Hulkar Abdullayeva
Hulkar Abdullayeva | |
---|---|
Tavalludi |
1983-yil |
Janrlar | |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2000–hozirgacha |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Hulkar Abdullayeva (1983-yil Urganch, Xorazm viloyati, OʻzSSR, SSSR) – taniqli oʻzbek ashulachisi. Xorazm qoʻshiqlarining kuychisi. „Nihol“ mukofoti sovrindori (2006).
Hulkar Abdullayeva 1983-yil Xorazmning Urganchida tugʻilgan. 1990–1998-yillarda Urganchning Mirzo Ulugʻbek nomidagi 19-sonli maktabida oʻqigan. Onasi uni kelajakda raqqosa boʻlishini istab, 1993-yili 10 yoshida Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova boshchiligidagi „Meros“ ansambliga bergan. U ansambl qizlari bilan qator konsertlarda Xorazm raqslarini ijro etagan. 1998–2001-yillarda bank kollejida oʻqishini davom ettirgan. Bu davrda u ansambldagi mashgʻulotlarini ham toʻxtatib qoʻymagan. 2000-yilda kollej oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan koʻrik–tanlovda raqs yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etib, laureat boʻlgan. Bundan tashqari u Oʻzbekistonda oʻtkazilgan koʻplab koʻrik-tanlovlarda oʻzining qoʻshiqlari va raqslari bilan ishtirok etgan[1].
Xonanda 2006-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga oʻqishga kirgan[1] va shu yili „Nihol“ mukofoti sovrindoriga aylangan. Uning sanʼatdagi faoliyatida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Rahmatjon Qurbonov, Oʻzbekiston xalq artistlari Kommuna Ismoilova, Gavhar Matyoqubova va Zamira Suyunovalar ustozlik qilishgan.
Hulkar Abdullayevaning 2 qizi va 1 ta oʻgʻli bor[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Zarina Nizomiddinova, Rayhon Ulasenova va o‘zbek shou-biznesidagi faoliyatini raqqosalikdan boshlagan boshqa mashhurlar (foto)“. daryo.uz (2021-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.
- ↑ „Instagram: 40 yoshli Hulkar Abdullayeva uchinchi bor ona bo‘ldi, Husnora Shodiyeva onasining orzusini ushaltirdi, “Qora niyat” seriali yulduzi oila qurdi“. daryo.uz (2023-yil 22-iyun). Qaraldi: 2024-yil 12-yanvar.