Leningrad jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Leningrad jangi (1941 10 7 - 1944.9.8) — Ikkinchi jahon urushi davridagi jang. 1941-yilning iyul-sentabrda kuch jihatdan ustunlikka ega boʻlgan nemis fashist qoʻshinlarining "Shimol" armiya guruhi, sovet qoʻshinlari qarshiligini yengib, Leningrad shahri atrofiga va Ladoga koʻli sohiliga chiqishgan hamda bu bilan shaharni mamlakat ichkarisidan ajratib qoʻyishgan. 900 kunlik qamal paytida Leningrad fronti qoʻshinlari Boltiq dengizi floti kuchlari va Ladoga harbiy flotiliyasi dushmanning barcha hujumlarini qaytarishdi. Leningrad xalqi vahshiylarcha bomba tashlashlar, ocharchilik va sovuq havoga qaramay, frontga yordam bergan. Shaharni va qoʻshinni taʼminlash "Hayot yoʻli" (Ladoga koʻli) orqali amalga oshirilgan. 1943-yil yanvarda Ladoga koʻlining jan. qirgʻogʻi boʻylab choʻzilgan qismi qamaldan boʻshatilgan. 1944-yilning martida nemis fashist qoʻshinlari Leningraddan 220–280 km nariga uloqtirib tashlangan. 1944-yil iyun-avg. oylarida Viborg va Svir-Petrozavodsk operatsiyalari vaqtida fin qoʻshinlari tor-mor keltirilgan va bu bilan Leningradga shim.dan boʻlajak xavf bartaraf qilingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil