Svyatoslav I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Svyatoslav I (? 972) - Kiyevning ulugʻ knyazi. Knyaz Igorning oʻgʻli. 964 yildan boshlab Kiyevdan Oka, Volga boʻyi, Shim. Kavkaz va Bolqon ya.o.ga yurishlar qilgan; vyatichlarni xazarlar hukmronligidan ozod etgan, Volga Bulgoriyasi bilan urushgan, Xazar xoqonligini tormor keltirgan (965), 967 y. Bolgariya bilan Dunay boʻyiga egalik qilish uchun kurashgan. Vengerlar, bolgarlar va boshqa bilan ittifoq boʻlib, Rus—Vizantiya urushini olib borgan (970—971). Kiyev davlatining tashqi siyosiy ahvolini mustahkamlagan. Dnepr ostonalarida bijanaklar tomonidan oʻldirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil