Togʻ echkilari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yovvoyi echkilardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Tog%CA%BB echkilari
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Togʻ echkilari (Capra) - quvush shoxli juft tuyoqlilar urugʻi. Gavdasining uz. 100—170 sm, yagʻrinidan bal. 65—115 sm, vazni 35—150 kg . Serkasi (erkagi) uzun "soqoli" va dumi ostida hid bezlari rivojlangan. 8 turi bor. Shim. Afrika, Yevrosiyoda, jumladan, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibir togʻlarida tarqalgan. Chiqish qiyin boʻlgan qoyali joylarda yashaydi. Oʻzbekiston togʻlarida 2 turi: burama shoxli echki, yaʼni morxoʻr (Koʻhitang va Bobotogʻda) va Sibir togʻ echkisi (Turkiston va Chatqol togʻ tizmalarida) uchraydi. Yilda 1—2 bola tugʻadi. 15—17 yil yashaydi. Goʻshti va terisi uchun ovlangan. 2 turi ham Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Soni keskin kamayib ketgan. Tabiatni muhofaza qilish xalqj aro tashkiloti Qizil kitobiga 2 turi va 2 kenja turi kiritilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Togʻ echkilari" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil