Gʻulom Yoqubov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yoqubov Gʻulom (1915.15.5, hozirgi Asaka tumani — 1944.24.7, Mogilyov viloyati, Belorussiya) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kapitan. 1942 yildan frontda. 556-oʻqchi polkining (1-Belorussiya fronti 3-armiyaning 169-oʻqchi diviziyasi) kapitani. Yoqubov rahbarlik qilgan rota Ludchitsi qishlogʻida dushman ichkarisiga yorib kirib katta jasorat koʻrsatgan. Rota koʻp talofat koʻrganiga qaramay, egallangan marrani saqlab qolgan. Yoqubov shu jangda halok boʻlgan. 1945 yil Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (vafotidan soʻng).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil