Idil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Atil xaritada

Idil yoki Itil, Atil810-asrlarda Xazar xoqonligining poytaxti. Hoz. Astraxon shahardan yuqorida, Edil daryosining har ikkala qirgʻogʻida va kichik orolda joylashgan. Idilda xazarlar, turklar, slavyanlar, yahudiylar yashagan. Aholisi chorvachilik, dehqonchilik, baliqchilik, hunarmandchilik va savdo bilan shugʻullangan. Idilda xoqon saroyi, ibodatxonalar, maktablar, hammomlar va bozorlar boʻlgan. Turar joylari chaylalar, kigiz oʻtovlar va yertoʻlalardan iborat boʻlgan. 965 yilda Kiyev knyazi Svyatoslav I Igorevich tomonidan vayronaga aylantirilgan. [1]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil