Kontent qismiga oʻtish

Ivan Šapina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivan Šapina
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya
Tavallud sanasi 17-noyabr 1999-yil (1999-11-17) (24 yosh)
Sport
Qaysi sport Taekvondo

Ivan Šapina (1999-yil 17-noyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik taekvondochi . Erkaklar oʻrtasidagi 87 kilogromm vazn toifasida ikki karra jahon chempionati sovrindori. Taekvondo boʻyicha ikki karra Yevropa chempioni.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha jahon chempionatida Šapina oʻrta vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan. 2021-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatining 87 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[1].

Šapina 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan yozgi olimpiya oʻyinlarida Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan[2]. Erkaklar oʻrtasidagi +80 kilogramm vazn toifasidagi musobaqada ishtirok etgan. Ikkinchi davrada Xitoylik taekvondochi Sun Hongyiga magʻlub boʻlgan va olimpiadani tark etgan[3].

Jazoirning Oran shahrida oʻtkazilgan 2022-yilda boʻlib oʻtgan Oʻrta Yer dengizi oʻyinlarida taekvondoning 80+ kilogramm vazn toifasida musobaqada ishtirok etib, chempionlikni qoʻlga kiritgan[4].

2023-yilda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha jahon chempionatining oʻrta vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan[5].

2023-yilning oktyabr oyida Xitoyning Tayyuan shahrida boʻlib oʻtgan Grand-pri turnirida 87 kg vazn toifasida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Birinchi davrada eronlik Emami Mohammadi, ikkinchi davrada xitoylik Mingxuan Meng va uchinchi davrada Livanlik Rahyni magʻlub etgan. Yarim finalda Nikita Rafalovich bilan bahs olib borgan va raundlar boʻyicha 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan[6].

2024-yilning may oyida Ivan Šapina Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida qatnashgan. Mazkur musobaqada amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. Ammo chempionlikni himoya qila olmagan. Dastlabki davradayoq norvegiyalik sportchiga magʻlub, boʻlib musobaqani tark etgan[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Houston, Michael. „Walkden and McGowan triumph on golden last day of European Taekwondo Championships for Britain“. InsideTheGames.biz (2021-yil 11-aprel). Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
  2. Rogulj, Daniel. „Wrestler Ivan Huklek and Taekwondo Fighter Ivan Šapina Join Croatia Olympic Team!“. Total Croatia News (2021-yil 12-may). Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  3. „Taekwondo Results Book“. Tokyo 2020 Olympics. Tokyo Organising Committee of the Olympic and Paralympic Games. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  4. „Taekwondo Results Book“. 2022 Mediterranean Games. 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-iyul.
  5. Burke, Patrick. „Dramatic final makes Dinçel one of three winners at World Taekwondo Championships“. InsideTheGames.biz (2023-yil 31-may). Qaraldi: 2023-yil 31-may.
  6. Bauer, Dean „Ivan Šapina uzeo broncu u Kini, mlada Nika Karabatić bila na korak do prvog Grand Prix odličja u karijeri“ (xorvatcha) (2023-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
  7. „Hrvatska drugog dana EP-a u taekwondou ostala bez medalje“ (xorvatcha) (2025-yil 10-may). Qaraldi: 2025-yil 27-may.