Kommuna Ismoilova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kommuna Ismoilova (1927.15.12, Xiva) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Urganch pedagogika institutining havaskorlik toʻgaragida Xorazm termalarini ijro etib tanilgan. Ikkinchi jahon urushi yillari Gavhar Raximova rahbarligidagi xotin-qizlar konsert brigadasida ishtirok etgan. Xorazm musiqali drama teatrida (1946), Oʻzbek ashula va raqs ansamblida (1947), Oʻzbek davlat estradasida (1948-51), Oʻzbek davlat filarmoniyasida (1952— 59), Oʻzbekiston televideniye va radiosi oʻzbek xalqcholgʻulari orkestri hamda maqom ansamblida (1959—88) yakkaxon xonanda. 1985 yildan Z. Gʻaniyeva nomidagi Veteran ayollar ansambli qatnashchisi. Kommunna Ismoilova Navo maqomidan Chapandozi Navo va uning Qashqarchasini, Rost maqomidan Savti Ushshoq Qashqarcha-sini, Saraxborlar taronalarini, Nasri Bayet taronalarini va xorazmcha Rost maqomining Nasri Ushshoq shoʻbasini (‘‘Shitob aylab’’) va b. makom parchalarini ijro etgan. Oʻzbek xalq qoʻshiklari va zamonaviy ashulalardan "Uylanma", "Yoshlik chogʻimda", "Shifokorlar" va boshqalar, bastakorlardan Y.Rajabiy, F. Sodiqov, K. Otaniyozov, M. Mirzayev asarlari, turli xalqlar (rus, ukrain turkman, qozoq) qoʻshiqlari I. repertuaridan oʻrin olgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil