Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Yorqulov Husan/qumloq

Koordinatalari: 33°43′27″S 18°57′21″E / 33.72417°S 18.95583°E / -33.72417; 18.95583
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Paarl
Shaharcha
Yorqulov Husan/qumloq is located in Western Cape
Yorqulov Husan/qumloq
Yorqulov Husan/qumloq is located in South Africa
Yorqulov Husan/qumloq
Yorqulov Husan/qumloq is located in Africa
Yorqulov Husan/qumloq
Mamlakat Janubiy Afrika Respublikasi
Provinsiya Gʻarbiy Cape
Hukumat
Asos solingan 1687-yil
Maydon 64.61[1] km2 (24.95 kv mi)
Balandlik 120 m
Aholisi
 (2023)
285 574 [1]
Zichligi 4,400 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+2
Telefon kodi 021
Pochta indeks(lar)i 7646
7620

Paarl – Janubiy Afrikaning Gʻarbiy Cape provinsiyasida joylashgan 285 574 aholiga ega shaharcha. Bu Cape Winelandsdagi eng katta shaharcha. Mbekweni shahrining rivojlanishi tufayli shaharcha hozirda Wellington bilan amalda shahar birlashmasidir. U taxminan Gʻarbiy Cape provinsiyasidagi Cape Town shahridan 60 kilometr (37 mi) shimoli-sharqda joylashgan va oʻzining manzarali muhiti, uzumchiligi hamda bogʻdorchilik anʼanalari bilan mashhur[manba kerak].

Paarl – Drakenstein mahalliy munitsipalitetining markazi. Shaharcha Cape Town metropolitenining bir qismi boʻlmasa-da, uning iqtisodiy tarkibiga kiradi. Paarl Janubiy Afrika toponimlari orasida kam uchraydi boʻlib, ingliz tilida afrikaans tiliga qaraganda boshqacha talaffuz qilinadi. Paarl 1990-yil 11-fevralda xalqaro eʼtiborni qozondi. Oʻsha kuni Nelson Mandela Paarldagi Viktor Verster axloq tuzatish markazidan (hozirgi nomi Drakenstein axloq tuzatish markazi) chiqib, 27 yillik qamoq muddatini yakunladi. Bu voqea xalqaro televideniyeda toʻgʻridan-toʻgʻri efirda namoyish etildi. Mandela ozodlikka chiqishi bilan Janubiy Afrikaning irqchilikdan keyingi davri, xususan, koʻp irqli saylovlar sari qadam tashladi[2]. Mandela bu yerda uch yil qamoqda, alohida uyda yashagan. Bugungi kunda qamoqxona tashqarisida Mandelaning bronza haykali turibdi. Paarl 2003-yilgi Kriket bo‘yicha jahon chempionatining uchta oʻyiniga mezbonlik qilgan. Mevalarning koʻp qismi manbasi boʻlgan Ceres vodiysi shimoli-sharqqa bir soatlik masofada joylashganiga qaramay Ceres Fruit Juices kompaniyasining bosh shtab-kvartirasi shaharda joylashgan.

Bu tuman Pearl togʻi yoki „Paarl Rock“ bilan mashhur. Bu ulkan granitli togʻ jinsi uchta dumaloq doʻnglikdan iborat. Paarl qoyasi intruziv magmatik jinslardan tashkil topgan.

Bu hudud birinchi Paarl nomi bilan tanilgan boʻlib, bu hududda hali ham Gottentotlar istiqomat qiladi. Berg daryosi vodiysi bilan ajratilgan bu hududda Gottentotlar xalqi va Cocoqua xalqi yashaydi. Cocoqualar chorvadorlar boʻlib, Gottentotlar qabilalarining eng boylaridan edi. Ular 16-18 ming kishiga ega boʻlib, dastlab Paarl togʻi deb nomlangan yaʼni „!hom ǃnāb/s“ toshbaqa togʻi degan maʼnoni anglatadi[3].

Jan van Riebeeck rahbarligidagi Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi Table Bay sohilida Gottentotlar xalqi bilan goʻsht savdosi aloqalarini oʻrnatgan. 1657-yilda ichki yangi savdo aloqalarini oʻrnatish maqsadida, Abraham Gabemma yomgʻirdan soʻng quyosh nurida yarqirab turgan ulkan granit qoyani koʻrdi. U bu qoyani „de Diamondt en de Peerlberg“ (Olmos va Marvarid togʻi) deb atadi. Paarl nomining kelib chiqishi shu nomga borib taqaladi[4][5]. „Olmoslar“ soʻzi nomdan yoʻqoldi va u oddiygina Pearl Rock yoki Pearl Mountain nomi bilan mashhur boʻldi.

1687-yilda gubernator Simon van der Stel hududdagi birinchi mustamlaka xoʻjaliklariga „erkin burgherlar“ unvonini bergan. Keyingi yili fransuz gugenotlari Gʻarbiy Capega kelishgan va hududdagi fermer xoʻjaliklariga joylashishni boshlaganlar[3]. Bu mintaqaning unumdor tuprogʻi va O‘rta yer dengiziga oʻxshash iqlimi dehqonchilik uchun yaxshi sharoit yaratgan. Yangi koʻchib kelganlar bogʻlar, sabzavotzorlar, eng muhimi, tokzorlar barpo etishgan[6]. Shunday qilib, Paarlning uzun tarixi Janubiy Afrikaning asosiy vino va meva ishlab chiqaruvchi hududi sifatida boshlanadi.

1875-yilda oʻz ona tilida taʼlim olish istagida boʻlganlardan bir jamoat tuzildi. Bu oʻz gʻoyalariga odamlarni undash va ishontirishga harakat qilgan van der Lingen gʻoyasining natijasi edi. Jamoat mablagʻ yigʻib „Toring Kerk“ (Minora cherkovi) deb nomlanuvchi cherkov qurishni boshlaydi. Qurilish 1905-yilda yakunlangan. Cherkovda London va Misrdan olib kelingan buyumlar mavjud[7].

Yevropalik koʻchmanchilarning kelishi Gottentotlar xalqi bilan yer va suv resurslari borasida ziddiyatga olib kelgan. Gottentotlarning yerdan jamoaviy foydalanish anʼanalari koʻchmanchilarning xususiy mulk tushunchasiga zid keldi. Gottentotlar mahalliy urushda magʻlubiyatga uchragan va Yevropadan kirib kelgan kasalliklar tufayli yanada kamayib ketgan. Aholi Oranj daryosi boʻylab ichki hududlarga tarqalib ketgan yoki koʻchmanchilarning fermalarida ishchilarga aylangan[3].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra, 32,2 km² (12,4 kvadrat milya) hududda Paarl shahri aholisi 20 138 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 82 713 kishini tashkil etgan. Aholining 67,8 foizi oʻzini „rangli“, 21,2 foizi „oq tanli“, 10,5 foizi „qora afrikalik“ va 0,5 foizi „hind yoki osiyolik“ deb taʼriflagan. Lingvistik jihatdan aholining 85,6% ona tilisi boʻlmish, Afrikaans tilida, 8,5% xosa tilida va 5,2% ingliz tilida soʻzlashgan[8].

Paarl markazidagi Minora cherkovi
Paarl Rock
Paarldagi Afrikaanse Taalmonumenti

Mahallalar orasida De Zoete Inval (janubdagi oʻrta sinf turar-joy hududi), Courtrai (shaharning janubiy qismidagi boy turar-joy hududi), Markaziy Paarl (odatda Yuqori-Paarl deb ataladigan va koʻplab yuqori sinf turar-joy hududlarini oʻz ichiga olgan), Lemoenkloof (shaharning markaziy va shimoliy qismlari orasidagi yuqori sinf turar-joy hududi), Shimoliy Paarl (oʻrta sinf turar-joy hududi, shu jumladan Groenvlei hududi), Denneburg (oʻrta sinf turar-joy hududi) va Klein Parys (ikkalasi ham shaharning janubi-sharqida), Vrykyk (janubda), Charleston tepaligi (temir yoʻl chizigʻining sharqida) hamda shaharning sharqiy qismidagi Nyu-Orlean, Nyu-York, Amstelhof, Lantana va Klein Nederburg kabi hududlar mavjud. Shuningdek, Franschhoek yoʻli shaharning janubida Boschenmeer (golf maydoni), Val de Vie Estate (polo maydoni) va Pearl Valley (golf maydoni) kabi yirik darvozali mahallalar bor.

Shaharda mamlakatdagi eng mashhur hukumat akademik oʻrta maktablari, jumladan, Paarl gimnaziya oʻrta maktabi, La Rochelle qizlar o‘rta maktabi, Paarl oʻgʻil bolalar oʻrta maktabi, Paarl qizlar oʻrta maktabi, Boland qishloq xoʻjaligi oʻrta maktabi, Paulus Joubert oʻrta maktabi, Noorder Paarl oʻrta maktabi, Yangi Orlean oʻrta maktabi va Klein Nederburg oʻrta maktabi mavjud

  1. 1,0 1,1 „Paarl Population 2023“. Paarlpopulation2023.
  2. BBC on this Day 11 Feb 1990: Freedom of Nelson Mandela
  3. 3,0 3,1 3,2 „History of Paarl, Western Cape, South Africa“. 2011-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-mart.
  4. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named raper
  5. The concise illustrated South African Encyclopaedia. P. Schirmer, 1980. Central News Agency, Johannesburg. First edition, about 211pp
  6. A General Collection of the Best and Most Interesting Voyages and Travels in All Parts of the World, Vol XVI. John Pinkerton, 1814. London: Longman, Hurst, Rees, and Orme.
  7. NG Toringkerk pamphlet handed out by the church itself
  8. „Main Place 'Paarl'“. Census 2001. Qaraldi: 2011-yil 2-aprel.