Hayrabodtepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hayrabodtepa
Umumiy maʼlumot
Maqomi qal’a xarobasi
Turi shahar-qal’a
Manzili Surxondaryo viloyati, Angor tumani
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Koordinatalar 37°16′36″N 67°17′08″E / 37.27667°N 67.28556°E / 37.27667; 67.28556 G O
Qurilishi boshlangan V asr

Hayrabodtepa — Surxondaryo viloyati, Angor tumanidagi[1] V asrda Termizning shimolida, antik shaharchaning muyulishdagi harbiy inshoot oʻrnida barpo etilgan qadimiy Chagʻoniyon shahar-qalʼa xarobalari[2]. Umumiy maydoni 1,5 gektar[3]. 1949-yilda OʻzSSR FAning Yahyo Gʻulomov[4] boshchiligidagi ekspeditsiyasining Lazar Albaum rahbarlik qilgan Surxondaryo arxeologlar guruhi 12 kun mobaynida Termiz arofidagi antik davrga oid hududlarda arxeologik tekshirishlar olib borishadi[5]. Tekshirishlar natijasida kushon davriga oid Zartepa va Hayrabodtepa shahar turidagi yodgorliklar aniqlanadi. 1953-yil may oyida yodgorlikning ark va shahriston qismlarida arxeologik tekshirish ishlari boshlandi. Tarhi toʻgʻri toʻrtburchaksimon shaklga (150x100 metr) ega boʻlgan manzilgohning atrofida saqlanib qolgan xandaq izlari va koʻhna shaharning janubi-sharqiy qismida atrofi mustahkam himoyalangan ark aniqlanadi[4]. Tadqiqotlar natijasida bu hududdan miloddan avvalgi III — I asrlardan to milodiy V — VII asrlarga oid bir qancha inshootlari topilgan. Bulardan biri oʻlchami 20x20 metr boʻlgan, hovliga oʻxshash, uzun xonalarga ega keng bino. Binoning eng yaxshi saqlanib qolgan tarafi sharqiy tomoni boʻlib, mutaxassislarning fikriga koʻra, bu joydaga bir xil shakldagi uzun tomonlarga ega boʻlgan xonalar qubbali hujralar boʻlgan[2]. Oddiy qalʼalarga nisbatan Hayrabodtepaning tuzilishi ancha murakkab va tafovutli boʻlgan. Bu holat esa kelgusidagi Oʻrta Osiyo madrasalari bilan bogʻliq boʻlib, ushbu bogʻliqlik tashqi koʻrinishga emas, balki tasodifiy oʻxshashlikka ega boʻlgan[2]. Shahar-qalʼadan topilgan Rim imperatori Neron tangasi hudud aholisining nafaqat Oʻrta Osiyo oʻlkalari, balki Rim imperiyasi va Hindiston bilan savdo va madaniy aloqalar olib borganligini koʻrsatadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Belenitskiy, Aleksandr. „Srednevekoviy gorod Sredney Azii“ (1973), s. 62. Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 Xmelnitskiy 2000, s. 82
  3. 3,0 3,1 Xoliyarov, Toʻlqinjon. „Angor vohasining tarixiy geografiyasini oʻrganishda arxeologiya manbalarining oʻrni“. Oʻzbekiston tarixining dolzarb muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida (2013), s. 107. Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 Nazarov, Xumoyun. „Shimoliy Baqtriyaning kushon davri koʻhna shaharlarining oʻrganilish tarixidan“. Oʻtmishga nazar №3 (2020), s. 84. Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  5. Shchetenko, A. „Raskopki monumentalnogo arxitekturnogo kompleksa Zar-tepe. Drevnyaya Baktriya“. Nauka (1974), s. 42. Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]