Ismoil Berdiyev
Ismoil Berdiyev | |
---|---|
qorachoy-bolqorcha: Бердилени Алиини джашы Исмаил-хаджи | |
Tavalludi |
1954-yil 27-fevral Beliye Vodi, Sayram tumani, Qozogʻiston SSR |
Vafoti | 5-avgust 2024[1] |
Fuqaroligi | Sovet Ittifoqi |
Taʼlimi | Mir Arab madrasasi, Toshkent islom instituti, Al-Azhar |
Kasbi | muftiy |
Ismoil Aliyevich Berdiyev (qorachoy-bolqorcha: Бердилени Алиини джашы Исмаил-хаджи) — muftiy, Qorachay-Cherkes respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, Shimoliy Kavkaz musulmonlarini muvofiqlashtirish markazi raisi, Rossiya prezidenti huzuridagi diniy birlashmalar bilan hamkorlik kengashi aʼzosi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Millati — qorachoy. 1954-yil 27-fevralda Qozogʻiston SSR Sayram tumanidagi Beliye Vodi qishlogʻida tugʻilgan, 1943-yilda ota-onasi boshqa qorachaylar kabi surgun qilingan. 1957-yildaoilasi bilan vataniga qaytgan va bu yerda oʻrta maktabni tamomlagan. Buxorodagi Miri Arab madrasasini va Toshkentdagi Islom institutini tugatgan. Qohiradagi (Misr) Al-Azhar universitetida tahsil olgan.
1989-yilda Stavropol oʻlkasi musulmonlari qoziyatining raisi etib saylangan. 1991-yildan Qorachay-Cherkes Respublikasi va Stavropol o'lkasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi. 2010-yildan Qorachay-Cherkes respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi (Stavropol oʻlkasi musulmonlari diniy boshqarmasi tuziladi).
2003-yilda Shimoliy Kavkaz musulmonlarini muvofiqlashtirish markazining Moskvada boʻlib oʻtgan yigʻilishida yangi raisi etib saylanadi.
2004-yildan beri Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Diniy birlashmalar bilan hamkorlik boʻyicha kengash aʼzosi[2].
2016-yil avgust oyida „barcha ayollarni sunnat qilish“ tarafdori boʻlgan va ushbu soʻzlari Internetda koʻpchilikning gʻazabiga sabab boʻlgan. Garchi koʻpchilik buni jiddiy qabul qilgan boʻlsada, u hazil qilganini bildirgan[3]. 2016-yil oxirida anti-mukofot bilan taqdirlanib, „Yil seksisti“[4] deb topilgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uylangan, ikki qizning otasi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shon-sharaf ordeni (2016-yil 15-fevral) — maʼnaviy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi, faol maʼrifiy faoliyati uchun[5];
Doʻstlik ordeni (2004-yil 11-avgust) — maʼnaviy madaniyatni rivojlantirish va xalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun; Rossiya Federatsiyasi Prezidentining minnatdorchiligi (2009yil 22-iyun) — xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun;
„Doʻstlik“ ordeni (Ozarbayjon, 2019-yil 28-fevral) — Ozarbayjon va Rossiya xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini mustahkamlash sohasidagi koʻp yillik samarali faoliyati uchun[6];
Axmat Qodirov ordeni (Checheniston, 2008-yil 8-yanvar ) — Shimoliy Kavkazda davlatchilikni rivojlantirish, tinchlik, xalqlar va konfessiyalar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlash, xalqlarning maʼnaviy-axloqiy tiklanishiga hissa qoʻshadigan faoliyati uchun[7][8];
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title) — Islam.ru.
- ↑ Rasporyajenie Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 7 fevralya 2004 goda № 47-rp „O Sovete po vzaimodeystviyu s religioznimi obʼedineniyami pri Prezidente Rossiyskoy Federatsii“
- ↑ „«Я пошутил»: муфтий Бердиев окончательно отказался от идеи женского обрезания. Он сделал это после поднявшегося скандала и угрозы уголовного преследования“. 2016-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
- ↑ „Муфтий Карачаево-Черкесии Исмаил Бердиев стал лауреатом антипремии «Сексист года»“. Кавказский узел (2017-yil 12-mart). 2018-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-may.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 15 февраля 2016 года № 59 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2016-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-mart.
- ↑ Rasporyajenie Prezidenta Azerbaydjanskoy Respubliki o nagrajdenii I. A. Berdieva ordenom „Dostlug“ ot 28 fevralya 2019 goda
- ↑ „Кадыров и Бердиев передали друг другу ордена“. 2014-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-yanvar.
- ↑ „Указ Президента Чеченской Республики от 8 января 2008 года № 1 «О награждении орденом Кадырова Бердиева И. А.»“. 2014-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-yanvar.