Haqiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Haqiq, aqiq — zargarlik buyumi, ayollar taqinchogʻi. Yirik hajmdagi H. va boshqa qimmatbaho toshlarga Buxorodagi hind, eronlik ustalar husnixat bilan arab yozuvida matnlar (muhr, Qurʼon oyatlari)ni oʻyib bitganlar. Yirik hajmdagi toshlar sayqallangan, turli mujassamotlar (asosiy maydonturunj, hoshiya va boshqalar) hosil qilib oʻymakori bezatilgan hamda metall (kumush va boshqalar) gardishlarga oʻrnatilgan; gardish atrofi kungurador boʻlib, yuqorisiga ilgak ishlangan, quyi qismi bargak, marjonli shokilalar bilan bezatilgan. Baʼzan tayyor bezatilgan H.lar keltirilib, Buxoroda gardishga oʻrnatilgan. H. asosan koʻkrak, kurak va boshqa joylarga osilib, odatda tumor va zifasini bajargan.