Traktor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Traktor (ing . tractor, lot. traho — tortaman, tashiyman) — dvigatel yordamida xarakatlanuvchi gʻildirakli yoki gusenitsali (zanjirli) oʻziyurar mashina. T. qurilish, qishloq xoʻjaligi. ishlari va boshqa ishlarni bajarish, tirkama, oʻrnatma va yarim oʻrnatma jihozlarni tortish va harakatlantirish, muqim (statsionar) mashinalarni ishga tushirish uchun moʻljallangan.

Bugʻ mashinasi oʻrnatilgan birinchi gildirakli T. 1830 yilda Angliya va Fransiyada paydo boʻlgan, transport va harbiy ishda ishlatilgan. 1890 yilda AQSH da qishloq xoʻjaligi. ishlarida qoʻllanilgan. Gusenitsali T.ni Rossiyada D. A. Zagryajskiy (1837) va A. P. KostikovAlmazovlar (1889) ixtiro qilishgan. 1988 yilda rus mexanigi F.A. Blinov bugʻ mashinasi oʻrnatilgan gusenitsali T. yasab sinovdan oʻtkazgan. 1895 yilda rus ixtirochisi Ya. V. Mamin ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan oʻziyurar gildirakli arava ixtiro qilgan. AQShdagi "XartParr" (HartParr) firmasi 1901 yildan boshlab ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan gʻildirakli T. ishlab chikara boshladi. 1912 yildan AQShda, keyinchalik Germaniya va boshqa mamlakatlarda gusenitsapi T. ishlab chiqarila boshlandi. Oʻzbekistonda 1967 y. Toshkent traktor zdida paxtaga modifikatsiya qilingan gʻildirakli T. lar ishlab chikarila boshladi.

Yurish qismining tipiga qarab, qishloq xoʻjaligi. va sanoatda ishlatiladitan T.lar farqlanadi. T.ni yaratish va ishlab chiqarish. tipaj (namuna) tizimi boʻyicha amalga oshiriladi. Standartga muvofiq, tipaj tizimi quyidagi tortish sinflari (modellari)ga bulingan: 0,2; 0,6; 0,9; 1,4; 2; 3; 4; 5; 6; 8; 10; 15; 25; 35; 50. Bundan 0,2—8 gacha tortish sinfdagi T.lar, asosan, qishloq xoʻjaligi.da qolganlari sanoatda ishlatiladi. Ular orasida aniq farq qilinmaydi, chunki sanoat T.larining ayrimlari qishloq xoʻjaligi. T.lari asosida ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligi T.larining oʻziga xos xususiyati shundaki, ular qishloq xoʻjaligi.dagi texnologik jarayonlarning agrotexnik talablariga moye boʻladi; sanoat T.larining oʻziga xos xususiyati ekinlarni sugʻorish va botqoqliklarni quritish hamda yoʻllar qurish va boshqa ishlarida ishlatiladigan maxsus jihozlar (buldozer, trelyov oʻrnatiladigan va boshqalar)ning mavjudligi hisoblanadi.

Gusenitsali T.ning yurish qismi oʻrmalovchi gusenitsa (zanjir) bilan jiqozlangan. Gusenitsalarning tayanch sirti katta, tuproqqa solishtirma bosimi kam, tuproq bilan yaxshi tishlashadi. Shu tufayli tortish kuchi katta, kam shataksiraydi, oʻtish qiyin joylarda yura oladi. Biroq gʻildirakli T.ga nisbatan manyovrchanligi hamda turgʻunligi past boʻladi. Gʻildirakli T. manyovrchan, universal, yengil, ishlatish oson. Uning yoʻl tirqishi katta boʻlgani uchun ekinlarga zarar yetkazmay yura oladi. Ekin qator oralariga qarab bir oʻqdagi gʻildiraklar orasini oʻzgartirish mumkin. Toʻrt gʻildirakli T.larda 2 ta yoki 4 ta gʻildirak yetakchi, uch gʻildiraklarda 2 ta gʻildirak yetakchi boʻlishi mumkin.

Qishloq xoʻjaligi T.lari umumiy ishlarga moʻljallangan (tuproqqa yoppasiga ishlov berish, ekish va boshqa uchun), universal chopiq (egatlar orasiga ishlov berish uchun); maxsus (bogʻpoliz, tokzor va boshqa uchun) xillarga boʻlinadi. Umumiy ishlarga moʻljallangan T. yer haydash, ekin ekish, yoppasiga kultivatsiya qilish, yigʻimterim va boshqa ogʻir ishlarda qoʻllaniladi. Dvigateli kuchli, tortish kuchi katta, yoʻl tirqishi kichik boʻladi. Universalchopiq T., asosan, chopiq qilish va hosilni yigʻishda ishlatiladi. Tortish kuchi umumiy ishlarga moʻljallangan T.larnikidan kichik, yoʻl tirqishi ancha katta boʻladi. Uzatmalar soni koʻp, gʻildiraklar orasini qator oralarining kengligiga moslab oʻzgartirish mumkin. Maxsus T. universalchopiq yoki haydov T.lari asosida yaratiladi va, asosan, yurish qismining tuzilishi bilan farklanadi. Mas., paxtachilikka moslashtirilgan TTZ60.11 yoki TTZ80.11 tipidagi T.larda bitta oddingi va ikkita yetakchi ketingi gʻildiraklar boʻladi, ketingi koʻprik esa teleskopik qilib yasaladi.

T. qismlari: ostov (koʻtaruvchi qism), dvigatel, transmissiya, yurish kismi, boshqarish mexanizmi, ish va yordamchi jihozlar. [[Dizelli ichki yonuv dvigateli (q. [[Dizel) oʻrnatilgan T. koʻp tarqalgan. Bunda dizel yonilgʻisining issiqlik energiyasi tirsakli valni, undan butun mashinatraktor agregatini harakatga keltiradi. Transmissiya dvigateli ing mexanik energiyasi (aylantiruvchi moment, aylanish chastotasi) ni harakatlantirgichlar (yengil gʻildiraklar yoki yulduzchalar) ga uzatadi. Transmissiyaning asosiy elementlari: tishlashish muftasi, uzatmalar qutisi, asosiy va oxirgi uzatmalar, burish mexanizmi. Tishlashish muftasi yordamida dvigatel transmissiyadan ajratiladi va unga oxista ulanadi. Uzatmalar qutisi harakat tezligi va tortish kuchining kattaligi hamda yoʻnalishini oʻzgartiradi. Asosiy uzatma boʻylama vallardan harakatni koʻndalang vallarga uzatadi hamda umumiy uzatish sonini oshiradi. Oxirgi uzatma (silindrik reduktorlar) aylanish chastotasini oxirigacha pasaytiradi va yetakchi gʻildiraklar yoki yulduzchalarga uzatilayotgan aylantiruvchi momentni oshiradi, kerakli yoʻl tirqishini hosil qilishga yordam beradi. T.ning burish mexanizmi (gʻildirakli T.da — differensial, gusenitsali T.da — friksion muftalar yoki planetar mexanizmlar) yurish qismining yetakchi elementlariga turli tezliklarda aylanish imkonini beradi; bu esa T.ga egribugri yoʻllarda harakatlanishga imkon beradi. Yurish qismi aylanma harakatni ilgarilanma harakatga aylantiradi, shuningdek, T.dan tushgan yukni tuproqqa uzatadi va bu bilan T.ning manyovrchanligini oshiradi. U yoʻnaltiruvchi gʻildiraklar yoki zanjirni harakatlantirgichlar va yurish qismlarini T.ning ostoviga biriktiruvchi elementlardan iborat. Boshqarish mexanizmi (rul boshqarmasi, tormozlar) alohida agregatlarni ham, butun T.ni ham boshqarishni taʼminlaydi. Zamonaviy T. haydovchining mehnatini yengillashtirish uchun gidravlik, pnevmatik va mexanik kuchaytirgichlar bilan jihozlangan; shuningdek, ish oʻrnida kerakli sanitariyagigiyena sharoitlari yaratilgan. Ish jihozlariga tirkash qurilmalari, oʻrnatma tizimlar, quvvat olish vali, harakatlantirish shkivi, harakat tezliklarini kamaytirish uchun sekinlashtirgich, differensialni blokirovkalash tizimi, yoritish tizimi va signalizatsiya, yetakchi gʻildiraklarni vazminlashtirgich, tekshirishoʻlchash apparatlari va boshqa kiradi. T.ning konstruksiyalari materiallar hajmini kamaytirish, dvigatelning quvvati va ish tezligini oshirish, T.ning tortish sifatini, shuningdek, mexanizatorlarning sanitariyagigiyena sharoitlarini yaxshilash boʻyicha takomillashtirilmoqda.

Toshkent traktor zdida qismlar komplekti Xitoydan keltirib yitiladigan quvvati 30 o.k.ga teng boʻlgan dvigatel oʻrnatilgan BY30402 va BY300 rusumli, quvvati 80 o.k.ga teng boʻlgan dvigatel (Belorussiyadan keltiriladigan) oʻrnatiladigan TTZ8010 va TTZ8011 rusumli, quvvati 60 o.k.ga teng boʻlgan dvigatel (Vladimir shahridan keltiriladigan) oʻrnatiladigan TTZ6010 va TTZ6011 rusumli, quvvati 100 o.k.ga teng boʻlgan dvigatel ("Kamens" firmasidan keltiriladigan) oʻrnatiladigan TTZYUOK10 va TTZYUOK11 rusumli T.lar ishlab chiqarilmoqda. BY300 va BY3042 rusumli T. dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun moʻljallangan boʻlib, ular "Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding" kompaniyasida ishlab chiqariladigan PN230 plugi, MO’S0,18 mineral oʻgʻit sochgichi, PPO2 sabzavot urugʻlarini sepgich, FYC02 frontalyuklagich, NO2,1 meliorativ qurollar, R 0.1 V rotatsion motiga, BZTX.OOOSB tishli boronalar agregatlanishi mumkin. TTZ100K11, TTZ8011, TTZ6011 rusumli T.lar paxtachilik T.lari boʻlib, qator oralari keng maydonlarda gʻoʻzaga ishlov berish va paxtani terib olish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashtirishda oʻrnatma, yarim oʻrnatma, tirkama mashinalar va ish qurollari bilan agregatlash uchun moʻljallangan. TTZ100K10, TTZ8010, TTZ6010 rusumli T.lar universalchopiq T.lari boʻlib, turli xil qishloq xoʻjaligi. ishlarini bajarishga moʻljallangan; ularga oʻrnatma uskunalar, tirkama mexanizmlar va boshqa ish qurollari tirkalishi mumkin.