Katalonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Katalonlar (oʻzlarini katalans deb atashadi) — Ispaniyadagi xalq. Asosan, Kataloniyada (7,5 mln. kishi), shuningdek, Fransiyada (250 mingga yaqin kishi). Italiyada (30 ming kishi), Amerikada (350 ming kishi) ham yashaydilar. Umumiy soni 8,16 mln.kishi (1990-yillar oʻrtalari). Katalan tilitsya soʻzlashadilar. Yevropeoid irqiga mansub. Dindorlari — katoliklar.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil