Igor Giorgadze
Igor Panteleymonovich Giorgadze (Georgadze) | |
Gruziya Respublikasi Davlat xavfsizlik vaziri | |
---|---|
Mansab davri 1993-yil 12-oktyabr – 1995-yil 2-sentyabr | |
Avvalgisi | Irakliy Batiashvili |
Keyingisi | Shota Kviraya |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
gruzincha: იგორ გიორგაძე 23-iyun 1950-yil Zaysan, Sharqiy Qozogʻiston viloyati, Qozoq SSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | „Samartlianoba“ („Adolat“) |
Otasi | Panteleymon Georgadze |
Taʼlim | SSSR KGB Oliy maktabi |
Kasbi | yurist |
Qoʻshin turi | SSSR KGB |
Unvoni | |
Mukofotlari | |
Janglar | Afgʻon urushi (1979—1989), Gruziya fuqarolar urushi, Janubiy Osetiya urushi, Abxaziya urushi |
Igor Panteleymonovich Giorgadze (Georgadze) (gruzincha: იგორ პანტელეიმონის ძე გიორგაძე) — gruziyalik siyosatchi, sovet va gruziyalik faxriy maxsus xizmat xodimi. Gruziya SSR sobiq KGB zobiti (1973—1991) va Gruziya davlat xavfsizlik vaziri (1993—1995), general-leytenant. Hozirda u „Samartlianoba“ („Adolat“) partiyasining yetakchisi.
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1950-yil 23-iyunda SSSR va Xitoy chegarasida joylashgan Zaysan shahrida (Sharqiy Qozogʻiston viloyati) chegara ofitseri oilasida tugʻilgan. Otasi Panteleymon Ivanovich Georgadze (1925—2009), millati gruzin, general, soʻnggi sovet hukumatining SSSR Qurolli Kuchlarining Transkavkaz chegara okrugi qoʻmondoni birinchi oʻrinbosari. Gruziya mustaqil boʻlganidan keyin P. I. Giorgadze 1992-yildan Gruziya birlashgan kommunistik partiyasi rahbari sifatida tanilgan. Onasi Valentina Ivanovna (1929—2012), millati rus, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.
Igor Gruziyada tarbiyalangan. 1967-yilda oʻrta maktabni tugatgan, shuningdek, skripka boʻyicha musiqiy taʼlim olgan.
1973-yilda Moskvadagi SSSR KGB Oliy maktabini tamomlagan va chet tillarini bilgan holda huquqshunoslik diplomini olgan. Igor gruzin, rus, turk, fransuz tillarini mukammal biladi, serb-xorvat va ozarbayjon tillarida soʻzlasha oladi[1][2].
1973—1991-yillarda Gruziya SSR KGB xodimi. 1980—1981-yillarda SSSR KGB „Kaskad“ maxsus kuchlari otryadi tarkibida Afgʻonistondagi (Qandahorda) tezkor jangovar operatsiyalarda qatnashgan. Igor Giorgadze SSSRning 15 ta hukumat mukofotlari, shu jumladan „Jangovar xizmatlari uchun“ medali, „Davlat xavfsizligi faxriy xodimi“ unvoni bilan taqdirlangan.
1993-yilda Gruziya Respublikasi Davlat xavfsizlik vaziri etib tayinlangan. Bu lavozimda Rossiya, shuningdek, AQSh, Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon, Ukraina, Janubiy Afrika va boshqa mamlakatlar razvedka xizmatlari bilan faol aloqalarni rivojlantirdi. Bu davrda u xorijlik hamkasblari, nufuzli siyosatchilar va hukumat amaldorlari[3] bilan aloqalar oʻrnatdi.
1994-yil boshidan Giorgadze va oʻsha paytda Gruziya Davlat kengashini boshqargan hmada uning rahbari boʻlgan Eduard Shevardnadze oʻrtasidagi siyosiy tafovutlar yaqqol koʻzga tashlandi. Shevardnadze ochiq va faol ravishda Rossiya bilan qarama-qarshilik hamda Gruziyaning NATOga qoʻshilishi yoʻlini boshladi. Giorgadzening intervyusiga koʻra, Shevardnadze Gruziya Amerika Qoʻshma Shtatlari uchun Kavkazortida „ikkinchi Isroil“ga aylanishi kerak, Igor Giorgadze esa Gruziyaning qoʻshilmaslik maqomini qoʻllab-quvvatlagan va Gruziya „Kavkaz Shveytsariyasi“ boʻlishi kerak, deb hisoblagan.
1995- yil 29-avgustda nomaʼlum shaxslar tomonidan Shevardnadzega uyushtirilgan suiqasddan soʻng Giorgadze oʻz lavozimidan ozod qilindi va Moskvaga joʻnab ketdi. 1995-yil oktyabr oyida uning Rossiya matbuotida Shevardnadzega „ochiq xat“ eʼlon qilindi (maqola „Mehribon diktator“ deb nomlangan), unda Shevardnadzeni poraxoʻr amaldor deb qoralaydi va uni 1992-yil avgustida Abxaziyada urush boshlaganlikda aybladi. Ushbu nashrdan keyin Gruziya prokuraturasi Giorgadzeni Shevardnadzening ish qarorgohi hovlisida avtomobil portlashi va uning hayotiga suiqasd qilishda ishtirok etgani uchun xalqaro qidiruvga berdi.
Gruziyada „asr sudi“ deb eʼlon qilingan Shevardnadzega suiqasd boʻyicha sud jarayoni 1997—1998-yillarda boʻlib oʻtgan, unda 168 jabrlanuvchi, 14 sudlanuvchi va 365 guvoh soʻroq qilingan. Sud jarayonida, Giorgadzening soʻzlariga koʻra, uning Shevardnadzega suiqasdga aloqadorligi toʻgʻrisida birorta ham ashyoviy dalil taqdim etilmagan[3]. Shunga qaramay, Gruziya prokuraturasi Giorgadzeni Interpol orqali xalqaro qidiruvga bergan.
2003—2012-yillarda Giorgadze, „Adolat“ partiyasi aʼzolari va ularning tarafdorlari Saakashvili rejimi bilan siyosiy kurash olib borgan. 2006-yil oʻrtalariga kelib Giorgadze tarafdorlari allaqachon 10 ming kishilik norozilik mitingini qilishib, muhim muxolifat kuchiga aylanishdi[4][5].
2006-yilning fevralida Giorgadze Gruziyada Saakashvili qarshi muxolifat tuzilganini eʼlon qildi[6].
2006-yil 24-may kuni Moskvada matbuot anjumani uyushtiradi, biroq Rossiya hukumati tomonidan terrorizmda ayblanib qidiruvga berilgan Giorgadzening Rossiya hududida ekanligi rasman tan olinmagan.
2006-yil 6-sentyabr kuni soat 05:00 da Gruziya xavfsizlik kuchlari „Adolat“ partiyasining 30 nafar yetakchisini qoʻlga olish boʻyicha keng koʻlamli maxsus operatsiya oʻtkazdi, ulardan 13 nafari keyinchalik harbiy yoʻl bilan davlat toʻntarishiga tayyorgarlik koʻrganlikda ayblanib, sudlangan. Bular Giorgadzening yaqin qarindoshi, uch nafar voyaga etmagan farzandning yolgʻiz onasi Maya Topuriya. Hibsga olinganlardan yana biri, „AntiSoros“ harakati yetakchisi Maya Nikoleishvili „Adolat“ partiyasi rahbariyatini davlat toʻntarishiga tayyorgarlik borasida ayblab, aybiga iqror boʻlgan koʻrsatma beradi. Guvohlikdan keyingi kun Nikoleishvili 10 ming lari (taxminan 5 ming AQSh dollari) garov evaziga ozod qilindi. Sud Giorgadzening 13 nafar tarafdorini hukumatni qurolli agʻdarishga urinishda aybdor deb topadi va ular 2 yildan 8,5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qiliadi.
2016-yil mart oyida Interpol Bosh kotibiyati Giorgadzening 21 yil davomida siyosiy sabablarga koʻra „noqonuniy“ jinoiy javobgarlikka tortilganligi haqidagi advokatlari tomonidan taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqdi va Giorgadzega nisbatan xalqaro qidiruvni bekor qilishga qaror qiladi, bu haqda Interpolga aʼzo 190 ta davlat xabardor qilinadi[7].
Hozirda Gruziyada Giorgadzening vataniga qaytishi masalasini qonuniy hal etish maqsadida uning advokatlari tashabbusi bilan Gruziyada sirtdan sud jarayoni davom etmoqda.
Siyosiy muhojirlikning butun davri davomida Giorgadze yashirinishga majbur boʻlgan 8 ta davlatning birortasining fuqaroligini qabul qilmagan. Ayni paytda Giorgadze Gruziya fuqarosi boʻlib qolmoqda va Moskvadagi „Gruziya chet elda“ mintaqaviy ijtimoiy harakatini boshqaradi[8].
Oila
[tahrir | manbasini tahrirlash]Igor Giorgadze uylangan, oʻgʻil va qizi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Александр Иашвили. Михаил Саакашвили зачистил оппозицию . — Известия, 06.09.2006
- ↑ Игорь Гиоргадзе: шпион с севера . — NEWSru.com, 24.05.2006
- ↑ 3,0 3,1 Anna Kutepova. Kto nachal voynu v Abxazii i zakazal ubiystvo Gamsaxurdia. – Novaya gazeta, 03.11.1998
- ↑ „В Тбилиси прошел десятитысячный митинг - Газета.Ru“. 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-oktyabr.
- ↑ Владимир Новиков. Россия зовет Игоря Гиоргадзе в убежище . — Коммерсант, 24.05.2006
- ↑ „Lenta.ru Гиоргадзе, Игорь. Оппозиционный грузинский политик, обвиняемый Тбилиси в государственной измене“. 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Интерпол прекратил розыск Игоря Гиоргадзе — Тбилиси растерян — Новости политики, Новости Большого Кавказа — EADaily“. 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Грузии необходим свой Нюренбергский процесс | Молодая Гвардия“ (deadlink). 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-oktyabr.
- 23-iyunda tugʻilganlar
- 1950-yilda tugʻilganlar
- General-leytenantlar (SSSR)
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari
- SSSR Qurolli Kuchlarining 50 yilligi yubiley medali sohiblari
- SSSR Qurolli Kuchlarining 60 yilligi yubiley medali sohiblari
- SSSR Qurolli Kuchlarining 70 yilligi yubiley medali sohiblari
- Sovet militsiyasining 50 yilligi yubiley medali sohiblari
- I darajali Aʻlo xizmatlari uchun medali
- II darajali Aʻlo xizmatlari uchun medali
- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari
- Maxsus xizmatlar rahbarlari
- Sovet—Afgʻon urushi odamlari
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Yashayotgan insonlar