Grant DeVolson Wood(talaffuzda:Grant DeVolson Vud) (1891-yil 13-fevral – 1942-yil 12-fevral) amerikalik rassom va regionalism oqimi vakili boʻlib, Amerikaning Oʻrta Gʻarbiy qishloqlarini tasvirlagan kartinalari bilan mashhur. Ayniqsa, uning 20-asr boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarining tasviriy sanʼatining yorqin namunasiga aylangan "Amerikacha gotika" (1930) kartinasi shular jumlasidandir[1].
Birinchi jahon urushining oxirlarida Wood AQSh armiyasiga qoʻshildi va boshqa sanʼat turlari kabi kamuflyaj sahnalarini loyihalashda rassom sifatida faoliyat yuritdi[2].
1922-yildan 1928-yilgacha Vud Yevropaga toʻrt marta sayohat qildi va u yerda rassomchlikning koʻplab uslublarini, ayniqsa impressionizm va post-impressionizmni oʻrgandi. Shuningek, 1928-yilda Myunxenga boʻlgan safari davomida u Sidar-Rapidsdagi faxriylar yodgorligi binosi uchun moʻljallangan vitraj oynalarini yasashni nazorat qildi[3].
1934-yildan 1941-yilgacha Wood Iowa universitetining sanʼat maktabida tasviriy sanʼatdan dars bergan. Bu vaqt mobaynida u devor rasmlari loyihalariga rahbarlik qildi, talabalarga ustozlik qildi, oʻzining turli xil asarlarini yaratdi va universitet madaniy jamoatchiligining asosiy qismiga aylandi.
1980-yil Grant Wood bir untsiyalik Amerika sanʼati esdalik seriyasi oltin medali
Wood vafot etganida, uning mulki singlisi Nan Wood Gremga (Amerikacha gotikada tasvirlangan ayol) oʻtdi. Nan Wood Grem 1990-yilda vafot etgach, uning mulki Woodning shaxsiy buyumlari va turli xil sanʼat asarlari bilan birga Ayova shtatining Davenport shahridagi Figge sanʼat muzeyi mulkiga aylandi.
Grant Wood, Amerikacha gotika (1930), Chikago sanʼat instituti
Vudning eng mashhur asari bu uning 1930-yilgi "Amerikacha gotika" kartinasidir[7]. Shunindek, bu kartina Amerika sanʼatidagi eng mashhur rasmlardan biri boʻlib, Leonardo da Vinchining"Mona Liza" va Edvard Munchning"Qichqiriq" kartinalari[1] bilan taqqoslanadigan, keng tan olingan, madaniy ikona maqomiga erishgan kam sonli kartinalardan hisoblanadi.
Amerikacha gotika birinchi marta 1930-yilda Chikagodagi sanʼat institutida namoyish etilgan boʻlib, hozir ham shu yerda saqlanadi.
Kartina haqida ijobiy fikrlarga ega boʻlgan sanʼatshunoslar, jumladan, Gertrude Shtayn va Kristofer Morli, bu kartinani kichik qishloq hayotining qatagʻon va tor fikrlash satirasi deb hisoblashgan. Shervud Andersonning 1919-yildagi Uinsburg, Ogayo shtati, Sinclair Lewisning 1920-yildagi Main Street va Karl Van Vextenning „ Tatuirovka qilingan grafinya“ kabi romanlari qatorida Amerikaning qishloq joylarini tobora tanqidiy tasvirlash tendentsiyasining bir qismi sifatida qaraldi[1].
Dogʻli odam (1924)
Kuzgi shudgor, Grant Wood [8]Kichkina cherkov kanseladasi (1926)
↑Wilson, Scott. Resting Places: The Burial Sites of More Than 14,000 Famous Persons, 3d ed.: 2 (Kindle Location 51786). McFarland & Company, Inc., Publishers. Kindle Edition.