IKEA
![]() | |
Janr | Chakana savdo, Yogʻochni qayta ishlash |
---|---|
Joylashuvi | Leiden |
Rahbarlari |
Ingvar Kamprad, Asoschi Anders Dahlvig, Prezident Hans Gydell, Prezident |
Daromad |
US$28.6 miliard ![]() |
Ishchilar soni | 104,000 (2006) |
Vebsayti | www.ikea.com |
IKEA - Shvetsiya kompaniyasi, mebel va uy jihozlari sotish boʻyicha dunyodagi eng yirik savdo markazlariga ega boʻlgan kompaniyalardan biri hisoblanadi.Toʻliq nomlanishi – IKEA International Group. Kompaniya bosh ofisi – Leyden shahri, Gollandiya(Niderlandiya) provinsiyasida joylashgan[2].
Tarix:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniya ildizlari Shvetsiyaga borib taqaladi va Shvetsiya imidjini saqlashga harakat qiladi marketing siyosati maqsadida. 1943-yil Ingvar Kamprad kompaniyaga asos solgan.Mebel kompaniya maxsulotlar asortimentiga 1947-yildagina qoʻshiladi. 1955-yildan boshlab “IKEA” oʻz hususiy markasi ostida mebel ishlab chiqishni boshlaydi. Boshida Kamprad mahsulotlarni oʻz uyi va pochtadan sotishni boshlaydi,1958-yilga kelib esa birinchi savdo markazi ochiladi. IKEA atamasi “Ingvar Kamprad Elmtaryd Agunnaryd” soʻzlari bosh harflari yigʻindisidan tashkil topgan,yani kompaniya asoschisi ismi sharifi va u yashagan ikki turar joy nomlari.
Boshqaruv:[tahrir | manbasini tahrirlash]
IKEA kompaniyasi Stichting Ingka Foundation niderlandiya fondiga tegishli.(gruppaning bosh kompaniyasi - Ingka Holding B. V, Gollandiya) Kompaniya prezidenti – Anders Dal`vig.2006-yil Forbes jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning eng boy shaxslari safiga kiradi. Ingvar Kamprad – kompaniya asoschisi va egasi, dunyoning eng boy shaxslari ichida toʻrtinchi oʻrinda, uning mulki $28 milliardni tashkil etadi.

Faoliyat turi:[tahrir | manbasini tahrirlash]
IKEA kompaniyasining asosiy faoliyati mebel ishlab chiqarish va sotish hisoblanadi.Ushbu mebelni hech kimning yordamisiz uyda terib olish mumkin.2006-yil maʼlumotlariga koʻra kompaniya 33 davlatda 229 ta savdo markazlariga ega. Savdo markazlarining asosiy qismi Evropada joylashgan.IKEA kataloglari bepul tarqatiladi, 2006-yilda 160 million nusha chop etilgan. Swedwood kompaniyasi(IKEA konserni) dunyoning 11 davlatida 30 dan ortiq mebel va yogʻochni qayta ishlash tashkilotlarga egalik qiladi.IKEA da ish bilan taʼminlangan ishchilar soni – 104 ming kishini tashkil etgan(2006yilda). Hoovers maʼlumotlariga koʻra IKEA ning 2005-yilgi oboroti $18 mlrdni tashkil etgan.
IKEA Rossiyada:[tahrir | manbasini tahrirlash]
IKEA ning Moskva dagi ilk savdo markazi 2000-yilda ochildi. 2002-yil dekabr oyida birinchi “Mega” (maydoni – 150 000 kv.m, investisiya hajmi - $200mln) ochilgan. 2007-yil fevral oyiga binoan Rossiyada IKEA ning 8 ta savdo markazlari (Moskvada – 3 ta, Sankt- Peterburgda –2 ta,Kazan,Nijniy Novgorod va Ekaterinburgda – 1tadan) faoliyat olib bormoqda.
Magazinlar roʻyhati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Moskva[tahrir | manbasini tahrirlash]
- IKEA Himki
- IKEA Tyopliy Stan`
- IKEA Belaya Dacha
Sankt-Peterburg[tahrir | manbasini tahrirlash]
- IKEA Dibenko ko`chasi (Sankt-Peterburg)
- IKEA Parnas
Boshqa shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- IKEA Kazan
- IKEA Ekaterinburg
- IKEA Nijniy Novgorod
Qurilayotgan magazinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- IKEA Samara — ochilishi 2007 yil ohirida
- IKEA Rostov-na-Donu — ochilishi 2007 yil ohirida
- IKEA Novosibirsk — 2007 yil 29 noyabrda ochilgan
- IKEA Adigeya
- IKEA Saratov — ochilishi 2008-2009
- IKEA Ufa — ochilishi 2008-2009
- IKEA Omsk — ochilishi 2008-2009
- IKEA Mitishi — ochilishi 2008-2009
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedfinancialtables
- ↑ IKEA qanday faoliyat olib boradi, archived from the original on 2006-08-20, https://web.archive.org/web/20060820214628/http://www.ikea-group.ikea.com/corporate/about_ikea/organized.html, qaraldi: 2007-11-20
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- IKEA - Rasmiy sayti
- IKEA US catalogue Arxivlandi 2007-10-27 Wayback Machine saytida. - IKEA AQSH kataloglari
- IKEA Australia catalogue - IKEA Avstraliya kataloglar sayti