Hamilton-Russell kubogi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hamilton-Russell kubogi
Mukofotlovchi FIDE
Amaldagi sohibi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
2022-yil
Ta'sis etilgan sanasi 1927-yil
Eng koʻp mukofotlar Rossiya bayrogʻi Rossiya 24 ta


Hamilton-Russell kubogi (inglizcha: Hamilton-Russell Cup) Butunjahon shaxmat olimpiadasining erkaklar oʻrtasidagi turniri gʻoliblariga beriladigan bosh mukofot. Kubok Frederik Gustavus Hamilton-Rasselning buyrugʻi bilan yasalgan va 1927-yilda London shahrida oʻtkazilgan 1-Shaxmat Olimpiadasi uchun FIDEga sovgʻa qilingan.

Hamilton-Rassel kubogini 1-boʻlib Vengriya jamoasi qoʻlga kiritgan. 2022-yilda Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi chempionlikni qoʻlga kiritdi va kubokning amaldagi sohibiga aylandi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1927-yilda Xalqaro shaxmat federatsiyasining(FIDE) Londonda boʻlib oʻtgan IV Kongressda shaxmat olimpiadalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi (oʻsha paytda musobaqa „Xalqlar turniri“ deb nomlangan), 1-shaxmat Olimpiadasi Londonda 1927-yilning iyul oyida oʻtkazilishi kerak edi. Olimpiada uchun Britaniya shaxmat federatsiyasi gʻaznachisi lord Frederik Hamilton-Rassel rafiqasi bilan birgalikda musobaqaning bosh sovrinini taʼsis etdi. Keyinchalik kubokka uning nomi berildi[2]. Ushbu kubok birinchi marta Vengriya terma jamoasi sardori Geza Marochsiga topshirlgan.

1931-yildan 1939-yilgacha kubok Amerika Qoʻshma Shtatlarida saqlangan va Nyu-York Marshall shaxmat klubida namoyish etildi. 1939-yilda 8-shaxmat Olimpiadasi oldidan Argentina elchixonasi aralashuvi bilan kubok Buenos-Ayresga[2] yetkazildi va u yerda 11 yil saqlandi.

Qoidalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoidalarga koʻra, kubok chaqiruv sovrini boʻlib, gʻolib jamoaga gʻalaba uchun beriladi va kubok keyingi olimpiadagacha saqlanadi. Biroq 1939-yilda ketma-ket 4 ta Olimpiadada gʻalaba qozongan AQSh terma jamoasi Buenos-Ayresdagi 8-shaxmat Olimpiadasiga kelmaydi va Gamilton-Rassel kubogi ularda qoldi. Reglamentga koʻra, ketma-ket uchta gʻalabadan soʻng, kubok jamoada abadiy qoladi. Ammo reglamentdagi bu qoida faqat milliy terma jamoa joriy musobaqalarda ishtirok etsa deb oʻzgartirilgan. Bu oʻzgartish kiritilishiga sabab qilib AQSh terma jamoasi Olimpiadaga kelmagani koʻrsatilgan va kubok ulardan olib qoʻyilgan va kubok baribir Buenos-Ayresga yetkazilgan[2], u yerda 11 yil saqlangan.

Dizayn[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gamilton-Rassel kubogi choʻzinchoq, dumaloq qopqoqli va ikkita tutqichli kumush idish boʻlib, oltin bilan qoplangan. Kubok balandligi 54 santimetr, vazni 3,7 kilogram. Kubok yogʻoch poydevorga oʻrnatilgan. Kubokda 1927-yildan beri gʻolib boʻlgan barcha jamoalar nomi yozilgan va „Xalqaro shaxmat federatsiyasi“ yozuvi oʻyib tushirilgan.

Sohiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kubokni eng koʻp yutgan terma jamoa Rossiya (SSSR terma jamoasining natijalarini hisobga olgan holda) boʻlib, ular Gamilton-Rassel kubogini 24 marta qoʻlga kiritgan.

Hamilton-Rassel kubogining amaldagi sohibi 2022-yilda Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasida gʻalaba qozongan Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi hisoblanadi.

Mamlakat Gʻalabalar soni Gʻalaba yillari
Sovet Ittifoqi /Rossiya bayrogʻi Rossiya 24 1952, 1954, 1956, 1952, 1966, 1965, 1970, 1970, 1984, 1982, 1980, 1980, 1980, 1980, 1992 1998, 2000, 2000, 2000, 2002.
AQSH bayrogʻi AQSh 5 1931, 1933, 1935, 1937, 1976, 2016
Vengriya bayrogʻi Vengriya 3 1927, 1928, 1978
Armaniston 3 2006, 2008, 2012
Ukraina bayrogʻi Ukraina 2 2004, 2010
Xitoy bayrogʻi Xitoy 2 2014, 2018
Polsha bayrogʻi Polsha 1 1930
Olmoniya bayrogʻi Germaniya 1 1939
Yugoslaviya bayrogʻi (1945-1991) Yugoslaviya 1 1950
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 1 2022

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Женская сборная РФ в третий раз подряд победила на шахматной олимпиаде“. «РИА Новости» (2014-yil 14-avgust). 2015-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 Марк Глуховский. „В словенский блед за трофеями“. «Советский спорт» (2002-yil 17-oktyabr). 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-aprel.