Xafaband

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gulbanddan yoʻnaltirildi)

Xafaband (fors. — xafa va band — toʻsish), gulband — zargarlik buyumi; ayollarning boʻyin taqinchogʻi. Boʻyinni oʻrab turadigan tasma hamda marjon va turli shakldagi noziklardan terib yaratiladigan toʻrsimon shokilali tuzilishga ega turlari bor. Koʻkrakkacha tushib turadigan shokilalar trapetsiya va boshqa shakllarda boʻlib, gullari ramziy maʼnodagi shox, uchburchak, romb va boshqa handasiy nakshlardan iborat. "Gulband" atamasi asli "gulband" (yovuz ruh va band) boʻlib, yomonlik, yovuzlikdan saqlovchi tumor vazifasini bajargan, vaqt oʻtishi bilan atama oʻzgarib ketgan. X.ning boshqa shakllari — (mas, Toshkent, Samarqand va boshqalarda) kumush gardishga oʻrnatilgan haqiqlar qatori yoki oʻzaro harakatlanuvchi ilmoq yoki halqachalar bilan birlashtiriladigan murabba, toʻrtburchak yoki oval yaproqchalardan tuziladigan shokilali va shokilasiz turlari keng tarqalgan.