Izvestiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"IZVESTIYA" ("Axborot") — RFda chikadigan umummilliy gazeta. Moskvada haftada 5-marta rus tilida nashr etiladi. Gaz. ning 1soni 1917 yil 28-fevral (13-mart)da Petrogradda chiqqan. "I." shoʻro tuzumi davrida kommunistik partiya va Sovet hukumati qabul qilgan qaror va hujjatlarning bajarilishini mafkuraviy jihatdan taʼminlovchi qudratli vosita boʻlgan. Shoʻro tuzumi tugagach (1991-yil oxiridan), Rossiya Federatsiyasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotiga oid islohot va oʻzgarishlarning bajarilishini taʼminlashga moʻljallangan yoʻnalish oldi. Adadi 234.500 (2002).

IZEN, koxiya (Kochia) — shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik yarim-butalardan iborat turkum. Gullari koʻkimtir, koʻrimsiz. Barglari uzun, tekis, qirrali. 80 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 4 turi boʻlib, ular toshloq, qumloq, gil tuproq, shoʻrxok va taqir yerlarda oʻsadi. Asosan, yerbagʻirlab oʻsuvchi yarimbuta (K. prostrata) I. deb ataladi. U sifatli ozuqabop oʻsimlik sifatida oʻtloqlarning hosildorligini oshirish uchun ekiladi. Kelinsupurgi I. (K. scoparia) esa bir yillik sershox oʻsimlik boʻlib, undan su-purgi sifatida foydalaniladi. Choʻl va adirlarda oʻsadi. Urugʻining tarkibida saponin bor. Baʼzilari manzarali oʻsimlik.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil