Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Kataloniya mustaqillik harakati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kataloniya milliy bayrogʻi
Kataloniya konstitutsiyasining qabul qilinishini yoqlab koʻchaga chiqan 1,5 million kishining namoyishi (2006-yil 10-may)
Kataloniya mustaqilligi uchun 1,5 million kishining namoyishi (2012-yil 11-sentyabr)
2017-yilgi Mustaqillik referendumi byulleteni
Kataloniya rahbari va 700 ta mer 2017-yilgi mustaqillik referendumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha yigʻilishda.
2017-yilgi mustaqillik referendumi oldidan Kataloniya milliy saroyidagi miting.
2017-yilgi referendum

Kataloniya mustaqilligi uchun harakat (Kataloniya Independismo, kat. Independentisme català, ispancha: Independentismo catalán) – siyosiy harakat, katalonizmning tarmoqlaridan biri boʻlib, uning vakillari Kataloniya millatining tarixiy va madaniy mustaqilikini eʼlon qiladi va Kataloniyaning toʻliq suverenitetini (mustaqilligini) olishga intiladi. Kataloniya mustaqillik harakati Shotlandiya separatizmi bilan bir qatorda Yevropadagi eng ommaviy va eng yaqin ayirmachilik harakati sifatida baholangan.

Milliy bayroq Estelada – harakatning asosiy ramzi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtgan asrlarda davomida Ispaniya qirolligi tarkibiga kirgan Kataloniyada tez-tez qo'zg'olonlar boʻlib turgan. 1871-yilda Kataloniya Ispaniyadan ajralib chiqishga harakat qilgan, ammo markaziy hukumat bilan muzokaralardan soʻng u Ispaniya Qirolligi tarkibida qolgan.

XX asr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zamonaviy Kataloniyada separatizm harakatlari XX asrning boshlarida boshlangan. Urushdan oldingi qirollik Ispaniyada kataloniyaliklar birinchi jamoat Kataloniya Hamdo'stligini, soʻngra Kataloniya avtonom viloyatini tuzishga erishganlar.

1930-yillarda Kataloniya yana mustaqilligini eʼlon qilishga urinadi, ammo fuqarolar urushida gʻalaba qozongan F. Franco diktaturasiga qarshi markaziy respublika hukumati bilan birlashdi. Franco rejimi davrida kataloniyaliklarning qatagʻon qilinishi Kataloniya mustaqillik harakatining ommalashishiga katta hissa qoʻshgan.

1979-yilda Kataloniya avtonom maqomga ega boʻldi, soʻngra Kataloniya tili rasman tan olindi. 2006-yilda Kataloniya moliyaviy mustaqillikka erishgan holda yangi avtonom maqomni qabul qildi.

XXI asr[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-2010-yillarda Kataloniya mustaqilligi boʻyicha norasmiy referendum soʻrovlari oʻtkazildi, unda 90% dan ortiq kishilar mustaqillik tarafdori boʻldi. 2012-yil sentyabr oyida „Mustaqillik marshi“ paytida butun Kataloniya boʻylab ommaviy namoyishlar boʻlib oʻtgan. Namoyishlarda 1000 dan ortiq kishi „Kataloniya Yevropadagi yangi davlat“ shiori ostida ishtirok etdi.

2012-yil 25-noyabrda boʻlib oʻtgan mintaqaviy saylovlardan soʻng, 2013-yil 23-yanvarda parlament Kataloniya suverenitet deklaratsiyasini eʼlon qildi („Kataloniya Ispaniya tarkibidagi suveren siyosiy va yuridik shaxs“) va 2014-yilda ajralib chiqish boʻyicha referendum oʻtkazilishi rejalashtirildi[1].

2013-yilning 12-dekabrida Kataloniya hukumati 2014-yil 9-noyabrga oʻz taqdirini oʻzi belgilashi uchun referendum oʻtkazishni eʼlon qildi[2][3]. Ispaniya hukumati esa referendum oʻtkazilishi kerakligiga ishonmadi. Natijada, Ispaniya parlamentining 2014-yil 13-apreldagi va Ispaniya Konstitutsiyaviy sudining 2014-yil 27-sentyabrdagi qarori hamda Kataloniya hukumatining 2014-yil 14-oktabrdagi qarori bilan referendum oʻtkazish toʻxtatib qoʻyildi. 2014-yil 9-noyabrda yuridik kuchga ega boʻlmagan Kataloniyaning siyosiy kelajagi boʻyicha soʻrov oʻtkazildi, soʻrovnomada saylovchilarning 80,8 foizi mustaqillik tarafdori boʻlishgan (2,25 million kishi soʻrovnomada ishtirok etgan)[4].

2015-yilning 27-sentabrida Kataloniyada navbatdan tashqari parlament saylovlari boʻlib oʻtdi.

2015-yil 27-oktabrda Kataloniyaning „Ha uchun birga“ koalitsiyasi (Junts pel Sí) va Xalq birligi uchun nomzodlar (CUP) parlamentning mustaqillik toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasi loyihasini kelishib olgan. Bu hujjat „respublika shaklidagi mustaqil Kataloniya davlatini yaratish jarayoni boshlanganini“ eʼlon qilagan[5].

2015-yil 9-noyabrda Kataloniya parlamenti Ispaniyadan ajralib chiqish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani qabul qilishni yoqlab ovoz berdi (73 ta yoqlab, 62 ta qarshi). Rezolyutsiyani qabul qilishdan avval Kataloniya Konstitutsiyaviy sudining plenumi qarori qabul qilingan. Qaror 11 nafar sudya tomonidan bir ovozdan qabul qilindi[6]. Saylov natijalari eʼlon qilingandan soʻng, gʻalaba qozongan partiyalar yetakchilari „mustaqillik uchun aniq mandat“ olganliklarini eʼlon qilishdi va Kataloniya mustaqilligi boʻyicha „yoʻl xaritasi“ni amalga oshirishni rejalashtirganliklarini takidlashgan. Rezolyutsiyada 18 oy ichida hukumat tuzilmalarini shakllantirilishi va Kataloniya uchun yangi konstitutsiyani ishlab chiqilishi nazarda tutilgan edi[7]. 2015-yil 2-dekabrda Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi Kataloniya mustaqilligi haqidagi rezolyutsiyani konstitutsiyaga zid deb topgan.

2022-yilda Kataloniyada mustaqillik uchun mitinglar boshlandi, unda 150-700 ming kishi qatnashgan.

2017-yilgi referendum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 9-iyun kuni Kataloniya mustaqilligi boʻyicha referendum oʻtkazish 2017-yil 1-oktabrga belgilangani maʼlum boʻldi[8]. Referendumda quyidagi savol berilgan: „Siz Kataloniya respublika shaklida mustaqil davlat boʻlishini xohlaysizmi?“[9]. 2017-yil 1-oktabrda muxtoriyat hokimiyati bir tomonlama referendum oʻtkazgan. Referendumda ishtirokchilarning 90 foizi Kataloniyaning Ispaniyadan ajralib chiqishini yoqladi. Ispaniya hukumati politsiyasi tomonidan saylov uchastkalarida saylovchilarga nisbatan qoʻpol kuch ishlatish yoʻli bilan Kataloniyani yoqlab ovoz berishni oldini olishga urinishlari natijasida 2017-yil 3-oktabrda Kataloniya kasaba uyushmalari umumiy ish tashlashni uyushtirishdi[10].

2017-yil 27-oktabrda mintaqaviy parlamentda Kataloniya mustaqilligi eʼlon qilindi. Ispaniya markaziy hokimiyati esa Ispaniya Konstitutsiyasining 155-moddasiga muvofiq Kataloniyada muxtoriyatning toʻxtatilishi va toʻgʻridan-toʻgʻri boshqaruv joriy etilishini eʼlon qildi.

2017-yil 3-noyabrda Ispaniya rasmiylari Kataloniya hukumatining sakkiz nafar aʼzosini hibsga oldi. 4-noyabr kuni esa Ispaniya hukumati Kataloniya prezidenti Karles Puchdemonni hibsga olish uchun xalqaro order berildi[11].

2017-yil 21-dekabrda Ispaniya markaziy hokimiyati tomonidan Kataloniya parlamentiga muddatidan oldin saylovlar oʻtkazishni eʼlon qilindi. Natijada, mutlaq koʻpchilik mintaqa mustaqilligi tarafdorlari taziqida qoldi (47,5 foiz ovoz va 70 parlament). Referendumdan keyin Bryusselga qochgan Puchdemont ovoz berish natijalarini Kataloniya Respublikasining Ispaniya hukumati ustidan gʻalabasi deb hisoblagan[12]. Shu bilan birga, Kataloniyani Ispaniyadan ajratishga qarshi boʻlgan „Fuqarolar“ partiyasining fraksiyasi rahbari Ines Arrimadas ham Puchdemontning gʻalabsini eʼlon qilgan[13].

2019-yilning 14-oktabr kuni Ispaniya Oliy sudi 2017-yilgi mustaqillik referendumini tashkillashtirishda ishtirok etgan toʻqqiz kataloniyalik siyosatchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularga nisbatan qoʻzgʻolon koʻtarganlik ayblovlari olib tashlandi. Ammo byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirgani uchun Kataloniya vitse-prezidenti Oriol Junqueras 13 yilga ozodlikdan va davlat lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi. Kataloniyaning tashqi ishlar vaziri Raul Romeva xuddi shunday ayblovlar bilan 12 yilga, parlament raisi Karme Forkadel 11 yilga, Ichki ishlar vaziri Joaquim Forn va Hududiy rivojlanish vaziri Josep Rull 10 yilga qamoq jazosiga hukum qilindi. Yana ikki faol toʻqqiz yilga, qolganlariga boʻysunmaganlik uchun jarima va davlat lavozimlarida ishlash taqiqlandi[14].

Paseo de Grasiyadagi „Ozodlik marshi“ 2019-yil 18-oktyabr (Barselona)

2019-yil 14-oktyabr kuni Kataloniyaning koʻplab shaharlarida ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan. Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari mitinglar oʻtkazdi, avtomobil va temir yoʻllarni toʻsib qoʻydi, Barselona aeroportida politsiya bilan toʻqnashuvlar sodir boʻlgan[15]. 15-oktyabr kuni Barselonadagi norozilik namoyishlarida 40 ming kishi qatnashgan. Namoyishchilar politsiyaga qarata turli buyumlar uloqtirishgan, toʻsiqlarni buzib tashlashgan, chiqindi konteynerlariga oʻt qoʻyishgan, shuningdek Ispaniya hukumati vakolatxona binolarini yorib oʻtishga harakat qilishgan. Politsiya tayoq va rezina oʻqlarda namoyishchilarga qarshi chiqqan. Natijada, 74 kishi jarohatlangan[16]. 18-oktabr kuni Kataloniyada umumiy norozilik namoyishi boshlangan. Shu kuni Barselona markazida yuz minglab odamlar toʻplangan va shahar markazidagi deyarli barcha yoʻllar toʻsib qoʻyilgan. 18-oktabrga kelib, Kataloniyaning turli shaharlarida sodir boʻlgan toʻqnashuvlar chogʻida 500 dan ortiq kishi, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlarining 200 nafar vakili yaralangan, yuzga yaqin kishi hibsga olingan[17][18].

Kataloniya referendumi turli ommaviy axborot vositalarida keng tanqid qilingan. Ovoz berishda ishtirok etgan xalqaro kuzatuvchilar referendum xalqaro standartlarga javob bermaganini qayd etganlar. Shuningdek, kuzatuvchilar ovoz berishni bostirishda ispan politsiyasi tomonidan qoʻllanilgan haddan tashqari zoʻravonlikni qoralagan[19].

2021-yil sentabrida ispan gazetalari, shuningdek, Amerikaning "New York Times" gazetasi va Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni oʻrganish boʻyicha xalqaro jurnalistik markazi Ispaniya politsiyasi tomonidan Puchdemont shtab boshligʻi Xosepning telefondagi suhbati maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Puchdemontning idorasi bayonotida aytilishicha, Alayaning telefon yozishmalarining bir qismi kontekstdan olib tashlangan va uning boshqa davlatlar bilan aloqalari haqidagi koʻplab xabarlari ataylab oʻchirilib yuborilgan[20][21].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Katalonizm
  • Kataloniya mustaqilligi boʻyicha norasmiy referendumlar
  • Kataloniyadagi norozilik namoyishlari (2012)
  • Kataloniya Respublikasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Каталония провозгласила себя суверенным субъектом“. 2013-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-yanvar.
  2. desembre 2013 President Mas: „El sentit de país ha fet possible el consens per acordar una pregunta inclusiva, majoritària i clara“Andoza:Недоступная ссылка
  3. „La consulta, el 9 de novembre de 2014: «Vol que Catalunya esdevingui un Estat? En cas de resposta afirmativa, vol que aquest Estat sigui independent?», editor=Govern de Catalunya“. 2013-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  4. „За независимость Каталонии проголосовали более 80 процентов“. Лента.ру (2014-yil 10-noyabr). 2017-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyun.
  5. „Глава МИД Испании назвал ситуацию в Каталонии мятежом“. 2015-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-noyabr.
  6. „Парламент Каталонии одобрил резолюцию об отделении от Испании“. 2015-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-noyabr.
  7. „BOPC 007/11“. 2017-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  8. „Глава правительства Каталонии назвал дату референдума о независимости“ (ru). РИА Новости (9-iyun). 2017-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  9. „Глава Каталонии заявил, что в Испании не нашли альтернативу референдуму“ (ru). РИА Новости (9-iyun). 2017-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  10. „В Каталонии в день всеобщей забастовки на улицы вышли сотни тысяч человек“ (ru). РИА Новости (3-oktyabr). 2017-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-oktyabr.
  11. Ralph Ellis and Flora Charner. „Spain issues arrest warrant for ex-Catalan leader Carles Puigdemont“ (en). CNN (2017-yil 4-noyabr). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.
  12. Hannah Strange. „Catalonia’s pro-independence parties declare victory in critical regional election“ (en). The Telegraph (2017-yil 22-dekabr). 2017-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-dekabr.
  13. James Badcock. „Who is Inés Arrimadas, darling of Catalonia's 'silent majority'?“ (en). The Telegraph (2017-yil 22-dekabr). 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-dekabr.
  14. Sam Jones and Stephen Burgen. „Catalan separatist leaders given lengthy prison sentences“ (en). The Guardian (2019-yil 14-oktyabr). 2019-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-oktyabr.
  15. „В аэропорту Барселоны произошли столкновения между митингующими и полицией“. 2019-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-oktyabr.
  16. „В ходе беспорядков в Каталонии за сутки пострадали более 70 человек“. 2019-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-oktyabr.
  17. „В Каталонии началась всеобщая забастовка“. 2019-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-oktyabr.
  18. „Сторонники независимости Каталонии заблокировали центр Барселоны“. 2019-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-oktyabr.
  19. Colomé, Jordi Pérez. „La misión de observadores concluye que el referéndum no cumple los "estándares internacionales"“. El País (2017-yil 3-oktyabr). 2021-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-fevral.
  20. „Бывший лидер каталонских сепаратистов отвергает подозрения в сотрудничестве с Россией“. Радио Свобода (2021-yil 7-sentyabr). 2021-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
  21. „Бывший лидер каталонских сепаратистов отвергает подозрения в сотрудничестве с Россией“. Русская служба Би-би-си (2021-yil 3-sentyabr). 2021-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.