Habibulla Akbarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Habibulla Akbarov
Tavalludi 24-mart 1936-yil
Vafoti 8-aprel 2023-yil(2023-04-08)
(87 yoshda)
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Fidokorona khizmatlari uchun rib.pngXalqlar doʻstligi ordeni

Habibulla Asatovich Akbarov (24-mart 1936-yil, Toshkent — 8-aprel 2023-yil[1], Toshkent) – geolog olim.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademigi (1994). Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1986), professor (1992). Oʻrta Osiyo politexnika institutining geol.-qidiruv fakultetini tugatgan (1958). Oʻrta Osiyo geol. va mineral xom ashyo institutida sektor mudiri (1968-79), boʻlim mudiri (1979-86), direktor oʻrinbosari (1987–91). 1992–96 yillarda ToshDTU prorektori va ayni vaqtda shu universitet foydali qazilma konlari kafedrasi mudiri. 1996-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Yer haqidagi fanlar boʻlimi raisi va fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zosi (1997-yildan). A.ning ilmiy ishlari endogen ruda konlari va maydonlari tuzilishi, ularning paydo boʻlish va joylashish qonuniyatlarini oʻrganish, rudalarni izlash va bashoratlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga bagʻishlangan.As.Tabiiy muhitni muhofazalashning geologiya asoslari, T., 1996 (hammuallif).[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Akademik Habibulla Akbarov vafot etdi“ (uz). Qaraldi: 22 may.
  2. *OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil