Musiqiy albom
Musiqiy albom deb standart formatda chiqarilgan musiqiy asarlar toʻplamiga aytiladi. "Albom" atamasidan foydalanishga birga sotilayotgan bir necha gramplastinkalarning albomsimon muqovaga solinishi turtki boʻlgan.
Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hajmiga koʻra[tahrir | manbasini tahrirlash]
- LP (ingl. Long Play) yoki standart albom - bitta 12 dyuymlik plastinka yoki kompakt-diskda chiqarilgan albom; 30-80 daqiqa davomiylikdagi musiqa yoziladi.
- EP (ingl. Extended Play) yoki mini-albom - LPdan kichik, lekin singldan kattaroq albom.
- Boks-set (ingl. box set) - bir necha LPlardan iborat toʻplam.
Tarkibiga koʻra[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Studiyaviy albom - ovoz yozish studiyasida yozilgan albom.
- Jonli albom - jonli ijro (konsertlar) paytida yozib olingan albom.
- Terma - bir yoki bir necha ijrochining asarlari yigʻilgan albom.
Boshqa turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Bootleg - norasmiy albom. Yashirin, odatda noqonuniy yoʻl bilan chiqariladi.
- Demo - ijrochining asarlarini namoyish etish va baholash maqsadida chiqarilgan sinov albomi.
- Konseptual albom - tarkibidagi asarlari maʼlum bir gʻoya (konsepsiya) atrofida birlashgan albom.
- Soundtrack yoki ovoz yoʻlakchasi - filmda ishlatilgan musiqiy asarlar toʻplami.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |