Kontent qismiga oʻtish

Avrangzeb

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(I. Alemgir Şahdan yoʻnaltirildi)

Avrangzeb, Olamgir (asl ismi Muhyiddin Muhammad) (1618–1707-yil mart, Ahmadobod) – Hindiston podshosi (1658–1707), boburiylar sulolasidan, Shoh Jahonning uchinchi oʻgʻli, Zebunniso begimning otasi.

Aurangzeb Olamgir portreti, taxm. 1650-yil chizilgan.

Onasi – Mumtoz Mahal nomi bilan mashhur boʻlgan Arjumand Bonubegim. Avrangzeb inisi Murod-baxsh bilan ittifoq tuzib, Dehlida taxtni egallagan (1658). Avrangzeb podsholik yerlarini qoʻshni xonliklar – Bijapur va Golkonda hisobiga kengaytirdi (1686–87). Lekin soliqlarning koʻpayishi, hindlarning davlat ishlaridan uzoqlashtirilishi, butxonalar mol-mulkining musodara qilinishi, hindlar orasida islomni joriy ettirish jarayoni natijasida mamlakatda gʻalayonlar koʻtarilib turdi (Maharashtra, Panjob, Dehli – Agra viloyatlarida). Shivaji (1630–80) boshchiligidagi kurash natijasida Maharashtra alohida xonlik boʻlib ajraldi (1674). Avrangzebning hukmdorlik davrida Janubiy Hindiston bir necha xonliklarga boʻlinib ketdi. Bu esa Hindistonda boburiylar saltanatining yemirilishini boshlab berdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil