Jamol Khashoggi
Jamol Ahmad Xashoggi (/kəˈʃoʊɡdʒi, kəˈʃɒɡdʒi/ ; arabcha: جمال أحمد خاشقجي, [dʒaˈmaːl xaːˈʃʊɡ.(d)ʒi]; 1958-yilning 13-oktyabrida tugʻilib, 2018-yilning 2-oktyabrida vafot etgan) saudiyalik jurnalist, dissident, ayrim kitoblar muallifi, Middle East Eye va The Washington Post gazetalari sharhlovchisi va Al-Arab News kanalining bosh menejeri va bosh muharriri Saudiya konsulligida 2018-yil 2-oktabr kuni Istanbulda Saudiya Arabistoni hukumati agentlari tomonidan valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning buyrugʻi bilan oʻldirilgan.[1][2][3][4]
Xashoggi Saudiya Arabistonining "Al Vatan" gazetasida muharrir boʻlib ishlagan va uni Saudiyalik faollar uchun platformaga aylantirgan.[5] Xashoggii 2017-yilning sentabr oyiida Saudiya Arabistonidan qochib ketgan va oʻz-oʻzini surgun qilgan. Uning aytishicha, Saudiya hukumati uni „Twitter“dan bloklagan[6] va keyinchalik Xashoggi Saudiya hukumatini tanqid qiluvchi gazeta maqolalari yozgan. Xashoggi Saudiya hukmdorlari boʻlmish qirol Salmon va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonni keskin tanqid qilgan.[7] Shuningdek, u Saudiya Arabistonining Yamanga aralashuviga ham qarshi chiqqan.[8]
2018-yilning 2-oktabr kuni Xashoggi boʻlajak nikohiga oid hujjatlarni olish uchun Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligiga kirgan, ammo hech qachon chiqib ketmagan. Uning oʻldirilgani va ichkarida qismlarga boʻlingani haqidagi turli xabarlar ortidan 15-oktabr kuni Saudiya Arabistoni va Turkiya rasmiylari tomonidan konsullikda tintuv ishlari oʻtkazildi. Avvaliga Saudiya hukumati Xashoggi oʻlimini rad etdi, ammo unining oʻlimi boʻyicha turli oʻzgaruvchan izohlardan soʻng Saudiya Arabistoni bosh prokurori oxir-oqibat qotillik qasddan qilinganligini aytdi.[9][10] 2018-yilning 16-noyabriga kelib, Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) Muhammad bin Salmon Xashoggini oʻldirishga buyruq bergan degan xulosaga keldi.[11][12] Qotillik bilan bogʻliq mojarolar AQSh va Saudiya Arabistoni oʻrtasida keskinlikni keltirib chiqardi, jumladan, AQSh Saudiya qirollik bilan diplomatik aloqalarni uzishga chaqirdi.
2018-yilning 11-dekabr kuni Jamol Xashoggi oʻz faoliyati uchun siyosiy taʼqibga uchragan boshqa jurnalistlar qatori jurnalistikadagi faoliyati uchun Time jurnali tomonidan yilning eng yaxshi odami deb topildi. Time Xashoggini „Haqiqat qoʻriqchisi“ deb atagan.[13][14][15]
Hayotning boshlangʻich davri[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamol Ahmad Xashoggi 1958-yil 13-oktabrda Madina shahrida tugʻilgan[16][17] Uning bobosi Muhammad Qoshiqchi boʻlgan.[18] U Adnan Xashoggining jiyani[19][20] va Dodi Fayedning birinchi amakivachchasi bo'lgan.[21]
Xashoggi boshlangʻich va oʻrta taʼlimni Saudiya Arabistonida olgan va 1982-yilda AQShning Indiana shtati universitetida Biznes Boshqaruvi yoʻnalishidan bakalavr darajasini olgan.[3][22]
Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamol Xashoggi oʻz faoliyatini 1983-1984 yillarda Tihama kitob doʻkonlarida mintaqaviy menejer sifatida boshlagan.[23] Keyinchalik Saudiya gazetasida muxbir va 1985-1987-yillarda esa Okazda menejer yordamchisi sifatida ishlagan.[23] U 1987-yildan 1990-yilgacha turli kundalik va haftalik arab gazetalarida, jumladan, „Asharq al-Awsat“, "Al Majalla" va "Al Muslimoon" gazetalarida muxbir sifatida faoliyatini davom ettirdi.[3][23] U, shuningdek, Saudiya Arabistoni razvedka boshqarmasida xizmat qilgan va ehtimol, Afgʻonistonga Sovet qoʻshinlari bostirib kirishi paytida Qoʻshma Shtatlar bilan birga ishlagan.[24]

Xashoggi 1991-yilda "Al Madina" gazetasining bosh muharriri va bosh muharriri vazifasini bajaruvchi boʻldi va uning bu lavozimdagi faoliyati 1999-yilgacha davom etgan.[23] Bu davrda Afgʻoniston, Jazoir, Quvayt, Sudan va Yaqin Sharq kabi mamlakatlarda xorijiy muxbir boʻlgan. [3] Keyin u Arab News bosh muharriri oʻrinbosari etib tayinlandi va u yerda 1999-yildan 200-yilgacha ushbu lavozimda ishlagan.[26]
Siyosiy qarashlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xashoggi 2018-yilning 3-aprel kuni "Post" ruknida, Saudiya Arabistoni „hukumat qattiq vahhobiylik anʼanalarini cheklab qoʻygan 1979-yildan oldingi holatga qaytishi kerak“, deb yozgan edi. Bugungi kunda ayollar erkaklar bilan bir xil huquqlarga ega boʻlishi kerak. Shuningdek, barcha fuqarolar qamoqdan qoʻrqmasdan oʻz fikrini aytish huquqiga ega boʻlishi kerak" [27] hamda, u Saudiya Arabistoni „ dunyoviylik va islomni oʻz ichiga oladigan biror yoʻlni topishi kerak, huddi Turkiyada boʻlgani kabi“ degan fikrlarni bildirgan.[28] Oʻlimidan soʻng (2018-yil 17-oktabr), "Arab dunyosiga eng koʻp kerak boʻlgan narsa bu fikr erkinligi " deb nomlangan maqolasida Xashoggi " Arab bahori " davrida arab dunyosi matbuot erkinligiga boʻlgan umidlari va milliy hukumatdan mustaqil boʻlgan arab dunyosi matbuot erkinligiga erishishi, rivojlanishi va „arab dunyosidagi oddiy odamlar oʻz jamiyatlari duch keladigan tarkibiy muammolarni hal qila olishlari kerak“ kerak degan firklarni bildirgan.
Xabarda, Xashoggi Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Qatarga qarshi blokadani,[29] Saudiya Arabistonining Livan[30] va Kanada bilan diplomatik nizolari,[31] hamda Qirollikning norozilik va ommaviy axborot vositalarini taʼqib qilishinishini tanqid qilgan.[32] Xashoggi valiahd Shahzodaning baʼzi islohotlarini qoʻllab-quvvatladi, misol uchun ayollarga mashina haydashga ruxsat berilishi,[33] ammo u Saudiya Arabistonini „Top 100 eng kuchli Arab ayollari 2015“ roʻyxatida uchinchi oʻrinni egallagan Lujain al-Xatloul, Eman Al-Nafjan, Aziza Al-Yusuf, va boshqa bir qancha ayollar huquqlari himoyachilari, ayollarni mashina haydash harakati va erkaklarga qarshi vasiylik kampaniyasida ishtirok etigan bir qancha ayollarni hibsga olishini qoraladi.[29]
Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Saudiya Arabistonida inson huquqlari buzillishi:
- Malika Javoher, Sahar, Hala va Maha – Saudiya Arabistoni malikalari uy qamogʻida
- Shayx Boqir an-Nimr – Qatifda tartibsizliklarni boshlagani uchun qatl etilgan dissident ruhoniy
- Saudiya Arabistonining Yamanga aralashuvi
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Kirkpatrick, David D.. „'Tell your boss': Recording is seen to link Saudi crown prince more strongly to Khashoggi killing“. The New York Times (12-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2018-yil.
- ↑ „Jamal Khashoggi: An unauthorized Turkey source says journalist was murdered in Saudi consulate“. BBC News (7-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2018-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Speakers“. International Public Relations Association – Gulf Chapter (IPRA-GC) (2012). 11-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-may 2012-yil.
- ↑ „Khashoggi Was No Critic of Saudi Regime“ (15-oktyabr 2018-yil). 29-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-mart 2019-yil.
- ↑ Hendley, Paul. „Saudi newspaper head resigns after run-in with conservatives“. Al Hdhod (17-may 2010-yil). Qaraldi: 11-oktyabr 2018-yil.
- ↑ „Saudi Arabia wasn't always this repressive. Now it's unbearable.“. The Washington Post. Qaraldi: 7-oktyabr 2018-yil.
- ↑ „Jamal Khashoggi: An unauthorized Turkey source says journalist was murdered in Saudi consulate“. BBC News (7-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 7-oktyabr 2018-yil.
- ↑ „Turkey says journalist Khashoggi 'killed at Saudi consulate'“. France 24 (7-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 7-oktyabr 2018-yil.
- ↑ Batrawy, Aya. „Saudi Arabia again changes its story on Khashoggi killing“. AP NEWS (25-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2018-yil.
- ↑ Stancati, Margherita. „Saudi Arabia Says Evidence Points to Premeditated Killing of Khashoggi“. The Wall Street Journal (25-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2018-yil.
- ↑ Shane Harris. „CIA concludes Saudi crown prince ordered Jamal Khashoggi's assassination“. The Washington Post (16-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2018-yil.
- ↑ Schmitt, Eric. „Saudi Prince 'Complicit' in Khashoggi's Murder, Senators Say After C.I.A. Briefing“. The New York Times (4-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2018-yil.
- ↑ Haag. „Time Names Person of the Year for 2018: Jamal Khashoggi and Other Journalists“. The New York Times (11-dekabr 2018-yil). 11-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-dekabr 2018-yil.
- ↑ „Time Person of the Year: 'The Guardians and the War on Truth' - CNN“. CNN. 11-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-dekabr 2018-yil.
- ↑ „Time Person of the Year is 'The Guardians' in 2018, including slain journalist Jamal Khashoggi - the Washington Post“. The Washington Post. Qaraldi: 11-dekabr 2018-yil.
- ↑ Black, Ian. „Jamal Khashoggi obituary“. The Guardian (19-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 13-oktyabr 2019-yil.
- ↑ Rugman, Jonathan. The killing in the consulate : investigating the life and death of Jamal Khashoggi, London, October 2019. ISBN 978-1-4711-8475-8. OCLC 1121616425.
- ↑ Kessler, Ronald (1987), Khashoggi: the rise and fall of the world's richest man, Corgi, 41-bet, ISBN 978-0552130608
- ↑ Hubbard, Ben. „For Khashoggi, a tangled mix of royal service and Islamist sympathies“. The New York Times (11-sentyabr 2001-yil). Qaraldi: 27-oktyabr 2018-yil.
- ↑ Smith, Gina. „Donald Trump once bought a $200M yacht from Jamal Khashoggi's famed arms dealer uncle“. Qaraldi: 14-oktyabr 2018-yil.
- ↑ Ant, Onur. „Khashoggi's Name Runs Through Middle East History“. Bloomberg L.P. (17-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 19-iyun 2019-yil.
- ↑ „Jamal Khashoggi“. someconference.com. 11-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-may 2012-yil.
- ↑ 23,0 23,1 23,2 23,3 „Jamal Khashoggi“. World Economic Forum. 18-oktyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-iyul 2012-yil.
- ↑ „Saudi Al Watan editor sacked for the second time“. Saudi Information Agency. 6-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-may 2012-yil.
- ↑ „Mohammed bin Salman's Saudi Arabia: A Deeper Look“. Flickr. Qaraldi: 24-oktyabr 2018-yil.
- ↑ „Q & A with Al Watan's Jamal Khashoggi“. Asharq Alawsat (25-aprel 2007-yil). Qaraldi: 5-aprel 2013-yil.
- ↑ „Read Jamal Khashoggi's columns for The Washington Post“. The Washington Post (6-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 13-oktyabr 2018-yil.
- ↑ Bergen, Peter. „Jamal Khashoggi was a journalist, not a jihadist“. CNN (22-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 22-oktyabr 2018-yil.
- ↑ 29,0 29,1 „Read Jamal Khashoggi's columns for The Washington Post“. The Washington Post (6-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 13-oktyabr 2018-yil.
- ↑ Khashoggi, Jamal. „Saudi Arabia is creating a total mess in Lebanon“. The Washington Post (13-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 24-oktyabr 2018-yil.
- ↑ Khashoggi, Jamal. „Saudi Arabia cannot afford to pick fights with Canada“. The Washington Post (7-avgust 2018-yil). Qaraldi: 24-oktyabr 2018-yil.
- ↑ „Turkish police believe Khashoggi killed inside Saudi consulate“. Al Jazeera (7-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 11-oktyabr 2018-yil.
- ↑ Ignatius, David. „Jamal Khashoggi's long road to the doors of the Saudi consulate“. The Washington Post (12-oktyabr 2018-yil). Qaraldi: 25-oktyabr 2018-yil.