Jabal makoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jabal makonimezolit, neolit va jez davri (mil. av. 7—2-ming yilliklar)ga oid makon. Turkmanistondagi Katta Bolxon togʻlarida, TurkmanboshiAshxobod t. y.dagi Jabal st-yasidan 3,5–4 km sharqdagi gʻorda joylashgan. Gʻor ikki tarmoqsan iborat boʻlib, ogʻzi jan.ga qaragan, kengligi 9 m, chuq. 7,5 m, bal. 4 m. 1949—50 yillarda A. P. Okladnikov tomonidan oʻrganilgan. J. m.ning madaniy qatlami 3 m qalinlikka ega. J. m.ning pastki 6-madaniy qatlamida oʻrta tosh davriga, keyingi qatlamlaridan neolit va jez davriga oid chaqmoqtoshdan ishlangan qirgʻich, paykon va koʻplab chaqmoqtosh chiqindilari, jayran, yovvoyi echki, baliq va b. hayvonlarning suyak qoldiqlari, sopol idishlar topilgan. Bu narsalar xoʻjalik hayotida ovchilik, baliqchilik va terimchilik asosiy oʻrinni egallaganini koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil