Foydalanuvchi:Jahon1116/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qo'qon shamoli
Rejissyor(lar) Dilmurod Masaidov
Prodyuser(lar) Mahmud Erkaboyev
Ssenariynavis(lar) Dilmurod Masaidov
Zebo Qobilova
Kinematografiya Husan Aliyev
Studiya(lar) “Dilshoh media”
Davomiyligi 111 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til O'zbek tili
Byudjeti 150 ming dollar

Qoʻqon shamoliQo‘qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o‘sha davr chigalliklari haqida bo‘lib, asosan Qo‘qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qiluvchi tarixiy film.

Film haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Kinematografiyasi agentligi buyurtmasiga asosan prodyuser Mahmud Erkaboyev va rejissor Dilmurod Masaidov „Qo‘qon shamoli“ nomli tarixiy film suratga olingan. “Qo‘qon shamoli” nomli tarixiy filmning ssenariysi 2018-yilning iyul oyida “O‘zbekkino” Badiiy kengashidan o‘tgan[1]. Dastlabki tayyorgarlik ishlari bir necha oy davom etdi. Film Zebo Qobilovaning „Aybsiz aybdor“ deb nomlangan ssenariysi asosida yaratildi va badiiy kengashining tavsiyasi bilan "Qoʻqon shamoli nomiga almashtirildi. [2] Filmdagi Nodirabegim roli uchun ellikdan ortiq, Amir Umarxon roli uchun 30-40 atrofida, Amir Olimxon roli uchun esa o‘ttizga yaqin aktyor va aktrisalar kasting topshirgan[3]. Shu bilan birgalikda filmdagi „Mohloroyim“ obrazi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Yoʻldoshevaning eng soʻngi roli boʻldi. Film rejissyori Dilmurod Masaidovning rasmiy saytlarga bergan maʼlumotlariga koʻra aktrisa Saraton kasaliga chalingan boʻlishiga qaramay bu ishni yakunlash uchun jiddiy kirishgan va suratga olish jarayonlaridan 1 hafta oʻtib olamdan oʻtgan[4].

Sujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film bundan uch asr ilgari Qo‘qon xonligining eng yorqin va ziddiyatli davri haqida hikoya qiladi. Yaʼni shoira Nodirabegim va uning turmush o‘rtog‘i Amir Umarxon haqida. Film shu afsonani yo‘qqa chiqarishga harakat qiladi, yaʼni davr va voqealar markaziga Umarxonni olib chiqadi. Olib chiqqanda ham shoir emas, hukmdor sifatida ko‘rsatishni maqsad qilgan edi. Xonliklar davri, xonlar saroyi, taxtu saltanat katta fitnalar va fojialar makoni ekani sir emas. Film shunday fitnalardan birini fosh qilish ustiga qurilgan[5]. Kinokartinada Amir Umarxonning akasi, Olimxoning hukmronligidagi davr tavsiloti bilan boshlanadi. Aka -ukaga qilingan suiqasd va undan Umarxonning tasodifan qutilib qolishi sal o‘tib u tog‘asining qizi Nodirabegimga uylanishi, shu bilan bir qatorda saroydagi ziddiyatlar orasidagi tahlikali hayot tafsilotlari bilan film voqealari davom etadi. Kinoasarning ilk kadridayoq Olimxonning zolimligini, qo‘l ostidagilarining xatti-harakatini nazorat qilmasligini, buning natijasida bor jabr-zulmni oddiy xalq tortayotganini ko‘rsatish maqsadida sigir boqib yurgan qariya cho‘ponni kaltaklab, sigirlardan birini chopib tashlaydi. Boz ustiga halok bo‘lgan sigirdan na xonga va na uni chopib tashlagan sarbozga hech qanday naf yo‘q edi. Yo‘lda ketayotgan xon sodiq navkarlaridan biriga ortga, Toshkentga qaytishini va o‘g‘li Shohruxdan ko‘z-quloq bo‘lishini aytadi. O‘zi bo‘lsa, biron hiyla borligini sezib turganini aytib yo‘lida davom etadi. To‘g‘ri, otalik mehri sabab o‘g‘lidan tashvishlanishini tushunsa bo‘ladi. Lekin o‘z hayoti xavf ostida turganida ishonchli navkarini o‘zidan uzoqlashtiradi lekin unga qarshi suiqasd bo'ladi ya'ni Beklarning xonga qarshi qilgan harakati oqibatida Olimxon Qo‘qonga qaytish paytida vafot etadi. Amir Umarxonning ham ayni damda ortidan odam tushgani uning barcha navkarlari o‘ldirilgani o‘zi esa yaralangan holda tog‘asi sovg‘a qilgan ot tufayligina tirik qolganini ko‘rishimiz mumkin. Bu voqeani Umarxon kelib onasiga aytib beradi. Shunday qilib akasining o‘limidan ko‘p vaqt o‘tmay Umarxon tog‘asining qizi Nodirabegimga uylanadi. Chunki davlat, toj-u taxt , shaksiz, kimningdir hukmronligiga va albatta, boshqaruviga muhtojdir. Shu o‘rinda Nodirabegim Andijondan xonlik markazi Qo‘qonga tashrifi chog‘ida uni ko‘rgani chiqadi. Film esa shundan xonning faoliyati saroydagi ziddiyatlarni yortishga bag'ishlangan. Ijodkorlar Umarxonni oqlashni istaydilar va bunga bir qadar muvaffaq ham bo‘ladilar[6]

Fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir yil ichida “Dilshoh media” kinostudiyasi “O‘zbekkino” bir necha bor turli janrdagi ssenariylarni taqdim etdi. Va nihoyat, biz taqdim etgan Zebo Qobilovaning “Aybsiz aybdor” deb nomlangan ssenariysi “O‘zbekkino” badiiy kengashi tomonidan ma’qullandi va suratga olishga ruxsat berildi.

Ssenariy Qo‘qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o‘sha davr chigalliklari haqida bo‘lib, asosan Qo‘qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qiladi. Badiiy kengash ushbu filmni “Qo‘qon shamoli” deya qayta nomlashni tavsiya qildi. “Qo‘qon shamoli” degan nom ssenariy muallifi, film rejissori Dilmurod Masaidov hamda ijodiy jamoamizga ham ma’qul bo‘lgani bois, shu nomga to‘xtaldik. Bizga bildirilgan ishonchni to‘la oqlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha chora-tadbirlarni ko‘rishga harakat qilamiz. O‘sha davrni to‘la ochib beradigan, keng qamrovli tarixiy film suratga olish uchun tayyorgarlik jarayonlarini boshlab yubordik.

Mahmud Erkabayev, “Dilshoh media” kinostudiyasi rahbari, prodyuser

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Qoʻqon shamoli" bir qancha muhokamalarga sabab boʻldi, hususan Xurshid Davron „Amir Umarxon qizil bosh, shia bo‘lganmi, shia emas, sunniy bo‘lsa nega uning sallasi qizil?“ mazmunidagi savollarni o‘rtaga tashlab, film ijodkorlarini „chala mulla“likda ayblagan[7] edi. Shu bilan birgalikda rasmiy saytlardan biri ham film haqida tahliliy maqolasini eʼlon qilib filmni bir qancha kamchiliklarini sanab oʻti

Nazarimda, film biroz cho‘zilib ketgan. Tomoshabinni kiprik qoqmay o‘tirishga majburlaydigan nimadir yetishmayapti. Bir tashqariga chiqib kelsangiz ham, ko‘p narsa yo‘qotmaydigandeksiz. Ko‘p sahnalar tet-a-tet va davra suhbatlariga ketib qolgan. Ya’ni dinamika, syujet evrilishlari, kulminatsiya bo‘rtiqligi yetarli darajada emasdek tuyuldi. «Termiziy» filmida ham shunday his paydo bo‘lgandi.Kartina katta fitnani fosh qilishga bel bog‘lagan, lekin o‘sha fitna syujetga to‘liq singdirib yuborilmay, eng qaymog‘i, ya’ni muhim tafsilotlari va yechimi bir personaj tilidan ikki og‘iz gap bilan aytib qo‘yaqolindi. «Vau» effekt bo‘lmadi, xullas. Ijodkorlar «biz shoir emas, shohni ko‘rsatmoqchi edik» deganlari uchun bir kartinada uchta zabardast shoiri davron (Amiriy, Gulxaniy, Nodira) bo‘lgani holda, ularning bironta she’ri o‘qilmaganini, mayli, kechiramiz (yo‘q, sal adashdim, Gulxaniy va Amiriydan bir-ikki baytlar aytildi.)[8].

Ilmu ma’rifatda millatga o‘rnak ko‘rsatiladigan Nodira shaxsiyati qaynona-kelin mojarosi yoki ishqiy sahnalar ostida qolib ketgan. Men ishqiy sahnalarga qarshi emasman. Shunchaki o‘sha sahnalar nikohning ilk kechasi tasviri bilanmas, qandaydir jarayonlarda berilsa, Nodira shaxsiyatiga nisbatan hurmat bo‘lardi. Qaynona-kelin munosabatidan ko‘ra Nodiraning Saroydagi faoliyati, maorifdagi o‘rnini ham ko‘rsatish mumkin edi. "Ma’naviyatchi" bo‘lib qolmasdi bu bilan rejissyor. Keyin she’rdan juuuda yengil foylanilgan!! Gap otish uchun, masalan. G‘azallar og‘iz uchida tushunilmay o‘qilgan. Ilmiy asarlarida g‘azal o‘zining o‘qilish ritmiga egaligi aytiladi: masalan, fo-i-lo-tun, fo-i-lo-tun, fo-i-lun, deylik. Bular o‘qigan g‘azal ritmga ham, ma’noga ham ega emas edi[9]

Ijodiy jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rollarda „Qo‘qon shamoli“ filmining fotosinov jarayonlarida Nodirabegim roli uchun Dilnoza Kubayeva, Shahzoda Matchonova, Sevara Soliyeva, Asal Shodiyeva, Shahlo Temirova, Feruza Normatova, Nargiza Abdullayeva kabi taniqli va professional aktrislardan toki havaskor aktrisalargacha, jami bo‘lib ellikdan ortiq aktrisalar ishtirok etishdi. Uzoq davom etgan foto hamda video sinovlardan so‘ng Nodirabegim roliga yosh aktrisa Rayhon Asatova, Amir Umarxon roliga aktyor Ilhom Berdiyev, Olimxon roliga esa aktyor Bobur Yo‘ldoshev tasdiqlangan.

Aktyorlar
Obraz Aktyor
Nodirabegim Rayhon Asatova
 Amir Umarxon Ilhom Berdiyev
 Olimxon Bobur Yo‘ldoshev
Mohlaroyim Gulbahor Yo‘ldoshev
Rahmonqulibek

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Qo‘qon shahrida tarixiy shaxslar haqida uchta film ishlanmoqda“. https://static.zarnews.uz/assets/75af35c9/img/logo_zarafshon.png. Zaranews. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  2. „Qo‘qon xoni Umarxon va shoira Nodirabegim haqida “Qo‘qon shamoli” nomli film olinadi“. https://xs.uz/uz. Xalq So'zi. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  3. „«Qo‘qon shamoli» tarixiy filmining bosh rollari uchun aktyorlar tasdiqlandi“. https://www.xabar.uz/uz. Xabar.uz. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  4. „Dilmurod Masaidov: “Gulbahor Yo`ldoshova“Qo`qon shamoli” filmi uchun ham yana biroz yashashga harakat qilgandi”“. https://darakchi.uz/index.php/oz. Darakchi.uz. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  5. „«Qo‘qon shamoli» tarixiy filmining bosh rollari uchun aktyorlar tasdiqlandi“. https://www.xabar.uz/uz. Xabar.uz. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  6. „"ҚЎҚОН ШАМОЛИ": КИНОГА КЎЧГАН ТАРИХ“. https://kinosanati.uz/. Kino san'ati. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  7. Dilmurod Masaidov, “Qo‘qon shamoli” tarixiy-detektiv filmi rejissori „Qizil salla muammosi. “Qo‘qon shamoli” tarixiy filmi rejissori Xurshid Davronning “chala mulla” degan e’tiroziga munosabat bildirdi“. https://daryo.uz/. Daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  8. „«Qo‘qon shamoli» tarixiy filmining bosh rollari uchun aktyorlar tasdiqlandi“. https://www.xabar.uz/uz. Xabar.uz. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  9. „"Qo‘qon shamoli": filmning o‘xshagan va o‘xshamagan jihatlari“. https://sof.uz/. Sof.uz. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  10. „Suriyadan qaytgan ayol taqdiri haqida film suratga olinadi“. https://yuz.uz/ru. YangiO'zbekiston. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.






.