Markazga intilma kuch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Markazga intilma kuchmoddiy nuqta (jism)ning tezlik yoʻnalishiga tik taʼsir etib, unga markaz tomon yoʻnalgan intilma tezlanish beradigan kuch. Uning taʼsirida moddiy nuqta egri chiziq boʻyicha harakatlanganida miqdor jihatdan Markazga intilma kuchga teng, lekin unga qarama-qarshi yoʻnalgan markazdan kochma kuch hosil boʻladi. Markazga intilma kuch taʼsirida markazga intilma tezlanish vujudga kelib, u egrilik markaziga yoʻnaladi va moddiy nukta tezligi yoʻnalishini belgilaydi. Markazga intilma kuch ga teng; — moddiy nukta tezligi, — moddiy nuqta trayektoriyasining egrilik radiusi, markazga intilma tezlanish. Agar moddiy nukta radiusli aylana boʻyicha harakatlansa, markazga intilma tezlanishi yoki boʻladi; — moddiy nuqta harakatining burchak tezligi. Moddiy nuqta toʻgʻri chiziq boʻyicha harakat qilganda Markazga intilma kuch va markazga intilma tezlanish nolga teng boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil