Transmissiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Transmissiya (lotincha: transmissio — „uzatish“, „oʻtish“) — dvigateldan ish mashinalari (stanoklar, maydalagichlar va boshqalar) ga yoki mashinalarning ijro mexanizmlariga aylanma harakat uzatish uchun moʻljallangan qurilma. Transmissiya validan ish mashinalariga aylanma harakat uzatish, odatda, yuritma tasmalar (kontrprivodlar) orqali amalga oshiriladi. Keng maʼnoda — transmissiya deganda dvigatel validan mashinaning ish organlariga aylanma harakat uzatuvchi barcha qurilmalar majmui tushuniladi. Mas., avtomobil yoki traktoraa mexanik transmissiya tarkibiga kuch uzatmasi, ilashma (ssepleniye), kardanli uzatma, differensial mexanizm va boshqa qurilmalar kiradi. Kemalar, teplovozlar, yuk avtomobillari, traktorlarda gidromexanik (gidrotransformator va mexanik uzatmalar qutisi), gidrohajmiy (gidromotorli gidronasoslar) va elektromexanik (generator va elektr dvigatellar) transmissiyalardan foydalaniladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]