Kontent qismiga oʻtish

Alla Pugachyova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Alla Pugachovadan yoʻnaltirildi)
Alla Pugachyova
Tavalludi 1949-yil 15-aprel (1949-04-15) (77 yosh)
Janrlar Pop
Faoliyat yillari 1965 yildan hozirgi kungacha
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Turmush oʻrtogʻi Maksim Galkin[1]
Amplua Qoʻshiqchi
Veb-sayt http://allapugacheva.pro/

Alla Borisovna Pugachyova (ruscha: А́лла Бори́совна Пугачёва; 1949-yi 15-aprel, Moskva) — taniqli rus estrada qoʻshiqchisi. SSSR xalq artisti (1991). Sanʼatdagi faoliyatini 1965-yillardan boshlagan hamda 2010-yilda faoliyatini yakunlagan[2].

Pugachyova Alla Borisovna Moskvadagi Teatr sanʼati institutini tugatgan (1981). O. Lundstrem rahbarligidagi estrada orkestrida (1971—72), Roskonsertda (1978—87) yakka xonanda, „Qoʻshiq teatri“ teatr-studiyasining asoschisi va badiiy rahbari (1988-yildan). P. ijodi yuqori vokal va aktyorlik sanʼati, har bir qoʻshigʻini mukammal dramaturgik asar darajasiga koʻta-ra olishi, joʻshqinlik, koʻtarinkilik kabi oʻziga xos uslubi bilan ajralib tu-radi. Repertuaridan R. Pauls, A. Zatsepin, M. Tariverdiyev, I. Nikolayev va boshqa kompozitorlar hamda oʻzi bastalagan qoʻshiqlar oʻrin olgan („Arlekino“, „Million qizil atirgul“, „Maestro“, „Paromchi“, „Bu dunyo“, „Menga yokadi“, „Aysberg“ va boshqalar). Yevropa, Amerika va Osiyo (jumladan, Oʻzbekistonda ham) gastrolda boʻlgan. Xalqaro estrada tanlovlarida (Bolgariya, 1975; Polsha, 1978) Gran-pri mukofotiga sazovor boʻlgan. Rossiya Davlat mukofoti laureata (1994)[3].

  1. ↑ (unspecified title)
  2. ↑ „Алле Пугачевой исполняется 65 лет“. style.news.am. Qaraldi: 27-iyul 2025-yil.
  3. ↑ „Alla Pugachyova“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (P-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.