Qichqiriq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
The Scream.jpg
Qichqiriq
(Norvegcha: Skrik)
Edvard Munch, 1893
Moyboʻyoq, tempera va pastel bilan kartonga chizilgan
91 × 73.5 sm
Milliy Galereya, Oslo

Qichqiriq (norvegcha: Skrik, 1893) norveg rassomi Edvard Munch chizgan ekspressionistik rasmlar seriyasidir. Unda qizil osmon fonidagi agoniyaga tushgan kishi tasvirlangan. Ushbu rasm odamzotning ekzistensialistik xavotir va qoʻrquv iskanjasida qolishi ramzidir, deb hisoblanadi[1]. Munch shu rasmning bir necha variantlarini chizgan. Eng qizigʻi shundaki, bu suratni sotib olgan kishi koʻp oʻtmay vafot etavergan.[manba kerak] Oxir-oqibat suratni muzeyga topshirishgan.

Qichqiriq ikki marta - 1994 va 2004-yillarda oʻgʻirlangan; ikkala holda ham topilib, qaytarilgan.

2012-yil 2-may kuni New Yorkdagi kimoshdi savdosida Qichqiriq 119,9 million AQSh dollariga sotildi.[2][3]

2020-yilning iyun oyida Londonning “Chelsi” klubi xo‘jayini Roman Abramovich “Sotbis” auksionida Munkning “Qichqiriq” kartinasini sotib oldi. Xarid narxi 120 million dollarni tashkil etgan. Abramovich mashhur kartinaning to‘rt variantidan birini sotib olgan. “Qichqiriq” — Edvard Munkning 1893—1910-yillarda yaratilgan suratlar seriyasidir.

Manbalar[tahrir]