Qarshilik koʻrsatish harakati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qarshilik koʻrsatish harakati — Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniya, Italiya, Yaponiya bosqinchilariga, ularning ittifoqchilari va mahalliy sotqin agentlariga qarshi antifashistik milliy ozodlik harakati. Qarshilik koʻrsatish harakati fashistlarga qarshi tashviqottargʻibot, ish tashlash, bosqinchilar maʼmuriyatiga xizmat qiluvchi xodimlar, Vatan xoinlarini oʻldirish, partizanlik kurashi va umumxalq qurolli qoʻzgʻolonlari shaklida olib borilib, Yugoslaviya, Fransiya, Italiya, Polsha, Chexoslovakiya, Gretsiya, Albaniya, Xitoy, Vyetnam, Koreya, Indoneziya, Filippin, Birma va boshqalar mamlakatlarda keng tus olgan.

Oʻzbekistonlik koʻplab jangchilar Markaziy va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridagi Qarshilik koʻrsatish harakatih. saflarida faol qatnashganlar. Yugoslaviya va unga yaqin hududlarda 260 nafar oʻzbekistonlik fashizmga qarshi janglarda ishtirok etgan. Fashizmga qarshi umumxalq kurashiga qoʻshilgan R.Rahimov, N.Amirov, H.Jabborov, H.Ismoilov (Fransiya), A.Mamajonov, T.Qoʻchqorov, Sh.Samatov, O.Berdiyev (Italiya) kabilarning qahramonliklari unutilmaydi.

Qarshilik koʻrsatish harakatih.ning fashistlar blokini tormor keltirishdagi ahamiyati katta boʻldi. Bu harakat anʼanalaridan jahon xalqlari Yer yuzida tinchlikni saqlab qolish uchun unumli foydalanmoqdalar.