Diploid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Diploid (diploos — ikkilangan va eidos — koʻrinish) — ikkita gomologik xromosomalar toʻplamiga ega boʻlgan hujayralar. "D." termini 1905 y.da nemis botanigi E. Strasburger tomonidan taklif etilgan. D. ikkita gaploid gametalarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Koʻpchilik hayvonlar va yuksak oʻsimliklarda D. hayotiy siklning asosiy fazasi (diplofaza, sporofit) hisoblansa, baʼzi bir hujayralilarda faqat zigota diploid boʻladi. Diploidlik evolyusion jarayonda gaploid organizmlar asosida paydo boʻlgan va gaploidlarga nisbatan bir qator ustunlikka ega boʻlganligi tufayli saqlanib qolganligi taxmin qilinadi. D.da va retsessiv mutatsiyalar geterozigota holatida namoyon boʻla olmaganligi sababli populyasiyalarda yashirin holatda sakdanib qoladi. Shu tufayli genotipik oʻzgaruvchanlik toʻplanib boradi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil