Futurama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Futurama
Janri multserial
komediya
ilmiy taxayyulot
Muallif(lar) Matt Groening
Ovoz berganlar Billy West
Katey Sagal
John DiMaggio
Phil LaMarr
Lauren Tom
Maurice LaMarche
Tress MacNeille
David Herman
Frank Welker
Kath Soucie
Tom Kenny
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Mavsumlar soni 8
Qismlar soni 150
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar) Matt Groening
David X. Cohen
Qism davomiyligi 22 daq.
Efirga uzatilishi
Telekanal Fox (1999—2003)
Cartoon Network (2001—2007)
Comedy Central (2008–2013)
Tasvir formati NTSC (480i)
Translyatsiya davri 28-mart, 1999
Tashqi havolalar
Rasmiy sayti

Futurama Amerika multserialidir. Ilmiy-fantastik komediya janridadir. Matt Groening va David X. Cohen tomonidan Fox telekanali uchun yaratilgan. Serial 1999-yili muzlab qolib, 3000-yilda uygʻongan Nyu-Yorklik pizza tashuvchi Philip J. Fry haqida hikoya qiladi.

Serialning 1999—2003-yillar orasida 4 mavsumi tayyorlanib, Fox telekanalida efirga uzatildi. Uzoq tanaffusdan soʻng, 2007-yil oxirida 5-mavsum ustida ish boshlandi va u 2008-yil yanvaridan Comedy Central kanalida koʻrsatilmoqda. Serial nomi inglizcha future — kelajak va panorama soʻzlaridandir (qolaversa, "Futurama" nomi bilan 1939-yilgi Nyu York butunjahon koʻrgazmasidagi bir pavilyon nomlangandi, serial asoschilari oʻsha pavilyondan ilhomlanishgan).

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futuramadagi voqealar XXXI-asr boshida boʻlib oʻtadi. Asosiy qahramonlar «Planet Express» yuk tashish xizmati shirkatida ishlashadi. Ular quyidagilardir:

Philip J. Fry (Billy West)
Philip J. Fry yosh, odatda omadsiz pizza tashuvchi yigitdir. U 2000-yil kirib kelishi bilan krionika laboratoriyasida muzlab qolib, 2999-yil oxirida uygʻonadi. Shundan soʻng u egasi uning yagona tirik qarindoshi Professor Farnsworth boʻlgan Planet Express shirkatiga ishga joylashadi.
Turanga Leela (Katey Sagal)
Leela bir koʻzli yosh ayol boʻlib, Planet Express shirkatida fazoviy kema dargʻasi boʻlib ishlaydi. Fry uni sevishini bilsa-da, ancha vaqtgacha u bilan yaqin munosabatlar boshlashdan bosh tortadi.
Bender Bending Rodríguez (John DiMaggio)
Bender piyonista, sigara ishqibozi, mayda oʻgʻri, mizantrop, xudbin robotdir. Meksika zavodlaridan birida metall egish uchun maxsus ishlab chiqarilgan bu robot Planet Expressda savdo menejeri yordamchisi va keyinchalik oshpaz boʻlib ishlaydi. U Fryning eng yaqin doʻsti va xonadoshi hamdir.
Professor Hubert J. Farnsworth (Billy West)
Taxminan 168 yashar Professor Hubert Farnsworth Fryning uzoq jiyani va yagona tirik qarindoshidir. Farnsworth oʻzining gʻaroyib tajriba va ixtirolari ustidagi ishlariga ketadigan xarajatni qoplash uchun Planet Expressga asos solgan.
Dr. John A. Zoidberg (Billy West)
Zoidberg Decapod 10 sayyorasidan kelgan qisqichbaqasimon kelgindidir. Planet Expressda tabib vazifasida ishlasa-da, uning odam anatomiyasidan ham deyarli xabari yoʻq. Zoidberg qashshoq hayot kechiradi va uning Frydan boshqa doʻsti yoʻq.
Amy Wong (Lauren Tom)
Amy Planet Expressda amaliyot oʻtayotgan muhandis-talaba qizdir. Mars sayyorasida uning badavlat ota-onasi yashaydi. Marsda tugʻilgan boʻlsa-da, xitoylik qilib tasvirlangan.
Hermes Conrad (Phil LaMarr)
Hermes Planet Express buxgalteridir. Yamaykalik Hermes 37-darajali qogʻozboz boʻlib, bundan juda faxrlanadi. Shuningdek u limbo oʻyini chempioni hamdir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]