Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim as-Sonjaniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibrohim as-Sonjaniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 908-yil (hijriy 295-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi imom

(Abu Isʼhoq) Ibrohim ibn Muʼaqqal ibn al-Hajjoj ibn Xidosh ibn Xudayh as-Sonjaniy an-Nasafiy (hijriy 295-yil (milodiy 908-yil)da vafot etgan) — mashhur imom. Ilm talabida Hijoz, Iroq, Shom va Misrga safar qilgan. Nasaf ahlining imomi va qozisi bo‘lgan. Fiqh va hadisni yaxshi biluvchi ulug‘ imom bo‘lgan. Hadislarni tasnif qilishda mashhur bo‘lgan. „Kitobu-t-tafsir“ („Tafsir kitobi“), „Kitobu-l-musnad“(„Musnad kitobi“) va boshqa asarlar yaratgan. Imom Buxoriyningal-Jomiʼ as-sahiyh“ („Ishonchli to‘plam“) asaridan rivoyat qilgan. U o‘sha kitobdan rivoyat qilgan so‘nggi olimlardan bo‘lgan. U ulamolardan, undan esa boshqalar rivoyat qilganlar[1].

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 82 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.