Kontent qismiga oʻtish

Gʻishtli masjid

Koordinatalari: 40°31′30.702″N 70°55′41.610″E / 40.52519500°N 70.92822500°E / 40.52519500; 70.92822500
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
G‘ishtli masjid
Koordinatalari 40/31/42.5/N/70/55/40.3/E
Joylashuv Fargʻona viloyati Qoʻqon
Turi masjid
Material Pishgan g‘isht
Qurila boshlagan XX asr
Xarita
Koordinatalari 40°31′30.702″N 70°55′41.610″E / 40.52519500°N 70.92822500°E / 40.52519500; 70.92822500

Gʻishtli masjid — Qoʻqon shahrida joylashgan mahalla masjidi hisoblanadi . XX asr Fargʻona meʼmorchiligi namunasi, shahardagi eng yosh masjidlardan biri[1]. Masjidning yozgi qismi shiftlari va kirish qismining bezaklari oʻziga xosdir. Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik (XX asr boshi) hisoblanadi. Masjid xonaqoh va ayvondan iborat boʻlib, mahalliy ustalar tomonidan pishiq gʻishtdan barpo etilgan. Ayvon shifti islomiy naqshlar bilan bezatilgan, bezash ishlarida qizil va yashil ranglardan koʻproq foydalanilgan. Masjidning ikki qator qilib qurilgan 12 ta qirrador yogʻoch ustunlarining yuqori qismi turli shakldagi oʻziga xos naqshlar bilan bezatilgan.

Shahar tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻqon shahri XX asrdan boshlab turli nomlar ostida Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo nuqtalaridan biri sifatida tanilgan, ammo shaharning eng gullab-yashnagan davrlari XVIII asrga, yaʼni shahar Qo‘qon xonligining poytaxtiga aylangan davrlarga to‘g‘ri keladi. Qo‘qon shahri oʻzining qadimiyligini saqlab qolgan, hozirgi kunga kelib 2 qismdan, yaʼni yangi va eski qismlardan iborat. Shaharning yangi qismida XIX asrda savdo korxonalari, maʼmuriy binolar, banklar, sanoat binolari qurilgan boʻlsa, eski qismida xon saroyi Oʻrda, xalq turar-joy meʼmorchiligi yodgorliklari, masjidlar, madrasalar va boshqa turli yodgorlik binolari barpo etilgan. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida bunyod etilgan binolarning deyarli barchasi hozirgi kunda ham saqlanib qolgan. Gʻishtlik masjid XX asr boshlarida Qoʻqonning diqqatga sazovor maskanlaridan biri hisoblangan.

Masjid tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XX asr boshlarida mahalliy hunarmandlar oʻz hududlari aholisi — Gʻuzor ahli uchun „Gʻishtlik“ yoki „Gʻisht“ deb nomlangan pishgan gʻishtdan masjid qurdiradilar. Masjid nosimmetrik bino boʻlib, uning sharq tomonida ochiq ayvon va uning maydoniga teng (7,8 x 18,4 m) boʻlgan zal qurilgan[2].

Masjidning kirish qismi — darvozaxona deb atalib, qurilishi va bezaklari jihatidan barcha binolarning uygʻunlashuvidan iborat. Darvozaxonaning oʻzi uch qismdan iborat boʻlib, toʻrtta baland gumbazli, olti burchakli chiroqlar kirish qismini yoritib turishga xizmat qiladi. Darvozaxona dekoratsiyasi mozaika usulida chizilgan katta geometrik naqshlardan iborat boʻlib, mayolika uslubidagi nozik va kichik bezaklar bilan uygʻunlashtirilgan. Darvozaxonani bezashda qoʻllangan naqshlar Farg‘ona matolari — xon atlasini eslatib yuboradi.

Masjidning ichki qismi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning ichki qismi 2 qismdan: qishki va yozgi qismlaridan tashkil topgan. Qishki qismida, shuningdek, ayvonning gʻarbiy qismida ham mehroblar joylashgan. Yozgi qismning shifti tekis boʻlib, uni ikki qator 12 ta burchakli ustunlar oʻrab turadi. Masjid dizaynida qisman rus muhandislarining ham taʼsirini koʻrish mumkin. Shuningdek, masjidning dekorativ bezaklari ham alohida ahamiyatga ega.

  • 846-son 04.10.2019. Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
  • Azimov I. Arxitekturnie pamyatniki Ferganskoy dolini. Tashkent. 1982.
  • Bobobekov X., Mansurova M. Arxitekturnie pamyatniki Kokanda. Tashkent. 2014.