Fragile

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Fragile“
Sting qoʻshigʻi
„...Nothing Like the Sun“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1988
Yozib olingan 1987
Janr Acoustic rock, jaz
Davomiyligi 3:54
Leybl A&M
Matn muallif(lar)i Sting
Prodyuser(lar) Sting
Sting xronologiyasi
„Englishman in New York“
(1988)
Fragile
(1988)
„They Dance Alone (Cueca Solo)“
(1988)

Fragile“ ingliz qoʻshiqchisi Sting ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning 1987-yilda eʼlon qilingan ...Nothing Like the Sun nomli ikkinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 1988-yilda singl oʻlaroq chiqarilgan. Tarona Birlashgan Qirollik singllar xit-paradida 70-pogʻonagacha koʻtarilgan. Bundan tashqari, ashula Stingning 1988-yilda eʼlon qilingan Nada como el sol nomli mini-albomi uchun „Fragilidad“ va „Fragil“ nomlari ostida mos ravishda ispan va portugal tillarida ham kuylangan.

Qoʻshiq 1987-yil Nikaraguada gidroenergetika loyihasi ustida ishlayotgan chogʻida Contras tomonidan oʻldirilib ketilgan amerikalik quruvchi-injener Ben Linder xotirasiga bagʻishlangan[1].

„Fragile“ qoʻshigʻi Stingning 2001-yil 11-sentyabr terror xurujlari oqshomida yozilgan ...All This Time nomli konsert-albomida ochilish qoʻshigʻi oʻlaroq xizmat qilgan. Sting ushbu ashulani violangel chaluvchi Yo Yo Ma bilan birgalikda Yutaning Salt Lake shahrida oʻtkazilgan 2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari ochilish marosimida ijro etgan. Bundan tashqari, qoʻshiq 1995-yilda Oscar mukofotiga nomzod boʻlgan The Living Sea nomli hujjatli filmda ham yangragan[2].

Trek-list[tahrir | manbasini tahrirlash]

UK 7" Single

  1. „Fragile“ -
  2. „Frágil“ (portugalcha) -

Bolivian 7" Single

  1. „Fragil“ -
  2. „Si Estamos Juntos“ -

UK CD Single/ UK 12" Single

  1. „Fragile“ — 3:45
  2. „Frágil“ — 3:50
  3. „Frágilidad“ — 3:52
  4. „Mariposa Libre“ — 4:54

Spanish 7" Single

  1. „Fragile“ — 3:54
  2. „Frágil“ (portugalcha) — 3:50

European 7" Single

  1. „Fragile“ — 3:54
  2. „Frágil“ (portugalcha) — 3:50

German 12" Maxi Single/ European CD Maxi Single

  1. „Fragile“ — 3:54
  2. „Up From The Skies“ — 10:06
  3. „Someone To Watch Over Me“ — 4:32

Uruguayan 7" Single

  1. „Fragile“ (ispancha) — 3:55
  2. „Conversation With A Dog“ — 3:34

Canadian 7" Single/ US 7" Single/ Japanese 3" CD Single/ Japanese Promo 3" CD Single

  1. „Fragile“ — 3:54
  2. „Fragilidad“ (ispancha) — 3:52

Portuguese 7" Single

  1. „Fragile“ — 3:54
  2. „Frágil“ (portugalcha) — 3:52

US Promo 7" Single

  1. „Fragile“ — 3:54
  2. „Fragile“ — 3:54

French 7" Single/ French CD Single

  1. „Fragil“ (portugalcha) — 3:50
  2. „Mariposa Libre“ — 4:54

Spanish 7" Single

  1. „Fragilidad“ — 3:52
  2. „Fragil“ (portugalcha) — 3:50

Mexican 7" Promo Single

  1. „Fragilidad“ — 3:52
  2. „Fragilidad“ — 3:52

French 12" Promo Single

  1. „Fragil“ (portugalcha) — 3:50
  2. „Fragil“ (portugalcha) — 3:50

Chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haftalik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chart (1988) Chart
oʻrni
Belgiya bayrogʻi Belgiya (Ultratop 50 Flanders)[3] 11
Fransiya bayrogʻi Fransiya (SNEP)[4] 94
Olmoniya bayrogʻi Germaniya (Official German Charts)[5] 92
Italiya bayrogʻi Italiya (FIMI)[6] 25
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya (Dutch Top 40)[7] 10
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya (Single Top 100)[8] 12
Polsha bayrogʻi Polsha (LP3)[9] 1
Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya (Schweizer Hitparade)[10] 64
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart)[11] 70

Yillik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chart (1988) Oʻrni
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya (Dutch Top 40)[12] 82
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya (Single Top 100)[13] 92
Polsha bayrogʻi Polsha (LP3)[14] 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „> Discography > Fragile, CD“. Sting.com. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2015-09-24 sanasida arxivlangan)
  2. The Living Sea: Soundtrack from the Imax film
  3. "Sting – Fragile" (niderlandcha). Ultratop 50. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  4. "Sting – Fragile" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  5. "Sting – Fragile" (olmoncha). GfK Entertainment Charts. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  6. "Sting – Fragile". Top Digital Download. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  7. "Nederlandse Top 40 – week 23, 1988" (niderlandcha). Dutch Top 40. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  8. "Sting – Fragile" (niderlandcha). Single Top 100. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  9. „Lista Przebojów Programu 3“ (pl). LP3. Qaraldi: 2020-yil 14-may.
  10. "Sting – Fragile". Swiss Singles Chart. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  11. "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  12. „Top 100-Jaaroverzicht van 1988“. Dutch Top 40. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  13. „Jaaroverzichten – Single 1988“. dutchcharts.nl. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  14. „Podsumowanie roku 1988 na LP3.“ (pl). LP3. Qaraldi: 2020-yil 14-may.