Grigoriy Leps

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grigoriy Leps

Leps ijro vaqtida (2009)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 16-iyul 1962-yil (1962-07-16) (61 yosh)
Fuqaroligi Rossiya
Kasbi Qoʻshiqchi, shoir
Janr Soft-rok, rus shansoni
Faoliyat yillari 1995 — bugun
Veb-sayt grigoryleps.ru

Grigoriy Leps (ruscha: Григо́рий Лепc; asl ismi — Grigoriy Viktorovich Lepsveridze; 16-iyul, 1962, Sochi) kelib chiqishi gurji boʻlgan rus qoʻshiqchisidir. Ijodini rus shansonidan boshlab, soft-rok va ommabop musiqaga oʻtgan.

2013-yil oktabrida AQSh moliya vazirligi Lepsni "postsovet mafiya"ga aloqadorlikda ayblab, Qoʻshma Shtatlarga kirishni taqiqladi.[1][2][3]

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomlari[4]
  • 1995 — Натали (Natali)
  • 1997 — Целая жизнь (Bir umr)
  • 2000 — Спасибо, люди... (Rahmat, odamlar...)
  • 2002 — На струнах дождя... (Yomgʻir torlarida...)
  • 2004 — Парус (Yelkan)
  • 2006 — Лабиринт (Labirint)
  • 2006 — В центре Земли (Yer markazida)
  • 2007 — Второй (Ikkinchi)
  • 2009 — Водопад (Sharshara)
  • 2011 — Пенсне (Pensne)
  • 2011 — Берега чистого братства (Sof birodarlik qirgʻoqlarida), Aleksandr Rosenbaum bilan
  • 2012 — Полный вперед! (Olgʻa!); DVDlari[4]
  • 2005 — Парус Live (Yelkan Live)
  • 2007 — В центре Земли Live (Yer markazida)
  • 2007 — Я — живой! (Men tirikman!)
  • 2010 — Что может человек (Odam nimalarga qodir)
  • 2010 — Водопад Live (Sharshara Live)
  • 2011 — Научись летать Live (Uchishni oʻrgan Live); Termalari[4]
  • 2005 — Избранное... 10 лет (Saylanma... 10 yil)
  • 2007 — Вся жизнь моя — дорога... (Butun hayotim — yoʻl...)
  • 2010 — Берега. Избранное (Qirgʻoqlar. Saylanma)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Страница Министерства экономики США с обвинением Григория Лепсверидзе в причастности к мафии
  2. Министерство финансов США ввело санкции против известного российского певца Григория Лепса
  3. Певец Григорий Лепс подпал под санкции минфина США
  4. 4,0 4,1 4,2 Discography, 2011-06-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-07

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]