Garrincha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Garrincha
MFdSantos-Garrincha.jpg
Garrincha playing for Brazil at the 1962 FIFA World Cup
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Manuel Francisco dos Santos
Tavallud sanasi 28-oktabr 1933-yil
Tavallud joyi Magé, Rio de Janeiro, Brazil
Vafot sanasi 20-yanvar 1983-yil(1983-01-20)
(49 yoshda)
Vafot joyi Rio de Janeiro, Brazil
Boʻyi 1.69 m
Ampluasi Oʻng qanot hujumchisi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1947-1952 Pau Grande
1949-1950 Cruzeiro do Sul FC
Xalqaro medallar

 Manuel (Mane) Fransisko dos Santos(port.-braz.: Manuel «Mané» Francisco dos Santos Manuel „Mane“ Fransisko dos Santos;), 1933-yil 28-oktabrda Pau-Grandida tavallud topdi. 1983-yil 20-yanvarda Rio-de-Janeyroda vafot etgan.Garrincha nomi bilan mashhur-braziliyalik futbolchi, oʻng qanot hujumchisi, futbol tarixidagi eng yaxshi oʻng qanot hujumchisi. IFFHS soʻrovnomasiga koʻra 20-asr futbol tarixida u dunyoning eng yaxshi futbolchilari orasida 8-oʻrinni va Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchilari orasida 4-oʻrinni egalladi. Garrincha The Times gazetasi soʻrovnomasiga koʻra jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi futbolchilari ichida 6-oʻrinni va Amerika kubogi tarixida ramziy terma jamoaga kiritilgan. Braziliya futbol tarixida Peledan keyin 2-futbolchi sanaladi.

Garrincha faoliyating eng gullagan vaqtini „Botofogo“ klubida 1953-yildan 1965-yilgacha 579 ta oʻyinda 249 ta gol urdi. Bu natija bilan „Botafogo“ klubi toʻpurarlari tarixida 3-oʻrinni egalladi. Jaroxat olgach klub undan voz kechdi. Shundan soʻng juda koʻp jamoalarda qisqa muddatlarda faoliyat yuritdi. 1955-yildan 1966-yillar oraligʻida Braziliya terma jamoasida oʻynab 2 bor 1958 va 1962-yillarda jaxon chempioni boʻlgan,1962-yilgi Jaxon chempionatida esa 4 gol bilan toʻpurar boʻlgan.

Tarjimai xoli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolaligi va yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garrincha 1933-yil 28-oktabrda Pau Grandi shaxrida Amaro va Mariya Karolinaning koʻp bolalik oilasida 5-farzand boʻlib tugʻilgan. Otasining xatosi tufayli tugʻilganlik xaqidagi guvoxnomasida tugʻilgan kuni 18-oktabr deb yozilgan. Bundan tashqari otasining ismi unga berilmagan shundan soʻng Garrincha oʻzini Fransisko deb atay boshlagan.[1]Garrinchaning tugʻma nuqsonlari koʻp boʻlgan. Masalan: umurtqa pogʻonasi deformatsiyasi va tos suyagining siljishi bilan ogʻrigan. Chap oyogʻi oʻng oyogʻidan 6 sm kalta boʻlgan.[2][3][4]Uning qator jarroxlik amaliyotlari oʻtkazilishiga qaramay bu foyda bermadi, shifokorlar esa Garrinchaning yurishini oʻzi moʻjiza deyishdi. Ayrim manbalarga koʻra uning sogʻligʻidagi muommolarga poliomielit[5][6] sabab deyishadi.

Garrinchaning kelib chiqishida ona tomondan afro-braziliyaliklardan, ota tomondan esa maxalliy hindulardan edi.[7][8][9]

Garrinchaning oilasi juda kambagʻal yashashgan. Oilada ota-onasidan tashqari 5 farzand bor edi. Lekin uning akasi va singlisi kasallik va ochlikdan vafot etishgan[8], shu sababli Garrincha yoshligidan oilaga yordam uchun oʻrmondan meva yigʻib kelib sotish bilan shugʻullangan.[10] Pau Grandidagi zavodda qoʻriqchi boʻlib ishlagan Garrinchaning otasi alkogolizmdan azob chekib[7] jigar sirrozidan vafot etdi.[11]Garrinchaning oʻzi xam 4 yoshidan turli spirtli ichimliklarni tatib koʻrdi va chekishni xam boshladi.[3][12][6] Garrincha „garrincha“ deb nomlanadigan qushlar oilasini tutuishni va ularni chiyillatishni yaxshi koʻrgani uchun unga „Garrincha“ laqabi berildi va bu ismidan xam mashxur boʻldi.[7][13] Garrincha yoshligidan koʻp vaqtini futbol bilan oʻtkaza boshladi. Tengdoshlaridan yaxshiroq oʻynay boshlagan Garrinchaning eng yaxshi mashgʻuloti raqiblarni magʻlub etish edi.

Jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

= "Pau-Grandi"[tahrir | manbasini tahrirlash]

1941-yilda Garrincha maktabda oʻqishni boshlab, uni 4-sinfgacha davom ettirdi. U fanlarni yomon oʻzlashtirar va yozardi.1947-yil 19-noyabrda 14 yoshida „Amerika Fabril“ maxalliy fabrikasiga ishga kirdi. Shu yerda u oʻziga 2-ismni tanladi yaʼni Fransisko. Zavodda u Sving va Pinsel degan ishchilar bilan doʻstlashdi. Ularning doʻstligi uzoq davom etgan.[7][5][14][1][15]

Ish bilan bir vaqtda Garrincha zavod havaskor futbol jamoasida boshqa havaskor jamoalar bilan oʻyinlarda yuqori tempda oʻynadi. Lekin bu vaqtda dangasalik tufayli zavoddan xaydaladi. Yaxshi oʻyini tufayli zavod raxbari tomonidan ishga qayta tiklanadi.[4]Ammo jamoa murabbiyi Karlos Pinto uni asosiy jamoaga qabul qilmadi. Shu sababli 1951-yil okrugning eng yaxshi jamoasi Petropolisning „Kruzeyro du Sul“ jamoasida oʻynay boshladi. Biroz muddat oʻtib yana „Pau Grandi“ga qaytdi.[10]Bu klubda ilk maoshi 30 kruzeyro boʻlgan[7][16]3 oylik bu musobaqalardan u charchadi va bu klubdan ketishga qaror qildi.[16]

1949-yil iyunda onasi tugʻruqdan keyingi infeksiyadan vafot etdi. Bu Garrinchaga qattiq taʼsir etdi. Otasi 1949-yil iyun oyida, keyingi tugʻruqdan keyingi davrda, infektsiyani yuqtirib, Garrinchining onasi vafot etdi, bu Manetga juda qattiq taʼsir qildi. Otasi keyin Sisiliya ismli beva ayol bilan yashay boshladi. Oʻgay onasining xam bolalari bor edi.[7]

16 yoshdan boshlab „Pau-Grandi“ning asosiy kattalar jamoasida oʻynay boshladi. Ilk oʻyinida „Kruzeyro-du-Sul“ga qarshi oʻyinda oʻtkazib bir necha gol urdi. Chunki jamoasi raqibni 8:1 xisobda yutgan edi. Murabbiy Pinto Garrinchani hujumning oʻng qanotiga qoʻydi.[17] Oʻng qanot hujumchisi sifatida yaxshi oʻyinlari sabab okrugning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.[18][19] „Pau-Grandi“ „Rais-da Serra“ klubi bilan 0:0 boʻlib turganda raqibning barcha futbolchilarini aldab chiqib jamoadoshiga golli pas berdi. Uni qoʻpol ravishda toʻxtatishganda raqiblar muxlislari oʻz futbolchilarini kaltaklashiga oz qoldi. Unga boshqa qoʻpollik qilishmadi. Jamoasi esa 6:0 xisobda gʻalaba qozondi.[12]

= "Botofogo"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garrinchaga qiziqish kuchayib Rio-de-Janeyroning katta klublaridan „Flamengo“ va „Fluminense“ klublari moliyaviy axvoli va Garrinchaning oyoqlari tufayli shartnoma tuzishdan bosh tortishdi.[19] „Vasko da Gama“ esa Garrincha jamoaga butsasiz kelgani tufayli uni koʻrishni rad etdi.[4][18]"San-Kristovan"dagi 10 daqiqalik oʻyindan soʻng kechgacha kutishni soʻrashdi. Lekin Mane skutvokzalda kutishdan qoʻrqib oxirgi poyezdda Pau-Grandi ga joʻnab ketdi. va qaytib bormadi.[16] 20 yoshida „Botofogo“ futbolchisi Arati unga 1953-yil 13-martda forma va butsa sotib olib berdi.1953-yil 10-iyunda „Botafogo“ning kattalar jamoasida sinovdan oʻtkazildi.[20][21][22] Oʻyinda unga raqib sifatida Braziliya terma jamoasi chap qanot himoyachisi Nilton Santos oʻynagan boʻlsada oʻyin davomida Garrincha 3 marta uning oyoqlari orasidan toʻpni olib oʻtdi.

Futbolchilar kiyinish xonasiga yoʻl olayotgan Nilton Kardozoga shunday deydi: <<Agar bu futbolchi boshqa klubda oʻynasa men yaxshi uxlay olmayman,agar bizda oʻynasa boshqa klub ximoyachilari yaxshi uxlay olishmaydi>>.Mashgʻulotlarda Garrinchani sinagan „Botafogo“ning jismoniy tayyorgarlik murabbiyi Paulo Amaral <<Bu isteʻdodli futbolchi bitta aybi u dribling qilishdan toʻxtamaydi>> deydi. Futbolchining transferi uchun „Pau Grande“ga 500 kruzeyro toʻlab beriladi.[4][23][18][24][20]

„Botafogo“ tarkibidagi Garrincha

1953-yil 21-iyunda Garrincha „Botafogo“ jamoasi safida debyut oʻrtoqlik „Avelar“ klubini 1:0 xisobida yutishdi.[2]

Jamoada ilk mavsumida 26 ta oʻyinda 20 ta gol urib Jamoadagi birinchi mavsumida Garrincha 26 oʻyin oʻtkazib, 20 gol urdi Rio-de-Janeyro shtati chempionatida toʻpurarlar baxsida 2-oʻrinni qayd etdi. Mavsumda 3 ta xet-trik qayd etdi. Uning klubi chempion „Flamengo“dan 9 ochko ortda qolib 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.[25]Keyingi yillarda Garrincha nisbatan kamroq gol ursada asosan golli paslari bilan jamoadoshlarini toʻpurar boʻlishiga oʻz xissasini qoʻshdi. 1956-yilda klub egalari klubga kuchli futbolchilarni olib kelishdi.1957-yili klubda murabbiy oʻzgardi, jurnalist Xuan Saldanxa murabbiy boʻldi va Garrinchaga maydonda erkin xarakatlanishini taʼminlashga xarkat qildi.

Braziliyalik futbolchilar davrasidagi Garrincha (oʻngdan ikkinchi)

Bu qarordan soʻng Garrincha va „Botafogo“ juda zoʻr oʻynadi."Botafogo" 9 yildan soʻng Rio chempionligini qoʻlga kiritdi. Finalda „Fluminense“ 6:2 ga magʻlub etildi.1959-yili u tizzasidan jaroxat oldibu ikkilamchi artrozning rivojlanishiga olib keldi.1961-yil „Fluminense“ga qarshi oʻyinda feyr-pleyning ilk koʻrinishlarini namoyish etdi. Raqib futbolchisi jaroxat olib yiqilganda toʻpni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.[26][27]

1961,1962-yillar „Botafoga“ shtat chempioni boʻldi. Braziliya kubogi finalida „Santos“ga qarshi 3 oʻyinlik baxsda magʻlub boʻlishdi xolos. Chempionat tugagach Garrinchaning bu yilgi yagona magʻlubiyati Braziliya kubogi finalida " Santos "dan 3 oʻyindan iborat qiyin qarama-qarshilikdagi magʻlubiyat boʻldi. Chempionat tugagach chempionatning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda „Simka“ va „Jornal dos Sports“ ovoz berishni tashkil qilishdi. Uning yakunlariga koʻra Garrincha „Eng yaxshi futbolchi“ deb topilib, „Simka Chambord“ avtomobili sovgʻa qilindi.

1963-yili sevgilisi Elza Suaresning maslxati bilan yangi shartnoma imzolash va maoshini koʻtarishni talab qildi. Chunki bungacha u boʻsh shartnomaga imzo chekib klub futbolchisining oʻrtacha maoshini yarmini olardi. Shartnoma imzolagach uning sogʻligʻida muomkolar uchray boshladi. Unda oʻng tizza osteoartriti rivojlana boshladi.[28] Jamoa shifokori unga 3 oy oʻyinga tushmaslikni maslahat berdi. Ammo „Botafogo“prezidenti Serxio Darsi oʻyinlarni davom ettirishni talab qildi. Chunki klub Fransiya va Italiya boʻylab turnerida jamoa oladigan mablagʻ 15 ming dollardan 7,5 ming dollarga kamayib ketardi.[28] Bu oʻyinlarda u ukollar yordamida oʻyinni davom ettirar edi.. Bu oʻyinlarda Mane har bir oʻyin oldidan berilgan „ukollar boʻyicha“ bajargan.[29] Turnedan qaytgacha klub Garrinchaga ruxsat berdi lekin uning oʻng oyogʻidagi jaroxat jiddiylashdi u 2 yilga safdan chiqdi. Klub Garrinchaga faqat oʻynagan oʻyinlari uchun mablagʻ olish boʻyicha shartnoma tuzishni talab qildi. Garrincha ayrim oʻyinlarni ogʻriq orqali oʻtkazishga majbur boʻldi. Doʻstlarining yordami bilan operasiya qilindi, lekin operasiya yaxshi oʻtmadi. Garrincha maoshini 60% miqdorida jarimaga tortildi[30] Yilning keyingi vaqtida yakka tartibda shugʻullanib maydonga tushmadi.[7]

1965-yildan klub Garrinchani qari qolgan, klub darajasiga toʻgʻri emas qabilida obroʻsilantiruvchi maqolalar uyushtirishdi."Botafogo" safidagi oxirgi oʻyinini 1965-yil 15-sentabrda oʻtkazdi unda „Portugezu“ 2:1 xisobida magʻlub etildi. 1966-yil yanvarida klub uni Korintiansga 220 mln kruzeyroga sotdi.[31] Garrincha „Botafogo“ safida 579 ta oʻyinda 249 ta gol urgan.[2]

Faoliyatining soʻngi qismi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1966-1968-yillardagi voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Korintians" muxlislarni stadionga qaytarish uchun Garrinchani sotib olgandi. Muxlislar Garrinchani vokzaldayoq kutib olib, mexmonxonagacha kuzatib qoʻyishdi."Korintians"da 13 ta oʻyinda 2 ta gol urdi. Sababi jamoadoshlari uning yuqori maoshi sabab maydonda uni sezmasdan oʻynashdi. Shundan soʻng u 1 yildan soʻng jamoani tark etdi.[32][33][32] 1966-yil 9-oktabrda „Santos“ ga qarshi 0:3 xisobdagi magʻlubiyatli oʻyindan soʻng jamoani tark etib,Rio-de-Janeyroga joʻnab ketdi. Jamoa sport adliya tribunaliga arz qildi va qarorga koʻra Garrincha mamlakatdagi barcha rasmiy oʻyinlardan 2 yilga chetlashtirildi.[28] 1967-yili klub bilan oʻzaro kelishuvga koʻra jamoani tark etdi va „Vasko da Gama“ klubiga ijara asosida oʻynashga oʻtdi. Bu jamoada uzoq vaqt mashgʻulot olib borib oʻzini tikladi. Biroq u jamoa murabbiylarini ishontira olmadi.[34][35]

„Vasko da Gama“dan soʻng „Fluminensa“ tarkibida xam sinovdan oʻtdi, lekin oʻta olmadi. Keyinchalik bir nechta kichik klublarda faoliyat olib bordi. Masalan: „Portugeza“, „Bangu“, „Alekrin“, „Goyas“ da oʻynadi. 1968-yil Boliviyaga bir nechta koʻrgazmali oʻyin uchun bordi. Keyin Kolumbiyaga xar bir oʻyin uchun 600 dollar toʻlaydigan „Atletiko“ga.[28] Garrincha atigi bitta oʻyin oʻtkazdi. „Independente Santa Fe“ klubiga qarshi oʻynab 2:3 xisobda magʻlub boʻlishdi. Oʻyin davomida atigi 3 marta uzatma bergan Garrincha xursandchilik bilan kutib olgan muxlislar uni pomidor va tuxumlar uloqtirib xaydab solishdi. Bu xolat Brazliya futbol konfedratsiyada xam qizgʻin muxokama qilindi.[14][28][36]

Faoliyatining soʻnggi yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kolumbiya tark etib,Rio-de-Janeyroga qaytdi. „Botafogo“dagi eski murabbiyi Jentil Kardoza „Vasko da Gama“da edi. Uni jamoaga taklif qildi. Lekin boshqa klublar bilan muzokaralar olib borayotgani tufayli mashgʻulotlarga kelmadi. 1968-yili „Fortaleza“ klubiga oʻtib bitta oʻyin oʻtkazdi.[37] Keyinchalik Urugvayning „Nasional“ va Argentinaning „Boka Xuniors“ klublari bilan muvaffaqiyatsiz kelishuvlarga urindi.[38] 1968-yil kuzida „Flamengo“ga qabul qilindi. Murabbiy unga vazn yoʻqotish talabini qoʻydi. Garrincha 3 oyda 12 kg vazn yoʻqotdi.[28] Garrincha jamoa bilan 6 oylik shartnoma imzoladi. Garrincha jamoaning yangi murabbiyi bilan shaxsiy xayotiga oid muommolar sabab tortishib qoladi va shartnomada belgilangandan 2 oy oldin jamoani tark etadi[7][39] Jamoada unga koʻp xam ishonch bildirilmas edi, uning nomidan foydalanib oʻrtoqlik baxslarida oʻynatishardi.[28]Shunday qilib moliyaviy inqirozni boshidan kechirayotgan klubga yordam berdi.[7][40] 1969-yil 2-iyulda „Novu Gamburgu“ safida bitta koʻrgazmali oʻyin oʻtkazdi.[41]

1969-yili rafiqasi Elza Suares bilan Yevropaga ketdi. U yerda universitetlar, kasaba uyushmalari, fabrikalarning havaskor jamoalarida oʻrtoqlik oʻyinlarida kichik maosh evaziga oʻynadi.[7] Shundan soʻng unga koʻp klublardan takliflar tushdi. Lissabonning „Benfika“ klubi bilan shartnoma tuzishga yaqin kelishganda Portugaliya futbol ligasining chet ellik futbolchilarga taqiqi tufayli shartnoma amalaga oshmadi. Oʻsha yili unga Parijning „Red Star“ klubi 15 ming dollarlik 3 oylik shartnoma taklif qildi. Atigi bitta oʻyindan soʻng taqvimdagi oʻzgarishlar sabab shartnoma bekor qilindi.[7][42]

1971-yil Garrincha Braziliyaga qaytib yarim professional klublarda oʻynaydi. Garrinchaning soʻnggi professional klubi „Olariya“ boʻlib oyiga 15000 kruzeyro maosh olardi.[7]U „Olariya“ safida 10 ta oʻyin oʻtkazdi.[43] Shundan soʻng Garrincha yana 10 yilcha havaskor klublarda 500 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi.[44] 1982-yil 25-dekabrda Garrincha oʻzining soʻnggi oʻyinini „Londrina“ klubi safida Professional sportchilar assotsiyasining „Garansiya“ klubiga qarshi oʻynab 1:0 hisobda yutishdi. Bu oʻyinda Garrincha 20-40 daqiqa maydonda toʻp tepdi.[45][46]

Xayrlashuv oʻyini[tahrir | manbasini tahrirlash]
Marakanadagi Garrinchaning byusti

1973-yil 18-dekabr „Marakana“ da oxirgi jaxon chempionlari Braziliya terma jamoasi tarkibida lotin amerikaliklar va Sobiq Ittifoq futbol yulduzlari jamlangan FIFA terma jamoasiga qarshi baxs uyushtirildi. Stadionga 131.555 tomoshabin tashrif buyurdi. Ular bir ovozdan „Garrincha millat faxri !!!“ deb baqirishardi. Garrincha Braziliya terma jamoasi tarkibida bir taym oʻynab zaxirga chiqdi. U maydondan chiqib ketayotganda koʻz yoshlarini tiyolmadi va tomoshabinlar bilan xayrlashdi.[47]

Bu oʻyindan tushgan pullar Garrinchaga berildi. U bu pullar bilan qarzlarini toʻladi va bolalariga oʻqishi uchun pulini toʻladi. Yana Barra da Tijuka tumanidan qizlari uchun mashina, uy va xotini Elza kuylaydigan restoranning yarmini sotib oldi.[48]

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garrincha (pastki qatorda chap tomonda) Braziliya terma jamoasi bilan

Garrincha 1955-yildan 1966-yilgacha Braziliya terma jamoasida oʻynagan boʻlsa ular bilan faqat bir bor magʻlub boʻlgan. Garrincha terma jamoa bilan 3 ta jaxon chempionati va ikkita Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etgan.

Garrincha Braziliya terma jamoasidagi ilk oʻyinini 1955-yil 18-sentabrda Chiliga qarshi 1:1 xisobdagi baxsda oʻynadi. 1957-yili Garrincha terma jamoa bilan oʻzining ilk musobaqasiga Janubiy Amerika chempionatiga yoʻl oldi.[49][4][50] Garrinchaning driblingga moyilligi sabab murabbiylarning unga ishonchsizligiga sabab boʻldi.[51][52]

1958-yilgi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1958-yilgi Jahon chempionati final qismidan oldin ruxshunoslarning oʻrganishi natijasida Pele va Garrinchani Jahon chempionati uchun terma jamoaga chaqirish xato boʻlgan deb xisoblashgan.[53][7][4][50][54][55]

Chempionatga tayyorlanish vaqtida „Korintians“ 5:0 hisobida magʻlub etildi. Garrincha dubl qayd etdi. Italiyaning „Fiorentina“ siga qarshi baxsda juda koʻp ortiqcha driblinglari sabab koʻpchilik tomonidan uning bu xarakatlari qoralandi va chempionatga olib borilmasligiga sal qoldi.[56].

Jaxon chempionatida Garrincha va Pele Angliya va Avstriyaga qarshi baxsni zaxiradan tomosha qilishdi. Murabbiy Visento Feola yoshlarni ayrim sabablarga koʻra saqlab turdi.[57][58][26]

SSSR terma jamoasi bilan oʻyin gurux bosqichining 3-oʻyini edi. Juda koʻpchilik Garrincha va Pelega imkoniyat berilishini Feoladan soʻrashdi. Garrincha va Pelening uzatmalari, driblinglari, zarbalari sabab raqib magʻlub etildi

1958-yilgi JCH da Garrincha Vavaga yordam bermoqda.

Chorak final va yarim finalda braziliyaliklar Uels va Fransiya ni magʻlub etishdi. Finalda mezbon Shvetsiyani 5:2 xisobida yutishdi.2 golga Garrincha pas berdi. Yana 2 gol urilishiga u sababchi boʻldi.[53][4][59] Musobaqadagi oʻyinlari sabab turnirning ramziy terma jamoasiga Garrinchani xam qoʻshishdi.[60][52] Braziliyaga qaytgach Pau Grandi dagi oʻzining sevimli bariga borib barga kelgan barchani qarzini sotib oldi.

1962-yilgi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1962-yilgi Jahon chempionatlaridagi oʻyinlaridan biri. Garrincha (chapda)

Chilidagi Jahon chempionatida braziliyaliklar yana zafar quchishdi. Guruh baxslarining 2-turida Pele jaraxot oldi va turnir soʻngigacha safdan chiqdi.[3] Guruh bosqichining xal qiluvchi oʻyinida Ispaniya 2:1 xisobda magʻlub etildi. Xal qiluvchi golga Garrincha pas berdi.[61] Chorak finalda inglizlar 3:1 hisobda magʻlub etildi. Garrincha 2 gol va 1 ta pas berdi.[8][62][46][63]

Yarim finalda Chili 4:2 hisobda magʻlub etildi. Garrincha 2 gol va bir pas beridi. Chililik Roxasga xazil tariqasida yengil zarba berganda perulik xakam uni maydondan chetlatdi. Bu epizod ustidan kulishdi. Braziliyadan Joao Avelanj va Braziliya vazirlari shu epizodni komissiya koʻrib chiqishini talab qilishdi. Komissiyaning qarori bilan tarixda ilk marta xakam qarori bekor qilindi va Garrinchaga finalda oʻynashga ruxsat berildi. Finalda Braziliya Chexoslovakiyani 3:1 hisobida magʻlub etib 2-jaxon chempionlikka erishdilar. Garrincha yana 3 nafar futbolchi bilan 4tadan gol kiritib toʻpurar va turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanildi.

Jahon chempionatidan keyin deyarli 3 yil Garrincha terma jamoada oʻynamadi.1965-yil iyun oyida Rio-de-Janeyroda Belgiyaga (5:0) qarshi baxsda oʻtkazdi.

1966-yilgi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1966-yilgi Angliyadagi Jahon chempionatiga koʻp yillik xizmatlariga evaziga Joao Avelanj iltimosiga binoan terma jamoaga qabul qilingan.[64] Gurux baxslarida brazliyaliklar yomon oʻyin koʻrsatishdi. Bolgariyaga qarshi baxsda Pele bilan birga terma jamoadagi soʻnggi golini kiritib raqibni magʻlub etishdi.[65] Vengriya bilan oʻyinda braziliyaliklar 1:3 hisobda magʻlub boʻlishdi. Bu oʻyin Garrinchaning terma jamoa libosidagi soʻnggi oʻyini edi.[20][66] Garrincha Eysebio boshliq Portugaliya bilan oʻyinga kelmadi. Braziliya 1:3 hisobda magʻlub boʻlib sensatsion tarzda musobaqani tark etdi.[67] Garrincha terma jamoa safida 60 ta oʻyinda 17 ta gol urdi. Bu norasmiy oʻyinlardan tashqari edi.[2][68]

Shahsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garrincha (oʻngda),Pele Jazoir prezidenti Ahmad ben Bella bilan

Garrincha spirtli ichimliklarga ruju qoʻyib qator avtoxalokatlarga uchradi.1969-YILI 13-aprelda yana bir avtoxalokatda qanonasi xalok boʻldi. Xotini va qizi jarohatlandi.[40] Unga bu uchun ikki yil sinov muddati va jarima toʻladi.[69] Yana bir uning salbiy odatlaridan biri qimor oʻynashi edi.[70]

Garrincha ilk marta 1952-yil 20-oktabrda 19 yoshida Nair Markes bilan turmush qurdi. Nair unga 8 qiz xadya qildi. Nair bilan yashab turib Irasi Kastillo bilan xam ishqiy munosabatlarda boʻlib undan 1 qiz va 1 oʻgʻli boʻlgan.[71][72] U bu farzandlarini 15 yildan soʻngina tan oldi.Shvetsiyadagi safari vaqtida Garrinchadan bir ofitsiant qiz xam qisqa aloqadan keyin xomilador boʻlib qoldi. Bolaga Ulf Lindberg ismi berildi.[73]

Chilidagi jahon chempionati vaqtida Garrincha samba raqsi ijrochisi Elza Suares bilan tanishib qoldi[74][75] 1965-yil Nair bilan ajrashdi va ularning 5 nafar farzandi uchun umrining oxirigacha aliment toʻlashga majbur boʻldi.[71][76]


1966-yili Garrincha va Elza Boliviyada turmush qurishdi va nikoh marosimi Braziliya elchixonasi yonida boʻldi.[7] Yevropada maʼlum vaqt yashagan juftlik 1972-yili Braziliyaga qaytishdi. Ularning oʻgʻillari boʻlib 9 yoshida avtoxalokat natijasida vafot etadi.[12][4] 1977-yil 30-avgustda Garrincha mast xolda Elzani kaltaklagandan soʻng ular ajralashidi.[71]

Garrinchaning oxirgi rafiqasi Vanderley Oliveyra Garrinchaga vafotigacha hamroxlik qildi.[77]

Soʻnggi yillar va oʻlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umrining oxirgi yillarini Garrincha deyarli pulsiz qolib Rio-de Janeyroning Bangu tumanida ijarada yashadi.[78] 1978-yili yurak yetishmovchiligi bilan kasalxonaga yotqizildi. U yerda 20 yoshli Vanderley bilan tanishadi va undan 1981-yili tugʻilgan Liviya ismli qizi tugʻiladi.[7] Hammasi boʻlib Garrinchaning kamida 14 farzandi turli ayollardan boʻlgan.[3][79] Shu vaqtlarda Garrinchaning sogʻligʻida muommolar kuzatila boshlandi va tez-tez kasalxonalarga yotishga majbur boʻldi.1979-yili jigar sirrozi bilan xam kasalxonaga yotqizildi.[7][80] 1980-yili ichkilikdan qutulishga xarakat qildi, lekin uddasidan chiqa olmadi.[81] 1982-yil oxiri va 1983-yil boshlarida ichkilikka mukkasidan ketgan Garrincha 18-yanvarda koma xolida tez yordam Boavista kasalxonasiga olib ketdi.[20][51] 20-yanvar tongi 6 da Garrinchani palatasida oʻlik xolda topishadi. Oʻlim sababi esa alkogolizm, oʻpka shishi va jigar sirrozi sababli kelib chiqqan asab buzilishi edi.[3][81]

1983-yili yanvarda Garrincha bilan vidolashuvga „Marakana“ ga juda koʻplab kishilar yigʻildi. Tobut „Botafogo“ va Braziliya bayroqlariga oʻralgan edi.[82][78] Dafn marosimi Pau Grandining Raiz da Serra kichik qabristonida 300 mingdan ortiq kishilar jumladan taniqli futbolchilar xam boʻlgan xolda boʻlib oʻtdi.[83] Shuncha odam boʻlsada lekin qabristonlardan qoʻrqishini baxona qilib Pele dafn marosimiga kelmadi.[84] Garrincha qabri ustidagi toshda „Bu yerda xalqning shodligi boʻlgan-Mane Garrincha yotibdi“ deb yozilgan edi.[14] 2017-yil 1-iyunda Braziliya ommaviy axborot vositalari taʼkidlashicha oilaviy qabristondan Garrinchaning jasadi qoldiqlari oʻgʻirlab ketilgan edi.[85]

Oʻyin xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garrinchaning boʻyi kichik, bukchayib qolgan, keng oraliqda ikki oyogʻi chapga qiyshaygan edi.[86] Yetakchi futbolchilar bilan solishtirganda uning tashqi koʻrinishi va oʻyini paradoksal ravishda futbol qonunlariga zid edi.[28] Uning texnikasi tabiiy inʼom edi.[7][52] Ayrimlarning fikricha Garrinchaning texnikasi Braziliya futbolini „tashrif qogʻozi“ edi.[87]

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Botafoga“ klubi muzeyidagi Garrinchining byusti
  • Garrincha turli yoʻnalishlarda IFFHS maʼlumotlariga koʻra eng yaxshi futbolchilar ichida dunyoda 8-oʻrin.20-asr Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchilari ichida 4-oʻrinni egallaydi.1994-yili FIFA Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoaga kiritiladi.[88] 1998-yili JCH oldidan MasterCard dunyoning eng yaxshi 24 ta sport jurnalisti oʻrtasida soʻrov oʻtkazadi. Garrincha 20-asr ramziy terma jamoasiga kiritiladi soʻrovnoma yakunlari boʻyicha.[89] Shuningdek World Soccer jurnali soʻrovida 20-asrning eng yaxshi 100ta futbolchisi roʻyxatida 20-oʻrinni qayd etdi.1996-yili „Placar“ jurnali soʻrovida Braziliya futboli tarixidagi eng yaxshi 2-futbolchi sifatida topildi.[90] Garrincha sharafiga Braziliya poytaxtidagi stadionga „Estadio Mane Garrincha“ nomi berildi.
  • Kinoda 1962-yili "Garrincha-xalq quvonchi " hujjatli filmi,1978-yili „Mane Garrincha“, 2003-yili „Garrincha-yolgʻiz yulduz“ filmalri Garrincha faoliyati xaqida ishlandi. 2010-yili 25-yanvarda „Botafogo“ stadioni yonida Nilton Santos yodgorligi yonida Garrinchaga xam yodgorlik oʻrnatilgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1958-yili Jahon chemponatidagi gʻalabani nishonlashda Garrincha oldingi qatorda oʻngdan uchinchi

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

" Botafogo "

  • Rio-de-Janeyro shtati chempioni (3):1957,1961,1962
  • Rio-San-Pauli turniri gʻolibi (2):1962,1964

Braziliya terma jamoasida

Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jahon chempionatining „Oltin toʻp“ sohibi: 1962-yil
  • Jahon chempionatining „Oltin butsa“ sohibi:1962-yil
  • Jahon chempionatining ramziy terma jamoasiga kiritilgan:(2):1958,1962
  • World Soccer maʼlumotlariga koʻra 20-asrning eng buyuk futbolchilari roʻyxatiga kiritilgan

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 23.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „O gênio das pernas tortas fez história no Alvinegro“. botafogonocoracao.com.br. 21-iyun 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-yanvar 2010-yil. , profil na sayte „Bogafogo“
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Stevenson, Jonathan „Remembering the genius of Garrincha“. BBC (20 января 2008). 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-yanvar 2010-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 Bellos, Alex „On a glorious bender“. The Guardian (27 апреля 2002). 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-yanvar 2010-yil.
  5. 5,0 5,1 Manin Giuseppina, Valdiserri Luca „Va in scena la «favola» di Garrincha“. Corriere della Sera (29 декабря 2000). 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-fevral 2010-yil.
  6. 6,0 6,1 Fossati, Mario „Garrincha, genio immortale“. La Repubblica (4 июня 1998). 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-yanvar 2010-yil.
  7. 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 7,10 7,11 7,12 7,13 7,14 7,15 7,16 Ruy Castro.. Estrela solitária: um brasileiro chamado Garrincha. Companhia das letras, 1995 — 6, 23-25, 27, 28, 30-32, 36-38, 40, 64, 87, 136, 142, 158-160, 324-325, 236-338, 342, 258, 376, 396, 413, 418-421, 454-462 bet. ISBN 85-7164-493-4. 
  8. 8,0 8,1 8,2 Гольдес, Игорь „Кривоногий индеец из другого мира“. footballplayers.ru (22 декабря 2002). 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-fevral 2010-yil.
  9. Annalisa Oboe, Anna Scacchi.. Recharting the Black Atlantic: modern cultures, local communities, global connections. Routledge, 2008 — 87 bet. ISBN 9780415961110. 
  10. 10,0 10,1 Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 24.
  11. „Album do Futebol — Garrincha e seus últimos dias“. museudosesportes. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-fevral 2010-yil.
  12. 12,0 12,1 12,2 Pombo, Bernardo „Morte de Garrincha completa 25 anos em meio à polêmica do busto e abandono do túmulo“. O Globo (17 января 2008). 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-fevral 2010-yil.
  13. Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 27.
  14. 14,0 14,1 14,2 MacSwan, Angus „Bad boy Garrincha remembered“. Reuters. rediff.com (4 октября 2004). 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-yanvar 2010-yil.
  15. Lacey, Josh „Lost boys“. The Guardian (14 августа 2004). 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-fevral 2010-yil.
  16. 16,0 16,1 16,2 „Longo caminho até General Severiano“. gazetaesportiva. 18-dekabr 2005-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2010-yil.
  17. Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 25.
  18. 18,0 18,1 18,2 Nunes, Luiz „Mané Garrincha, Alegria do Povo“. netvasco.com.br (7 декабря 1994). 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-yanvar 2010-yil.
  19. 19,0 19,1 „Jogador de futebol. Garrincha“. 26-noyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-yanvar 2010-yil.
  20. 20,0 20,1 20,2 20,3 „Garrincha, la stella che non si spegnera’ mai“. francorossi.com. 19-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-fevral 2010-yil.
  21. Teixeira Heizer.. O jogo bruto das copas do mundo. Mauad Editora Ltda, 1997 — 144 bet. ISBN 85-85756-52-7. 
  22. Flávio Araújo.. O rádio, o futebol e a vida. Editora Senac, 2001 — 149, 161 bet. ISBN 85-7359-196-X. 
  23. Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 26.
  24. Sérgio Augusto.. Botafogo: entre o céu e o inferno. Ediouro Publicações, 2004 — 161 bet. ISBN 85-00-01549-7. 
  25. „Campeonato Carioca 1953“. Flapedia. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-mart 2010-yil.
  26. 26,0 26,1 Mário Filho.. O negro no futebol brasileiro. Mauad Editora Ltda, 2003 — 323, 332-333 bet. ISBN 85-7478-096-0. 
  27. „Garrincha e Altair, os inventores do fair-play“. O Globo. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2010-yil.
  28. 28,0 28,1 28,2 28,3 28,4 28,5 28,6 28,7 Фесуненко И. С.. Пеле, Гарринча, футбол…. М.: Физкультура и спорт, 1970. ; glavi: Odna, no plamennaya strast; Vosemdesyat vosmoy „Fla — Flu“; Grustnaya buxgalteriya futbola; Prezidenti ne lyubyat neudachnikov; Kniga sudeb „Zolotoy sbornoy“; Gorkaya „Radost naroda“; 20 let ot „Marakani“ do „Asteki“, ili dolgaya doroga v Mexiko.
  29. „Garrincha“. terra.com. 19-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-yanvar 2010-yil.
  30. „Pouca reza para muita dor“. gazetaesportiva. 18-dekabr 2005-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-mart 2010-yil.
  31. Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 92.
  32. 32,0 32,1 „Corinthians fez algo parecido com Garrincha“. Diario Popular. 31-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-mart 2010-yil.
  33. „Статистика выступлений за «Фламенго» и «Коринтианс»“. terceirotempo.ig.com.br. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-mart 2010-yil.
  34. „O lado botafoguense de Dinamite e vascaíno de Garrincha“. O Globo. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-mart 2010-yil.
  35. „O Anjo Torto“. netvasco.com.br. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-mart 2010-yil.
  36. Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 50.
  37. „Mané Garrincha com a camisa do Tricolor“. fortalezaec.net. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-mart 2010-yil.
  38. „Manga: el gran arquero que fue de Nacional por 30 minutos“. ovaciondigital.com.uy. 5-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-sentabr 2020-yil.
  39. „Все матчи Гарринчи за «Фламенго»“. flaestatistica.com. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-mart 2010-yil.
  40. 40,0 40,1 „Há 40 anos, chegava ao fim a passagem de Garrincha pelo Flamengo“. O Globo. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2010-yil.
  41. „A Noite em que o Anjo das Pernas Tortas Vestiu a Anilada“. ecnh.com.br. 8-sentabr 2004-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-mart 2010-yil.
  42. „Garrincha au Red Star!“. allezredstar.com. 19-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-mart 2010-yil.
  43. „Os jogos de Garrincha no Olaria“. soccerlogos.com.br. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-mart 2010-yil.
  44. „Millonarios: Di Stéfano sim, Garrincha não“. O Globo. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-mart 2010-yil.
  45. „The brazilian way of life“. futebolthebrazilianwayoflife.com. 10-avgust 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-mart 2010-yil.
  46. 46,0 46,1 Celso Unzelte.. O livro de ouro do futebol. Sinergia, 2009 — 557—560 bet. ISBN 85-6254-039-0. 
  47. Roberto Avallone.. As incríveis histórias do futebol. Tipo Editora, 2001 — 201 bet. ISBN 8588516012. 
  48. Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 118.
  49. „Southamerican Championship 1957“. 10-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-yanvar 2010-yil.
  50. 50,0 50,1 Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 40.
  51. 51,0 51,1 osé Sergio Leite Lopes, Sylvain Maresca.. La disparition de «la joie du peuple». Companhia das letras, 1989 — 21—36 bet. 
  52. 52,0 52,1 52,2 Tiago Lisboa Bartholo, Antonio Jorge Gonçalves Soares.. Mané Garrincha como síntese da identidade do futebol brasileiro. Movimento, 2009 — 169—191, 182-185 bet. 
  53. 53,0 53,1 Pelé, Robert L. Fish. My Life and the Beautiful Game: The Autobiography of Pele. Skyhorse Publishing Inc, 2007 — 40, 49 bet. ISBN 9781602391963. 
  54. Pelé. My Life and the Beautiful Game: The Autobiography of Pele. Skyhorse Publishing Inc, 2007 — 40—41 bet. ISBN 9781602391963. 
  55. „As lendas e fatos da era do rádio“. Abril (11 ноября 2001). 30-yanvar 2002-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-mart 2010-yil.
  56. Darwin Pastorin.. Tempi supplementari. Partite vinte, partite perse. Feltrinelli Editore, 2002 — 53 bet. ISBN 88-07-81698-9. 
  57. Tony Mason.. Passion of the people?: football in South America, Critical studies in Latin American and Iberian cultures, Verso, 1995 — 84 bet. ISBN 9780860914037. 
  58. „A taça do mundo é nossa“. gazetaesportiva. 18-dekabr 2005-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2010-yil.
  59. „Finalizadora, seleção campeã de 1958 também desarmava“. Folha Online (30 июня 2008). 26-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-mart 2010-yil.
  60. Eduardo H. Galeano.. Soccer in sun and shadow. Verso, 2003 — 104, 118 bet. ISBN 9781859844236. 
  61. Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 67.
  62. Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 70.
  63. „Garrincha leva Brasil ao bi“. yahoo.com. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-mart 2010-yil.
  64. „Idolos:Garrincha“. esporte.uol.com.br. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2010-yil.
  65. „Brazil — Bulgaria 2:0 (1:0)“. fifa.com. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2010-yil.
  66. Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 96.
  67. „Portugal — Brazil 3:1 (2:0)“. fifa.com. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2010-yil.
  68. ProfilAndoza:Недоступная ссылка na sayte Brazilskoy konfederatsii futbola
  69. Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 101.
  70. „Жуан Салданья: Пусть игроки лучше ходят в бордель, чем режутся в карты на деньги“. Спорт-Экспресс. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-mart 2010-yil.
  71. 71,0 71,1 71,2 „As mulheres de Garrincha“. gazetaesportiva.net. 18-dekabr 2005-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2010-yil.
  72. „Последний сын Гарринчи“. dochka-ooo.ru. 20-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-yanvar 2011-yil.
  73. „Filho sueco de Garrincha visita o Brasil pela primeira vez“. esporte.uol.com.br. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2010-yil.
  74. Lyttleton, Ben „Brazil look to spirit of 1962“. Telegraph (14 мая 2006). 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-yanvar 2010-yil.
  75. Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 69.
  76. Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 30.
  77. „Jorginho Carvoeiro. Ex-atacante do Vasco e Bangu“. terceirotempo. Qaraldi: 7-iyun 2015-yil.
  78. 78,0 78,1 Tony Mason.. Passion of the people?: football in South America, Critical studies in Latin American and Iberian cultures, Verso, 1995 — 101 bet. ISBN 9780860914037. 
  79. Soutar, Jethro „Seven deadly sins of football: Garrincha has a ball“. The Guardian (22 мая 2009). 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-fevral 2010-yil.
  80. Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 124.
  81. 81,0 81,1 „A garrafa inseparável“. gazetaesportiva. 14-dekabr 2005-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2010-yil.
  82. „The wounded 'Little Bird' who soared for Brazil“. ФИФА. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-yanvar 2010-yil.
  83. Football Travel Guides[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка Yes check.svg
  84. Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi. S. 127.
  85. „В Бразилии из склепа исчезли останки футболиста Гарринчи“ (ru). runews24.ru. 1-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-iyun 2017-yil.
  86. Lev Filatov predislovie k: Goranskiy, I. V. Jizn i smert Manoela dos Santosa Garrinchi.
  87. Everardo P. Guimarães Rocha.. Jogo de espelhos: ensaios de cultura brasileira. Mauad Editora Ltda, 2003 — 24 bet. 
  88. „World All-Time Teams“. rsssf.com. 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-mart 2010-yil.
  89. Hughes, Rob „A Wave of Enthusiasm for the Lingua Franca of Kicking a Ball : From Pele and the Streets, Hope“. The New York Times (10 июня 1998). 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-yanvar 2010-yil.
  90. „Божественный учитель“. Спорт-Экспресс (3 августа 1996). 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-mart 2010-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]