Iris kerneriana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iris kerneriana
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Oʻsimliklar
Tip: Yopiq urug'lilar
Sinf: Gulli o'simliklar
Turkum: Iris
Kenja turkum: Limniris
Turlari: Iris pseudacorus, Iris kerneriana, Iris sofarana
Binar nomi
Kerner Iris

Iris kerneriana — Iris turkumi, Limniris kenja turkumiga mansub oʻsimlik. U sariq gulli, kichik ildizpoyali koʻp yillik gul boʻlib, moʻtadil iqlimli mintaqalarda manzarali oʻsimlik sifatida keng oʻstiriladi. Kerner Iris nomi bilan tanilgan[1].

Taʼrifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iris kernerianani barglari nisbatan kattaroq boʻlgan boshqa tur — Iris halophila bilan adashtirishadi[2]. Gullarining rangi, gultojining shakli bilan ham ular oʻxshash[3]. Ildizpoyalari uzun va ingichka, sudraluvchi poyalar hosil qiladi[4]. Barglari ingichka, och yashil, yorqin rangli, uzunligi 30 sm gacha[5], kengligi 2-3 mm keladi[6]. Gulpoyasining uzunligi 20-45 smdan 55 smgacha oʻsadi[7][8]. Qancha uzun boʻlsa, gulpoyasi shunchalik shoxlanadi va 2-4 tagacha gul hosil qiladi[9]. Gullagandan keyingi poyasi keng, hoshiyali koʻrinishga oʻtadi. Gullari hushboʻy, bahorda va yozning boshida gul hosil qilib, maydan iyulgacha gullab turadi[10]. Ranglari koʻproq sariq (oltingugurt, limon, somon-sariq ranglarida) rangda[11]. Gullarning diametri 5-12 sm, gulbarglari soni 2 juft. Gul shakllari nayzasimon, sharsharasimon, poyaga egilib turadi[12].

Genetikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Irislarning kopchiligi diploid toʻplamli boʻlib, ikkita xromosomaga ega. Bu xususiyatidan duragaylarni aniqlash uchun foydalaniladi. Xromosoma formulasi: 2n=18. Bu 1963-yilda La Cour va Lenz tomonidan aniqlangan.

Biokimyoviy tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya hududidan 2011-yilda 3 turdagi mahalliy uchrovchi Iris turlari oʻrganilgan. Iris pseudacorus, Iris kerneriana va Iris sofarana turlari Beyşehr va Trabzondan toʻplangan va xususiyatlari oʻrganilgan. Iris kerneriana gullari tarkibida kesil asetat (14,7%), longipinen (10,8%), dekanoik kislota (10,6%), geptakozan (10,2%), geksadekanoik kislota (9,5%) va 6-metil-5-gepten-2-on (7,1%) borligi aniqlangan[13].

2013-yilda Iris turlaridagi kimyoviy birikmalarni aniqlashda uning poyalari tarkibida b-temir va trans-bionon-5,6-epoksid moddalari mavjudligi ham isbotlangan. Bu esa uning shifobaxsh xususiyatlarini ochib beradi[14].

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iris kerneriananing vatani Gʻarbiy Osiyoning moʻtadil mintaqalari hisoblanadi[15]. U Shimoliy Turkiya, sharqda Boludan Erzurumgacha, janubdan Kaz Dag va Anqaragacha hududlarda uchraydi. Amasya atrofidagi Direkli, Yassucal, Abacu qishloqlarida hamda Armanistonda ham topish mumkin. Yashash muhiti moʻtadil boʻlib, dengiz sathidan 300-2300 m balandlikdagi joylar, jumladan ochiq qaragʻay oʻrmonlari, quruq oʻtloqlar, butazorlarda oʻsadi[16].

Muhiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iris kerneriana neytral va biroz kislotali, oziq-moddalarga boy tuproqlarda yaxshi oʻsadi[17]. Tarkibi ohakli tuproqlarni hush koʻrmaydi. Quyoshsevar oʻsimlik. Bahorda oʻsadigan joyi atrofida suv koʻp boʻlishi, kuzdagi uyqu davrida esa kamroq sugʻorishni talab qiladi. Iris turlarini bogʻlarda yetishtirish qiyin, ular koʻpincha yoʻl chetlarida, toshli bogʻlarda ekiladi[18].

Koʻpayishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iris kerneriana poyasining boʻlishi yoki urugʻidan koʻpaytiriladi. Urugʻidan erta bahorda yoki kech qishda ekish yaxshi natija beradi. Urugʻlari unib chiqishi uchun nam sharoit talab qiladi. Urugʻlar bir necha oyda, uzoq vaqtda unib chiqadi[19].

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaharliligi

Iris turlarining koʻpchiligining ildizpoyalari va barglari zaharli hisoblanadi. Isteʼmol qilinganda oshqozon ogʻrigʻi va qayt qilishga sabab boʻladi. Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish terining tirnalishida allergik reaksiyalarga olib kelishi mumkin[20].

Foydaliligi

Turk xalq tabobatida irisning navruz hamda su¨sen deb nomlangan turlari ildizpoyalaridan siydik haydovchi, diuretik damlamalar tayyorlashda foydalaniladi[21].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Iris kerneriana Asch. & Sint. ex Baker is an accepted name“. theplantlist.org (The Plant List). 23 March 2013. Retrieved 4 February 2015.
  2. Phillips, Roger; Rix, Martyn (1991). Perennials Vol. 1. Pan Books Ltd. p. 188. ISBN 9780330327749.
  3. Dykes, William Rickatson (2009). „Handbook of Garden Irises“ (PDF). beardlessiris.org (The Group for Beardless Irises). Retrieved 1 November 2014.
  4. Austin, Claire (2005). Irises: A Gardener’s Encyclopedia. Timber Press, Incorporated. ISBN 978-0881927306. OL 8176432M.
  5. Cassidy, George E.; Linnegar, Sidney (1987). Growing Irises (Revised ed.). Bromley: Christopher Helm. p. 146. ISBN 978-0-88192-089-5.
  6. „Spuria Irises“. herbs2000. Retrieved 14 January 2015.
  7. Franco, Alain (20 April 2010). „(SPEC) Iris kerneriana Aschers. & Sint. ex Baker“. wiki.irises.org (American Iris Society). Retrieved 29 September 2014.
  8. „Iris kerneriana“. gardenaway.com. Archived from the original on 11 February 2015. Retrieved 9 February 2015.
  9. „Iris kerneriana“. rareplants.co.uk. Archived from the original on 11 February 2015. Retrieved 9 February 2015.
  10. „Iris kerneriana“. jardinsdugue.eu. Retrieved 9 February 2015.
  11. „Iris summary“ (PDF). pacificbulbsociety.org. 14 April 2014. Retrieved 23 November 2014.
  12. Stebbings, Geoff (1997). The Gardener’s Guide to Growing Irises. Newton Abbot: David and Charles. p. 61. ISBN 978-0715305393.
  13. Başera, Kemal H. C.; Demircia, Betül; Orhanb, Ilkay Erdogan; Kartalc, Murat; Sekeroglud, Nazim; Senerb, Bilge (2011). „Composition of Volatiles from Three Iris Species of Turkey“. Journal of Essential Oil Research. 23 (4): 66-71. doi:10.1080/10412905.2011.9700471. S2CID 98535404.
  14. Kukula-Koch, Wirginia; Sieniawska, Elwira; Widelski, Jarosław; Urjin, Otgonbataar; Głowniak, Paweł; Skalicka-Woźniak, Krystyna (2013). „Major secondary metaboloities of Iris spp“. Phytochemistry Reviews, Fundamentals and Perspectives of Natural Products Research. 12 (4): 51-80. doi:10.1007/s11101-013-9333-1. S2CID 18313192. Retrieved 9 February 2015.
  15. „Iris kerneriana“. Germplasm Resources Information Network. Agricultural Research Service, United States Department of Agriculture. Retrieved 9 February 2015.
  16. „Iris kerneriana“. rareplants.co.uk. Archived from the original on 11 February 2015. Retrieved 9 February 2015.
  17. Iris kerneriana“. davesgarden.com. Retrieved 9 February 2015.
  18. „Iris kerneriana“. rareplants.co.uk. Archived from the original on 11 February 2015. Retrieved 9 February 2015.
  19. „Iridaceae Iris kerneriana Asch. & Sint. ex Baker“. ipni.org (International Plant Names Index). Retrieved 9 February 2015.
  20. „Iris kerneriana“. davesgarden.com. Retrieved 9 February 2015.
  21. Kukula-Koch, Wirginia; Sieniawska, Elwira; Widelski, Jarosław; Urjin, Otgonbataar; Głowniak, Paweł; Skalicka-Woźniak, Krystyna (2013). „Major secondary metaboloities of Iris spp“. Phytochemistry Reviews, Fundamentals and Perspectives of Natural Products Research. 12 (4): 51-80. doi:10.1007/s11101-013-9333-1. S2CID 18313192. Retrieved 9 February 2015.