisafak.com. Yeni Şafak.
  64. „Фестиваль «Жара», который бойкотировали узбекистанцы, перенесен“. https://kun.uz. Kun.uz.