Futbol toʻpi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Futbol toʻpi.

Futbol toʻpi futbolda oʻynaluvchi sharsimon toʻpdir. Futbol qoidalariga koʻra toʻpning aylanasi 68-70 sm, massasi 410—450 g, ichki havo bosimi 55-80 kPa, usti charm yoki shunga oʻxshash material bilan qoplangan boʻlishi zarur.[1]

Futbol toʻplarini bir qolipga keltirish 1863-yilda, toʻplarning qanday boʻlishi haqidagi qoidalar joriy etilishi bilan boshlandi. 1872-yili bu qoidalarga oʻzgartirishlar kiritildi.

Hozirgi toʻplar 32 yoqli sharsimon ikosaedr shaklidadir, ulardan 12 tasi muntazam beshburchak, 20 tasi muntazam oltiburchakdir.

Ikosaedr va futbol toʻpi.

Futbol toʻplari avvalboshda bir rangli: jigarrang, oq boʻlgan. 1960-larda oq-qora televideniyedagi futbol matchlari efirlari uchun toʻplar oq-qora rangga boʻyala boshlandi. Rangli televideniye yoyilishi bilan bu odat keraksiz boʻlib qolib, endilikda toʻplar har xil ranglarga boʻyalmoqda.

Manbalar[tahrir]

{{Axtamov MIRAFZAL Anvar oʻgʻli 1993-yil 10-fevralda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tugʻilgan.Axtamov Mirafzal 1999-2008 yillarda 28-maktabda soʻngra 2008-2011 yillarda Buxoro Olimpiya Zaxiralari Sport Kollejida,2014-2018 yillarda Buxoro Davlat Universiteti Jismoniy Tarbiya Fakultetida taʼlim olgan.Axtamov Mirafzal 2008-yil sport karrerasini boshlagan 2014-2016 yillar prafessional qoʻl jangchilar oʻrtasida 80-kg vaznda Oʻzbekiston chempioni,2018- yil Buxoroda oʻtkazilgan "H2H CHEMPIONLAR LIGASI"xalqaro turnirning mutloq gʻolibi.Hozirgi kunda MMA ( Mix Martial art) sport turlari bilan prafessional shugʻullanib kelmoqda.