Zartepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zartepa — Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: V—VII asrlar. Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Zartepa“ MFY . Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2].

Zartepa — Termiz sh.dan 26 km shim, gʻarbda joylashgan qad. shahar harobasi. 3. 195152 yillarda arxeolog L. I. Albaum tomonidan tekshirilgan. 3. kvadrat shaklida boʻlib, devorlarining uz. 400 m dan. Sharqiy devor harobalari 6-7 m, gʻarbiy devori 4 m gacha saqlanib kalgan. Shaharning shim.sharqida kvadrat shaklida qalʼaqoʻrgʻon bor, u shahristondan mudofaa chizigʻi — katta xandaq bilan ajratilgan. 196080 yillarda arxeolog V.Zavyalov, Q.Sobirov va Sh. Pidayevlar tomonidan oʻrganish davom ettirilgan. Arxeologik qazishmalar tufayli Z.ning shahriston qismidan uyjoy qoldikdari va koʻchalar ochilgan. Sopol idishlarining asosiy qismi angob bilan boʻyalgan. Z.dan odam va hayvonlarning haykalchalari va har xil tangalar ham topilgan. Topilmalarning eng qadimgisi mil. v. 42 a.larga, keyingilari ilk oʻrta asrlar (57-asrlar)ga toʻgʻri keladi.[3]

Qadimiy shahar xarobasi. Kushon podsholigining Shimoliy Bahteragi yirik markazi. 1949 yilda topilgan ; 1951 — 52 va 1972-yillarda qazishmalar olib borib oʻrganilgan. Maydon 16,9 ga, kvadrat shaklida boʻlib, devorlarining uzunligi 400 m. Sharqiy devor xarobalari 6-7m. Gʻarbiy devori 4m. gacha saqlanib qolgan. Shaharning shimoliy — sharqida kvadrat shklida qoʻrgʻon bor, u shahardan katta xandaq bilan ajratilgan. Toʻrtta darvozasi (ikkitasi sharq, ikkitasi gʻarb tomonlarda) boʻlgan. Koʻchalar va koʻpgina arxtektura inshootlarining izi qolgan. Koʻplab sopol idishlar, odam va hayvonlarning xaykallari, tangalar topilgan. Sopol idishlarning asosiy qismi qizil angob bilan boʻyalgan. Tapilmalarning eng qadimiylari millodan avvalgi 4-2 asrlarga, keyingilari ilk oʻrta asrlarga (5-7- asr) toʻgʻri keladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]